Kontent qismiga oʻtish

Kriptografiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ikkinchi Jahon urushi davrida maxfiy xabarlarni shifrlash maqsadida qo‘llangan Germaniyaning „Lorenz“ nomli kriptomashinasi.

Kriptografiya (qadimgi yunoncha: κρυπτός + γράφω) — matnni begona, bexabar kishilar tushunmasligi uchun yozuvni oʻzgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan — belgilardan foydalaniladi. Kriptografiya diplomatik, harbiy, savdo-sotiq va moliyaga oid hamda diniy va boshqa matnlarni shifrlash uchun ishlatiladi. Bu yozuvning koʻp turlari mavjud: matn harflarini raqamlar bilan almashtirish, harflar oʻrniga har xil shartli belgilar ishlatish, matnda qoʻllanishi lozim boʻlgan harflar oʻrniga boshqa alifbo harflarini qoʻyib yozish va boshqalar. Kriptografik yozuv maxsus shifr yordamida oʻqiladi;

2) paleografiyaning maxfiy yozuv tizimi grafikasini oʻrganuvchi tarmogʻi[1].

  1. „Kriptografiya“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (K-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • VikiOmbor logotipi VikiOmborda Kriptografiya mavzusi boʻyicha mediafayllar bor