Kontent qismiga oʻtish

Avaz Muhammad inoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avazbiydan yoʻnaltirildi)
Avaz Muhammad inoq
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1750
Vafoti 1804
Xiva

Avaz Muhammad inoq, Avazbiy (1750–1804) – Muhammad Amin inoqning oʻgʻli, oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan. Inoqlardan. Xiva xoni (1790-yil dan). A. M. I. hukmronligi davrida Xiva xonligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash borasida koʻp ishlar qilingan, Xivada katta hajmdagi qurilish ishlari bajarilgan (masalan, Xivadagi Juma masjidi va minorasi (1789) qayta qurilgan).

Hokimiyatga kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1790-yilda Xorazmda oʻzbek qoʻngʻirotlar oilasining vakili, Muhammad Amin inoqning oʻgʻli Avaz inoq Xiva xonligida hokimiyat tepasiga keladi. U ham oʻzidan oldingi xonlar kabi chingiziy soxta xonlar nomidan mamlakatni boshqargan. Avaz Muhammad inoq markaziy hokimiyat ahamiyatini kuchaytirish uchun otasi boshlagan siyosatni davom ettirdi.

Avaz Muhammad inoq mamlakat iqtisodiyotini tiklash siyosatini davom ettirdi. Uning hukmronligi davrida Xorazmda yirik irrigatsiya ishlari olib borildi. Davlat nisbatan tinchlik va siyosiy barqarorlikni saqlab qoldi.

Avaz Inoq boshqaruvi davrida doimo Xiva hokimiyatiga qarshi isyon koʻtargan Orol qabilalari bilan jang qilishga majbur boʻladi. 1793-yilda qoʻzgʻolonga aka-uka Xoʻja Murod Soʻfi va Toʻra Murod Soʻfilar (oʻzbek qoʻngʻirotlari oilasidan chiqqan) boshchilik qiladilar. Qoʻzgʻolon bostiriladi. Xiva hukmdorlariga Orolni nihoyat zabt etish uchun taxminan 18 yil kerak boʻladi[1]. Orolboʻyi qabilalari faqat Muhammad Rahimxon I (1806-1825) davridagina toʻliq bosib olinadi.

Janubiy Turkmaniston yerlaridan takya qabilasi hukmi bilan surib chiqarilgan turkmanlar Avaz Muhammad inoq davrida (1790—1804) Xorazmga keladilar. Avaz inoq ularni Omonqulining quyirog‘idagi (Xo‘jayli shahrining janubidan 10 km uzoqlikda) kenagas qabilasi hududiga joylashtiradi. Avaz inoq hukmronlik qilgan davrda Tovqara dengiz suvi qurigan va u yerlar dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo‘lib qolgan[2].

Tashqi siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avaz Muhammad inoq davrida Buxoro amirligi bilan nisbatan tinch munosabatlar saqlanib qolgan. Rossiya imperiyasi va Usmonli imperiyasi bilan diplomatik aloqalar ham yoʻlga qoʻyilgan.

1793-yil aprelda Xivadan Orenburgga ikki xiva elchisi – Iskandar Allaberdiyev va Rahimboy Doʻstmurodov yetib keladi. 1793-yil oktyabr oyida rus elchisi mayor Blankennagel Xivaga kelgan. 1794-yilda Xiva elchisi Avaz Muhammadbiy Rossiyaga boradi[3].

Avaz Muhammad inoq 1804-yilda vafot etib, Xivada dafn etilgan. Uning vafotidan keyin Xorazmda hokimiyat uning oʻgʻli Eltuzarxon (1804—1806) qoʻliga oʻtadi.

  1. „ХИВИНСКОЕ ХАНСТВО И ПРИНЦИПЫ ЕГО УПРАВЛЕНИЯ. Приход к власти представителей династии Кунград и их мероприятия по укреплению институтов государственности“. xorazmiy.uz. Qaraldi: 22-oktabr 2023-yil.
  2. Гулямов Я. Г., История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Ташкент. 1957, с.202
  3. Гуломов Х. Г., Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII первой половине XIX века. Ташкент. 2005, с.230
  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva – 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII – pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
  • Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil