Kontent qismiga oʻtish

Kirmon ustoni

Koordinatalari: 29°12′36″N 57°4′12″E / 29.21000°N 57.07000°E / 29.21000; 57.07000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kirmon ustoni

استان کرمان
uston
Skyline of Kirmon ustoni
29°12′36″N 57°4′12″E / 29.21000°N 57.07000°E / 29.21000; 57.07000
Aholisi
 (2016)
3 164 718
[[File:|290px|Kirmon ustoni xaritada]]
Kirmon ustoni
Kirmon ustoni

Kirmon ustoni (forscha: استان کرمان, Ostân-e Kermân) — Erondagi 31 ostonning eng yiriklaridan biri. Kirmon — Eronning janubi-sharqida joylashgan. Maʼmuriy markazi Kirmon shahri. 2014-yilda u 5-hududda joylashgan[1]. Qadim zamonlarda Karmaniyaning Ahamoniylar satrapligi [2] nomi bilan tilga olingan[2] bu Eronning eng yirik ustoni boʻlib, 183,285 km2 (70,767 kv mi) hududga ega. Bu Eron yer maydonining qariyb 11 foizini tashkil qiladi. Uston aholisi 3 millionga yaqin (mamlakatda 9-oʻrinda).

Tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirmon ustonining asosiy tillari — fors va garmsiri. Kichikroq tillarga achomi, turkiy lahjalar, yahudiy va zardushtiy jamoalari tomonidan soʻzlashadigan Midiya tipidagi dialekt kiradi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arman tarixchisi Movses Xorenatsiyga tegishli boʻlgan matnga koʻra, hozirgi Kermon ustoni Sosoniylar imperiyasining janubiy qismida joylashgan. Sosoniylar davridan X asrgacha boʻlgan hududning asosiy shahri Sirjon boʻlgan. Hamdalloh Mustavfiyning aytishicha, oʻsha paytgacha oʻrmonzor boʻlgan hududda yirtqich hayvonlar aylanib yurgan.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustonning baland qismlari Eronning markaziy togʻ tizmalarining davomi hisoblanadi. Ular Ozarbayjondan boshlanib, Eronning markaziy platosida tarmoqlanib, Balujistonda tugaydi. Bashagard va Kuhbonan togʻlari bu mintaqadagi eng baland togʻlar hisoblanadi. Ular orasida Togʻrol, Aljerd, Palvar, Sirach, Abarek va Tahrud kabi choʻqqilar mavjud. Yazddan Kermon va Challeh-ye-Jazmuriangacha choʻzilgan boshqa tizmalarga dengiz sathidan 4501 metr balandlikdagi Hazaron, 4402 metr balandlikdagi Kuh-e-Shoh, Xabr milliy bogʻidagi Joupar, Bahr Aseman va Xabr togʻlari va boshqalar kiradi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirmondagi Ganjalixon majmuasi.

2011-yilda uston aholisi 2 938 988 ta (1 482 339 erkak; 1 456 649 ayol) ni tashkil etdi. 1 684 982 nafari shaharlarda, 1 242 344 nafari qishloqlarda yashaydi[4].

1996-yilda Kerman aholisining 52,9 foizi shaharlarda, 46 foizi qishloqlarda yashagan. 2006-yilda shahar aholisi 58,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2011-yilda bu koʻrsatkich bir foizga kamaydi. Kirmon shahri (2011-yil aholisi: 621 374 kishi) shahar aholisining qariyb 80 % ni qamrab oladi. Bu koʻrsatkich bilan u ustonning eng rivojlangan va eng yirik shahri hisoblanadi.

Shazde bogʻi. Mohon, Kirmon

Aholi eng koʻp boʻlgan shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi tartiblangan jadvalda Kirmondagi eng gavjum shaharlar keltirilgan[5].

Daraja Shahar Tuman Aholi
1 Kirmon Kirmon 537, 718
2 Sirjon Sirjon 199, 704
3 Rafsanjon Rafsanjon 161, 909
4 Jiroft Jiroft 130, 429
5 Bam Bam 127, 396
6 Zarand Zarand 60, 370
7 Kahnuj Kahnuj 52, 624
8 Shahr-e Bobak Shahr-e Bobak 51, 620
9 Baft Baft 34,517
10 Bardsir Bardsir 25,152

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920iyildan boshlab, uston oʻzining zira yetishtirishi bilan mashhur edi[6]. Bugungi kunda Kirmon Eron avtomobil sanoatining katta qismini oʻz ichiga oladi. Sirjon maxsus ajratilgan iqtisodiy zona janubdan boʻlib Fors koʻrfazi orqali import qilinadigan tijorat tovarlarini oʻtkazish uchun oʻtish joyi hisoblanadi. Arg e Jadid — Eronning yana bir maxsus iqtisodiy zonasi boʻlib, Kirmon ustonida joylashgan. Bundan tashqari, Kirmon ustoni ham shaharning oʻzida, ham uning atrofida pista ekinlarining koʻpligi bilan mashhur[7].

Malek masjidi. Kirmon, Eron.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejlar va universitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirmon ustonida quyidagi universitetlar mavjud:

  • Jiroft universiteti
  • Kerman tibbiyot fanlari universiteti
  • Rafsanjon tibbiyot fanlari universiteti
  • Kerman Shahid Bahonar universiteti
  • Sirjon texnologiya universiteti
  • Rafsanjon ValiAsr universiteti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „همشهری آنلاین-استان‌های کشور به ۵ منطقه تقسیم شدند (Provinces were divided into 5 regions)“ (forscha). Hamshahri Online (22-iyun 2014-yil). 23-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „CARMANIA“. iranicaonline.org.
  3. Borjian, Habib. „KERMAN xvi. LANGUAGES“. Iranica Online (2017). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  4. amar.org.ir
  5. „Kerman (Iran): Counties & Cities - Population Statistics, Charts and Map“. www.citypopulation.de. Qaraldi: 18-iyul 2021-yil.
  6. Sykes, Percy. A History of Persia. London: Macmillan and Company, 1921 — 75 bet. 
  7. „Penis Extender Really Worked!“. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.