Mozandaron ustoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mozandaron
forscha: مازندران / Mâzendarân
Uston
Maʼmuriy markazi Soriy
Yirik shahari Soriy
Boshqa yirik shaharlari Bobul
Rasmiy tili forscha, mozandaroncha
Aholi (2011) 3 073 943
Zichligi 130 kishi./km²
Millatlar tarkibi mozandaronlar, forslar, gilaklar, turkmanlar
Dinlar tarkibi asosan musulmonlar
Maydoni 23 842 km²
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Xaritada
Mozandaron xaritada
Koordinatalari: 36°33′56″N 53°3′32″E / 36.56556°N 53.05889°E / 36.56556; 53.05889 G O

Mozandaron (forscha: مازندران / Mâzendarân) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoliy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Soriy shahri. Boshqa yirik shahri: Bobul. Aholisi soni — 3 070 000dan ziyod. Shimoldan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.

Shahristonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozandaron ustoni 15 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Omul
  2. Bobul
  3. Bobulsar
  4. Behshahr
  5. Cholus
  6. Juybar
  7. Mahmudobod
  8. Neka
  9. Nuhr
  10. Navshahr
  11. Qoyimshahr
  12. Ramsor
  13. Soriy
  14. Savadkoʻh
  15. Tonikobon

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Mozandaron ustonida 3 073 943 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini mozandaronlar va forslar tashkil etadi. Ustonda shunigdek gilaklar, tukrmanlar, kurdlar, ozarbayjonlar, armanlar, gurjinlar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tillari — forscha va mozandaroncha.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]