Eron ustonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uston yoki oston (forscha: استان‎‎ / ostān; koʻplikda - استان‌ها / ostānhā) — Eron Islom Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi sistemasidagi eng yuqori darajali subyekt. Ustonning maʼmuriy markazi mavjud. Har bir uston shahristonlarga (forscha: شهرستان‎ / shahrestān — shaharlar toʻplami yoki viloyat deb tarjima qilsa boʻladi) boʻligan. Shahristonlar oʻz navbatida baxshxlarga (forscha: بخش / baxš — tuman deb tarjima qilsa boʻladi) boʻlingan.

Hozirgi paytda Eronda 31 ta uston mavjud. Ushbu ustonlar umumiy 402 ta shahristonga boʻlingan. Barcha shahristonlar umumiy 999 ta baxshga boʻlingan. Uston boshqaruvchisi — ustondor (forscha: استاندار / ostandār — ustonboshi, hokim yoki gubernator deb tarjima qilsa boʻladi) deb ataladi.

Eron ustonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uston Markazi Shahristonlari soni Maydoni (km²) Aholisi soni
Alborz Karaj 4 5 833 2 412 513
Ardabil Ardabil 9 17 800 1 248 488
Bushahr Bushahr 9 22 743 1 032 950
Fors Sheroz 23 122 608 4 596 658
Gilon Resht 16 14 042 2 480 874
Guliston Goʻrgon 11 20 195 1 777 014
Hamadon Hamadon 8 19 368 1 758 268
Hurmuzgon Bandar-Abbos 11 70 669 1 578 183
Ilom Ilom 7 20 133 557 560
Isfahon Isfahon 21 107 029 4 879 312
Janubiy Xuroson Birjand 8 69 555 662 534

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]