Tehron ustoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tehron
forscha: تهران‎ / Tehrân
Uston
Maʼmuriy markazi Tehron
Yirik shahari Tehron, Shahriyor, Karaj
Rasmiy tili forscha
Aholi 9 000 000 (2022)[1]
Maydoni 18 814 km²
(oʻ %)
Xaritada
Koordinatalari: 35°42′42″N 51°24′25″E / 35.71167°N 51.40694°E / 35.71167; 51.40694 G O

Tehron viloyati Dashti Kavir cho‘lining g‘arbida, Elburs tog‘ tizmasining janubiy etagida joylashgan. Ushbu viloyat shimoldan Mozandaron ustoni, sharqdan Simnon ustoni, janub va janubi g‘arbdan Qum ustoni va Markaziy ustoni, g‘arbdan esa Qazvin ustoni bilan chegaradoshdir. Viloyatda 13 ta tuman, 35 ta baxsh, 80 ta qishloq va 55 ta shahar mavjud. Tehron, Shahriyor, Karaj, Raboti Karim, Sovajbalogʻ, Nazarobod, Varomin, Eslomshahr, Shamironot, Ray, Damovand, Firuzkuh va Pokdasht shaharlari Tehron viloyati tarkibiga kiradi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehron viloyatining ob-havosiga shimoldagi Elburs togʻ tizimlari, janubdagi Dashti Kavir choʻli va gʻarbiy yomgʻirli shamollar taʼsir koʻrsatuvchi omillar hisoblanadi. Janubdan esgan shamol Tehronga Kavir choʻlining issiq havosini, qum, chang olib keladi. Togʻlardan esgan mayin esa Dashti Kavirdan kelayotgan iflos moddalarni qaytarishga qodir emas. Boz ustiga bu shamol ikki tarafga togʻlardan choʻl tomonga va choʻl tomondan togʻlarga esadi. Kun davomida choʻldan kechalari togʻdan esgan shamol ularni janub tomonga uchiradi. Viloyatning shimoliy qismida yogʻin miqdori 500 mm.ni tashkil etadi. Viloyat janubi yogʻin miqdori sezilarli darajada koʻp boʻlganligi uchun chorva mollarini parvarishlaydigan aholi uchun qulay sharoit yaratadi.

Daryolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda Karaj daryosi, Jojrud daryosi, Haroz daryosi, Hablerud daryosi, Toleqon daryosi, Lor daryosi va 48 ta shaxsiy vaqf mulkiga tegishli qanot (yer osti suv kanallari), 1000 ta quduq (ulardan 260 tasi aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashga moʻjallangan), buloqlar viloyatning muhim suv manbalari hisoblanadi.

Sharshara va koʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehron ustonida bir nechta sharsharalar ham mavjud. Ulardan eng mashhurlari Dug'ulu sharsharasi va Sangon sharsharasi hisoblanadi. Tehronda yana tepaliklarda joylashgan koʻllar ham mavjud. Ulardan biri Tor ko'li deb ataladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehron viloyati suv havzalariga boy boʻlganligi sabab qadimgi oriy qabilalarning ilk yashash makonlaridan biri boʻlgan. Qadimda Ray (hozirgi Tehron shahri yaqindigi shahar) va Tehron joylashgan yer Roʻmodrozi yoki Rogo, Rogs deb nomlangan. Salavkiylar sulolasining asoschisi Salukus zamonida Ray shahrida dahshatli zilzila roʻy beradi. Harobaga aylangan shahar qaytadan barpo etilib, uni Oʻrupus deb nomlaydilar. Buning sababi Salukus tugʻilgan joy ham shunday atalgan. Parfiyaliklar davrida Ray shahri saltanatning bahorgi poytaxtiga aylandi. Ashkoniylar davrida esa bu yerlar Arshakiya deb atalgan[2].

Istirohat bogʻlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehron ustoni va uning atrofida betakror manzarali oʻrmonlar va istirohat bogʻlari mavjud. Ular asosan Alburz togʻ tizmasiga kiruvchi tehron va Karaj shaharlaridagi togʻlarda joylashgan. Quyida bir qancha istirohat bogʻlarining nomlari bilan tanishamiz: Chitgar o'rmonli istirohat bog'i, Surx Hisor o'rmonli istirohat bog'i, Lavizon o'rmonli istirohat bog'i, Vardovard o'rmonli istirohat bog'i, Kuyi Nasr o'rmonli istirohat bog'i kabi oʻrmonli va Millat istirohat bogʻi , Obu-otash istirohat bogʻi , Lola istirohat bogʻi, Shahar istirohat bogʻi, Toliqoniy istirohat bogʻi , Eram istirohat bogʻi, Be'sat istirohat bogʻi, Soyi istirohat bogʻi , Jamshidiya istirohat bogʻi kabi koʻplab istirohat bogʻlari mavjud.

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu viloyatning diqqatga sazovor joylari Imomzode Eynali va Zeynali yodgorlik majmuasi, Hazrat Abdulazim Hasaniy muhtasham saroyi, Bibi Shahrbonu maqbarasi, Dorulfunun, Imomzode Qosem, Ibn Bobaviye maqbarasi, Tehron muzeylari, Imom masjidi, Shahid Mutahhariy masjidi, Guliston bog'i va saroyi, Sohibqironiya saroyi, Jahonnamo muzeyi, Burji milod, Ozodlik monumenti, Shabali maqbarasi, Xovaron yoshlar madaniyat saroyi, Bahman madaniyat saroyi, Bolalar madaniyat saroyi, San'at madaniyat saroyi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „جمعیت تهران از ۹ میلیون نفر عبور کرد“. www.mehrnews.com.
  2. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 69-88 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.