Aspirantura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aspirantura – uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodlari) tayyorlash shak-li. O‘zbekistonda A. 1930-yillarda tashkil etilgan. A. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Hay’ati, vazirlik va idoralar hay’atining qarori bilan ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa ilmiy muassasa hamda tashkilotlarda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ochi-ladi. A. ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda tashkil qilinadi. A.da ilmiy tadqiqot ishlari olib borish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda 3 yil, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 4 yildan oshmasligi kerak. Aspiranturadan ajralgan holdagi A.ga 30 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagi A.ga esa 40 yoshgacha bo‘lgan ilmiy hamda ilmiy-pedagogik ishga layoqatli muta-xassis va magistrlar qabul qilinadi. A.ga kiruvchilar urnatilgan tartibda kirish imtihonlarini topshiradilar. Aspiranturadan ajralgan holdagi A.ga qabul qilinganlarga stipendiya to‘lanadi. Aspirantlar o‘z ilmiy faoliyatlarini ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy o‘quv yurti il-miy kengashi tomonidan tasdiklangan ilmiy mavzu asosida tuzilgan shaxsiy ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar. Aspirantlarga ularning ilmiy faoliyatlariga rahbarlik qilish uchun fan doktori va professorlardan ilmiy rahbarlar tayin-lanadi. Ba’zi hollarda, istisno tarzida, shu sohada ma’lum ilmiy muvaffaqiyatga erishgan hamda doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib borayotgan katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega fan nomzodlari ham ilmiy rahbarlikka tayinlanishlari mumkin. Aspirantlar dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlarini ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining laboratoriya, kafedra va boshqalar ilmiy bo‘limlarida olib boradilar. Zaruriyat tug‘ilgan hollarda ular shar-tnoma asosida rivojlangan mamlakatlar ilmiy markaz va oliy o‘quv yurtlariga yuborilishi mumkin. Aspirantlar nom-zodlik dis-sertatsiyalarini ixtisos-lashtirilgan ilmiy kengashlarga himoya uchun taqdim etihdan odsin OAK tomonidan belgilangan nomzodlik imtihon (minimum)larini topshirishlari zarur. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyor-lash shakllaridan biri – idora ichida va idoralararo maqsadli A. ham mavjud. Maqsadli A.ga tuzilgan shartnoma asosida muassasa va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan oliy ma’lumotli muta-xassislar va magistrlar tanlov asosida qabul qilinadi. A. asosan akademik va malakaviy imtihonlarni topshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, ya’ni nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakun-lanadi. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga OAK qarori bilan te-gishli fan sohasi bo‘yicha "fan nomzodi" ilmiy darajasi berilib, davlat tomo-nidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.M. Toshpo‘latov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil