Slovak tili — hind-yevropa tillari oilasiga mansub slavyan tillarining gʻarbiy guruhidagi til; Slovakiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan Slovakiyada, qisman AQSh, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Kanada, Polsha va Ruminiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,6 mln.kishidan ortiqroq. Lahjalari 3 guruhga boʻlinadi: oʻrta slovak, gʻarbiy slovak va sharqiy slovak. Oʻrta slovak laxjasi adabiy Slovak tiliga asos boʻlgan. Slovak tili yaqin qarindosh tillardan chex tiliga yaqin turadi, koʻplab grammatik va leksik umumiyliklarga ega, lekin fonetik jihatdan oʻziga xos choʻziq unlilar va diftonglarning qoʻllanishi bilan farq,lanadi. Slovak tili lotin grafikasi asosida unga qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻshish bilan yaratilgan yozuvga ega. Slovakiyada XVIII asrgacha rasman chex tili qoʻllangan. St.dagi dastlabki matnlar XVI asr oxirlarida, dastlabki kitoblar esa XVIII asr oxirlarida paydo boʻlgan.