Xuziston ustoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xuziston
fors. خوزستان‎ / Xuzestân
Mamlakat Eron
Maqomi Uston
Maʼmuriy markazi Ahvoz
Yirik shahari Ahvoz
Rasmiy tili forscha
Aholi (2011) 4 531 720
Zichligi 71 kishi./km²
Millatlar tarkibi forslar, arablar, lurlar va boshqalar
Dinlar tarkibi asosan musulmonlar
Maydoni 64 055 km²
Xuziston xaritada
Soat mintaqasi UTC+3:30

Xuziston (fors. خوزستان‎ / Xuzestân) — Eron ustonlaridan biri. Eronning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Ahvoz shahri. Aholisi soni — 4 530 000dan ziyod. Shimoldan Ilom va Luriston ustonlari, gʻarbdan Iroq, sharqdan Chahormahol va Baxtiyoriy ustonlari, janubi-sharqdan Bushahr ustoni, janubdan Fors koʻrfazi bilan chegaradosh.

Shahristonlari[tahrir]

Xuziston ustoni 23 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Abadon
  2. Andiko
  3. Ahvoz
  4. Bogʻmalak
  5. Bahbahon
  6. Gatvand
  7. Dashti Ozodagon
  8. Dizfoʻl
  9. Izi
  10. Lali
  11. Masjidi-Sulaymon
  12. Mohshahr
  13. Umidiyo
  14. Ramhurmuz
  15. Ramshir
  16. Haftgil
  17. Xandijon
  18. Xuvayza
  19. Xurramshahr
  20. Shodagon
  21. Shash
  22. Shashtir
  23. Ondimashk

Aholisi[tahrir]

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Xuziston ustonida 4 531 720 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini forslar va arablar tashkil etadi. Ustonda shunigdek lurlar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.

Manbalar[tahrir]