Goʻrgon (shahar)
Qiyofa
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Goʻrgon Jurjon (Sher shahar) (1930-yilgacha Astrobod) — Erondagi shahar. Aholisi 188,7 ming kishi (1997). Transport yoʻli orqali Bandar-Turkman shahri bilan bogʻlangan. Qishloq xoʻjaligi rayoni markazi (tamaki, sholi, moyli oʻsimliklar). Paxta tozalash, sholi oqlash, yogʻ-moy va tamaki korxonalari bor. Gilam toʻqiladi. Goʻrgon (arab. Jurjon, antik manbalarda Girkaniya, qad. forscha Vrkana) — Erondagi qadimiy-tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining janubi-sharqida joylashgan. Kaspiy dengizi Goʻrgon nomi bilan qadimda Girkan yoxud Jurjon dengizi deb atalgan. Oʻrta asrlarda Goʻrgon markazi — Goʻrgon porti Shimoliy oʻlkalarga boruvchi ipak karvonlari uchun savdo markazi va toʻxtash yeri hisoblangan (yana qarang Jurjon).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Eron geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |