Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi
Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi | |
---|---|
Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi Buxoro zindoni ichida joylashgan | |
Manzili | Buxoro shahar |
Sayti | https://www.bukharamuseums.uz |
Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi muzey. Muzey Buxoro zindonida joylashgan.
Muzey tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi XVIII asrning ikkinchi yarmida mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan Buxoro zindonida joylashgan. Mazkur muzey huquqiy tizim va qonunchilik organlarining ajralmas qismlari sifatida 5 ta boʻlimdan iborat[1]. Buxoro amirligida sud jarayonlari qozikalon tomonidan olib borilgan. Mazkur muzey zindonda joylashgan boʻlib, Ark qalʼasining shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan. Zindon soʻzi fors tilidan olingan boʻlib, zinda tirik, don esa joy maʼnosini anglatadi. Buxoro zindoni soʻngi sulola mangʻitlar sulolasi hukmronligiga qadar, 1920-yilgacha faoliyat olib borgan. Buxoro zindonining kirish qismi janubiy tomondan boʻlib, kirish joyi miyonsaroy yoki darvozaxona deb nomlangan. Zindonga kirgandan keyin oʻng tomonga birinchi xona hisoblanib u Amir Abdulahadxon davrida pishiq gʻishtdan qurilgan. Bu xonada 8-10 ta mahbuslar boʻlib, jinoiy ish bilan yoki siyosiy maxbuslardan hisoblanmagan, shuning uchun ham boshqa xonalardagi mahbuslardan farqli oʻlaroq, ularning qoʻl oyoqlarida kishanlar taqilmagan. Ikkinchi xona eng katta xona boʻlib 2 gumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan. Bu xonada 50-60 yaqin maxbusni sigʻdirishgan. Uchinchi xona ham mahbuslar uchun hisoblanib 20-25 kishiga moʻljallangan. Chap tomondagi xona „Xonai Mirshabxo“ hisoblanib mirshablar qish kunlari navbatma-navbat kirib isinishgan. Bir kecha kunduzda 32 ta mirshab qoʻriqlashgan. Soʻngi xona kanaxona hisoblanib chuqurligi 4.5 metr boʻlib asosan siyosiy jinoyatchilar saqlangan. Mazkur muzeyda asosan huquq va qonunchilik tarixiga oid Buxoro amirligida faoliyat yuritgan qozilar, amirlik davri qurol-aslahalari va boshqa eksponatlar joylashgan[2].