Isfahon viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isfahan ostoni

استان اصفهان
Oston
Skyline of Isfahan ostoni
32°39′28″N 51°40′9″E / 32.65778°N 51.66917°E / 32.65778; 51.66917 G OKoordinatalari: 32°39′28″N 51°40′9″E / 32.65778°N 51.66917°E / 32.65778; 51.66917 G O
Mamlakat Eron
Aholisi
 (2016)
5 120 850
Isfahan ostoni xaritada
Isfahan ostoni
Isfahan ostoni
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19661 703 701—    
19863 294 916+93.4%
20064 559 256+38.4%
20114 879 312+7.0%
20165 120 850+5.0%

Isfahon viloyati (forscha: استان اصفهان), shuningdek, Esfaxon, Espaxon, Isfahon yoki Isfaxon sifatida transliteratsiya qilinadi. Isfaxon Eronning oʻttiz bir ostonidan biridir. Mamlakat markazida Eronning 2-mintaqasida joylashgan[1]. Uning kotibiyati Isfaxon shahrida.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isfahon viloyati taxminan 107 018 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. U Eronning markazida va Tehrondan 435km. uzoqlikda bo`lib, Tehronning janubida joylashgan . Uning shimolida Qum va Semnan viloyatlari mavjud. Bu shahar Eron markazidagi yarim choʻl mintaqasi va Erondan boshlanib, Isfahonning oʻrtalariga yetib boruvchi Zoyanderud daryosi sohilida joylashgan. Janubda u Fors, Kohgiluya va Boyer-Ahmad viloyatlari bilan chegaradosh. Aminobod Isfaxon viloyatining eng janubiy shahri hisoblanadi. Sharqdan Yazd viloyati bilan chegaradosh. Gʻarbda Luriston viloyati, janubi-gʻarbda Chahar Mahal va Baxtiyari viloyatlari bilan chegaradosh.

Isfahon shahri viloyat markazi boʻlib, bu viloyatning okruglari quyidagilardir: Aran va Bidgol, Ardeston, Borxar, Buin Miandasht, Chadegan, Dehaqon, Falavarjon, Faridan, Fereydunshahr, Golpayegan, Isfahon, Koshan, Xansar, Xomeyni Shahr, Xur, Biabanak, Lenjan, Mobarakeh, Nain, Najafobod, Natanz, Semirom, Shahin Shahr, Meymeh Shahreza, Tiran va Karvan okrugi; 18 posyolka, 25 okrug, 93 shahar va 2470 qishloqdan iborat.

2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, viloyat aholisi 5 120 850 kishini tashkil etgan. Bundan taxminan 88 foizi shahar aholisi va 12 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Isfahon Tehron va Mashhaddan keyingi Eronning aholisi eng koʻp boʻlgan uchinchi shahridir. 2006-yilda savodxonlik darajasi 88,65 foizni tashkil etgan[2]. Viloyat iqlimi moʻtadil va quruq boʻlib, 40,6°Cgacha (105.08 °F) koʻtarilishi mumkin. Yillik oʻrtacha harorat 16,7°Cni tashkil etadi.Yillik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha 116,9 mm.

Balandligi 4040 metr boʻlgan Shahankuh togʻi Isfaxon viloyatining eng baland qismidir. Bu togʻ Isfaxon viloyatining gʻarbiy qismidagi Fereydunshahr shahridan taxminan 20 kilometr janubi-gʻarbda joylashgan.

Isfahon viloyatida 52 ta daryo oqib oʻtadi. Ular kichik va vaqtinchalik, 405 km uzoqlikdagi Zayanderud havzasi bundan mustasno[3].

Tarixi va madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchilar Espaxon, Sepaxon yoki Isfaxonni dastlab mudofaa va harbiy baza sifatida qayd etishgan. Qal’alar va istehkomlarning xavfsizligi va himoyasi, shu bilan bir qatorda yaqin atrofdagi aholining xavfsizligini taʼminlagan.Tarixiy saroylar Atashgoh, Saroyieh, Tabarok, Kohan Dej va Gard Dej edi. Ulardan eng qadimiysi Ghaleh Sefid. Tarixiy Abyaneh qishlogʻi diqqatga sazovor joy. Boshqa tarixiy yodgorliklar qatorida Sosoniylar xarobalari va zardushtiylik ibodatxonalari ham mavjud. Isfahondagi Naqshi Jahon maydoni eng katta maydonlardan biri boʻlib, Eron meʻmorchiligi va sanʻatining yorqin namunasidir. Bu tarixiy binolarning bir nechtasi UNESCO roʻyxatiga kiritilgan.

Isfahon juda chiroyli meʻmorchiligi, yopiq koʻpriklari, saroylar, masjidlar va noyob minoralari bilan mashhur.Bu Eron madaniyatida Isfahon "dunyoning yarmi" nomini olishiga sabab boʻlgan.

XVII—XVIII asrlarda Isfahon viloyati Safaviy Forsning poytaxti boʻlganligi sababli, oʻsha davrlarda ancha rivojlangan. Sepaxon (Isfaxon) shahri ularning qarorgohi boʻlsa, Koshan dam olish va hordiq chiqarish maskani edi.


Isfahonning mashhur milliy taomlariga Kachi, Kabob Golpayegan, Samanu Shahreza, Xansar, Yokhe noni va Semiromlar kiradi[4][5].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat universitetlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Isfahon texnologiya universiteti
  • Isfahon universiteti
  • Isfahon tibbiyot fanlari universiteti
  • Koshan tibbiyot fanlari universiteti
  • Isfahon sanʼat universiteti
  • Malek-Ashtar texnologiya universiteti
  • Koshan universiteti
Najafobod Islomiy Azad universiteti Yaqin Sharqdagi eng katta universitet kampusiga ega.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu viloyatda yiliga toʻqqiz tonna zaʼfaron yetishtiriladi[6].

Viloyat Erondagi eng yirik sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hudud hisoblanadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „همشهری آنلاین-استان‌های کشور به ۵ منطقه تقسیم شدند (Provinces were divided into 5 regions)“ (forscha). Hamshahri Online (22-iyun 2014-yil).
  2. „Statistical Center of Iran > Population and Housing Censuses“. www.amar.org.ir. 27-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2020-yil.
  3. EIr and Xavier de Planhol, "ISFAHAN i.
  4. „آغاز تدوین اطلس غذایی استان اصفهان“. www.iribnews.ir. 20-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2020-yil.
  5. „تدوین اطلس غذایی استان اصفهان آغاز شد- اخبار اصفهان - اخبار استانها تسنیم - Tasnim“ (forscha). خبرگزاری تسنیم - Tasnim. 20-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2020-yil.
  6. „برداشت زعفران از مزارع استان اصفهان“. www.iribnews.ir. 20-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2020-yil.
  7. „استان اصفهان؛ ستون خیمه امنیت غذایی کشور“ (31-avgust 2022-yil).