Gabsburglar
Gabsburglar (Habsburger) — Avstriyada hukmronlik qilgan sulola (1282 yildan gersoglar, 1453 yildan ersgersoglar, 1804 yildan Avstriya imperatorlari).
1526 yil Chexiya va Vengriyani (u yerlarda qirol deb atalganlar) va b. hududlarni qoʻshib olib koʻp millatli ulkan davlatni (1867—1918 yillarda Avstriya-Vengriya) monarxlari boʻlganlar. G. „Muqaddas Rim imperiyasi“ imperatorlari (1438—1806 yillarda doimiy ravishda, 1742—45 yillardan tashqari), shuningdek Ispaniya qirollari (1516—1700) ham edilar. Asosiy vakillari: Karl V, Filipp II (Ispaniyada), Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosif I. G. ijtimoiy taraqqiyot dushmanlari, Yevropa xalqlarining milliy ozodlik harakatlarini boʻgʻuvchilar sifatida tarixda nom qoldirishgan. Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan oʻlkalarda mustamlakachilik siyosatini yuritganlar.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |