Koʻhgiluya va Buyir-Ahmad ustoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻhgiluya va Buyir-Ahmad ustoni — Eronning janubi-gʻarbida joylashgan uston. Ushbu uston Eronning eng goʻzal joylaridan hisoblanadi. Ayniqsa, bu ustonda bir vaqtning oʻzida 4 faslni koʻrish mumkinligi bilan shuhrat qozongan. Uston shimoldan Chahormahol va Baxtiyoriy ustoni, sharqdan Fors ustoni, gʻarbdan Xuziston ustoni va janubdan Bushahr ustoni bilan chegaradoshdir. Ustonda 5 ta tuman, 41 ta qishloq, 14 ta shahar bor. Qalʼayi Raisi, Landa, Charom, Yosuj, Gajsaron, Bosht, Dahdasht, Sisaxt va boshqalar uston tarkibiga kiruvchi shaharlardan hisoblanadi.

Togʻlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uston togʻlari Zagros togʻ tizmasida joylashgan boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharq tomon choʻzilgan. Deno togʻi Sisaxt shahrining shimolida joylashgan va ustondagi togʻlar ichida eng balandidir. Bu togʻ "Eron „Alp“i" yoki „Zagros kelini“ nomi bilan mashhur. Ustonning eng past nuqtasining balanligi 500 m. boʻlib, Lishtar deb ataladi. Eng baland nuqtasi — Deno choʻqqisi 4409 metrdir.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustonning oʻsimliklar olami shu qadar boyki, uning „Eron oʻsimliklar bogʻi“ deb atasa boʻladi. Ustonda Eron oʻrmonlarining 8%i joylashgan. Uston oʻrmonining keng maydoni eman daraxti bilan qoplangan va moʻtadil, sovuq havoli mintaqada joylashgan.

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imomzoda Hasan maqbarasi, Haft chashma, Kuhi-gel koʻli, Morgun sharsharasi, Nul gʻori, Bilqis bogʻi, Chagʻoxur koʻli, Kuhrang bulogʻi, Deyme bulogʻi, Otashgoh sharsharasi, Mulo va Sardob buloqlari, Dara-ishq sharsharasi, Zamonxon tarixiy koʻprigi va Sarob gʻori turistik ahamiyatga ega[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 213-218 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.