Faxriy unvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Faxriy unvon - OʻzR da fuqarolarning alohida xizmatlarini yuksak eʼtirof etish shakllaridan biri. Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ularni ragbatlantirish maqsadida beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra, davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish OʻzR Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi. OʻzRning malakaviy va Faxriy unvonlarini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 apreldagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi Faxriy unvonlari taʼsis etilgan:

  • "Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi",
  • "Oʻzbekiston iftixori",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan aloqa xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan meʼmor",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan paxtakor",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan pillachi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sanoat xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sogʻliqni saqlash xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sport ustozi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sportchi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan transport xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan xalq taʼlimi xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan chorvador",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan yurist",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan qishloq xoʻjalik xodimi",
  • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan quruvchi".

Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy unvoni berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi kukrak nishoni va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi xujjat topshiriladi. Faxriy unvon bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar. Faxriy unvonlar takroran berilmaydi.