Simnon ustoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simnon
forscha: سمنان‎ / Semnân
Uston
Maʼmuriy markazi Simnon
Rasmiy tili forscha
Aholi 589 742
Zichligi 6 kishi./km²
Millatlar tarkibi asosan kurdlar, ozarbayjonlar va forslar
Dinlar tarkibi asosan musulmonlar
Maydoni 97491 km²
Xaritada

Simnon ustoni  — Eronning shimoli-sharqida joylashgan. Ushbu viloyat shimoldan Mozandaron ustoni, Guliston ustoni va Shimoliy Xuroson ustoni, janubdan Isfahon ustoni, sharqdan Xurosoni Rizoviy ustoni va gʻarbdan Tehron ustoni va Qum ustoni bilan chegaradosh. Viloyatda 5 ta tuman, 13 ta baxsh, 29 ta qishloq va 17 ta shahar mavjud.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simnon viloyatining ob-havosi shimoldan Elburs togʻ tizmalariga va janubi-sharqdan Dashti Kavir choʻliga yaqinligi sababli issiq va quruq. Bundan tashqari, viloyatning dengizdan uzoqda joylashganligi, togʻlarning balandligi, shamollarning esishi ham viloyat iqlimiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Viloyatga shimoldan kirib keladigan havo oqimi tufayli kuz va qish oylarida havo sovuq boʻladi. Choʻl tomonidan esadigan shamollar esa yilning issiq oylarida havo harorati va quruqligining oshishiga sabab boʻladi. Qisqa qilib aytganda, togʻli hududlarda havo sovuq, togʻ etaklarida havo moʻtadil va choʻlga yaqin hududlarda havoning harorati yuqori va eng muhimi havoning quruqligi bu viloyat iqlimning asosiy xususiyatlaridandir.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simnon viloyatining oʻrmonlari tabiiy va sunʼiy oʻrmonlarga boʻlinadi. Tabiiy oʻrmonlar hududining maydoni 225 000 ga yerni va sunʼiy oʻrmonlar hududining maydoni 6626 ga yerni tashkil etadi. Yaylovlar viloyatning shimoliy chegaralarida joylashgan [1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 139 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.