Arabxona
Arabxona | |
---|---|
qishloq | |
39°47′04″N 64°17′44″E / 39.78444°N 64.29556°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Samarqand viloyati |
Tuman | Samarqand |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 1401XX[1] |
Avtomobil kodi | 30 |
|
Arabxona — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Narpay tumaniga qarashli qishloq[2].
Etnik kelib chiqish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuningdek, Samarqand viloyatida Arabolchin, Arabboy (Narpay), Arablar, Arab, Arabxona, Kattaarab, Kichikarab (Kattaqoʻrgʻon) nomli qishloqlar ham mavjud. Bu qishloqlarda asosan, asli arab millatiga mansub boʻlgan, lekin hozirda oʻzbek va tojik xalqlari tarkibiga singib ketgan hamda oʻzlarini tojik yoki oʻzbeklarning arab urugʻidanmiz deb ataydigan aholi istiqomat qiladi. 1926-yili amalga oshirilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, respublikaning Qashqadaryo, Zarafshon, Samarqand, Buxoro hamda qisman Surxondaryo hududlarida, shuningdek Konimexda ham isteʼqomat qilishi aniqlangan. Mazkur maʼlumotnomada koʻrsatilishicha, arab xoʻjaliklari jami xoʻjaliklarning 0.7 foizini tashkil etgan, bu esa oʻz navbatida 5219 taga tengdir.
Markaziy Osiyo arablari xususida M. S. Andreyev, I. N. Vinnikov, S. A. Volgin, B. X. Qarmisheva, I. A. Amiryans hamda boshqa koʻplab etnograf olimlar bir qator tadqiqotlar olib borganlar. Ularning maʼlum qilishicha, Markaziy Osiyo arablari qadimda arab tilining oʻziga xos alohida dialektikasidan foydalangan holda suhbatlashganlar. Hozirgi kunda bu tildan juda kam sonli aholi foydalanadi. Ularning aksariyat qismi ham katta yoshli aholi hisoblanadi.
A. D. Grebenkin keltirib oʻtgan maʼlumotlarga koʻra, XX asrning ilk yillarida arablar bir-birlari bilan „buzilgan arab tili“da soʻzlashganlar. L. N. Logofet Buxoro xonligidagi arablar arabiy soʻzlarni qoʻllagan holda oʻzbek tilida soʻzlashganliklarini qayd etgan. Ayrim bir arab guruhlari orasida tarixda ajdodlari Amir Temur davrida shu hududga kelib qolganligi haqida rivoyatlar mavjud. Ammo manbalar bu holatni tasdiqlamaydi. Aksincha, tarixiy kitoblarga koʻra, arablarning asosiy qismi 17-asrda Afgʻonistonning shimoli tomoni va Hisordan Qashqadaryo, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand va Buxoro hududlariga koʻchib kelganliklari qayd etilgan. Mazkur qishloqdagi aholining asosiy qismi ham ayni usha davrda respublika hududiga kelib qolgan arablar hisoblanadi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistondagi arablarning asosiy qismi oʻzbek va tojik tillari, madaniyati, turmush tarzini toʻliq qabul qilgan holda, aholining asosiy etnik tarkibiga singib ketgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Samarqand viloyati pochta indekslari“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ N.B.Begaliyev; A.M.Turobov. Samarqand toponimiyasi, 2015 — 156-bet.