Kontent qismiga oʻtish

Asadbek Rahimjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asadbek Rahimjonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Asadbek Rahimjonov
Tavallud sanasi 17-fevral 2004-yil (2004-02-17) (20 yosh)
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olimpik
Raqami 44
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
...—2022 Turon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022—2023 Turon 0 (0)
2023   Olimpik 20 (0)
2024— OKMK 0 (0)
2024   Olimpik 10 (1)
Milliy terma jamoa
2023— Oʻzbekiston U-23 19 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Asadbek Rahimjonov (2004-yil 17-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining „Olimpik“ futbol klubi yarim himoyachisi[1][2][3].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turon klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. Asadbek 2021-2022-yillarda Yaypanning „Turon“ klubi klubining U-19 yoshlar jamoasida oʻynagan. 2023-yil mavsumda Oʻzbekiston 23 yoshgacha futbol terma jamoasi murabbiyi Temur Kapadze Asadbekni „Olimpik“ jamoasiga taklif etgan. Asadbek 2023-yilgi mavsumni ijara asosida „Olimpik“ klubida boshlagan. 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 1-yurda „Paxtakor“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 89 daqiqada zahiradan maydongga tushgan[4][5]. Mavsum davomida „Olimpik“ jamoasining asosiy jamoasining muhm futbolchilaridan biriga aylandi va liga oʻyinlarida 20 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta oʻyinda ishtirok etgan.

2024-yilgi mavsum boshida Olmaliqning „OKMK“ jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga koʻra Asadbek bir mavsum davomida „Olimpik“ jamoasida ijara asosida oʻynaydi[6].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida[7] 2022-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, hal qiluvchi bahsda Honkongni 4:0 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan. 2024-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinni egallab, Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan

Parijda 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari boshlanishi arafasida Timur Kapadze Rahimjonovni turnirda qatnashadigan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxatiga kiritgan[8].