Aylovot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aylovot
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Samarqand
Tuman Payariq
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 1413XX[1]
Avtomobil kodi 30

Aylovot (ayrim manbalarda „Aylovotxoʻja“ nomi bilan ham uchraydi) — Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan qishloq. 1546-yilgi vaqf yerlari xususidagi hujjatlarda qishloq nomi Aliobod tarzida tilga olinadi. Temuriylar hukumronlik yillari davomida Sugʻudi Kalon tumanining shimoliy hududlari hisobiga tashkil etilgan. 15-asr boshiga kelib esa, bu qishloq shu hududdagi asosiy aholi yashash punkitiga aylangan. Keyinchalik esa mazkur qishloq shu yerning tuman markazi unvoniga koʻtarilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

V. L. Vyatkin tomonidan Sugʻudi Kalon tumani xususida olib borilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra, Aliobod qishlogʻi mangʻitlar davrida oʻz mavqeini yoʻqotgan hamda keyinchalik Chelak tumanining markazi boʻlib qolganligi aytiladi. Aliobod hududi yakunlanganidan soʻng, choʻl hududi boshlanadi. Qishloq yerlaridan Samarqand-Jizzax magistral yoʻli oʻtgan boʻlib, tarixiy manbalarda yozilishicha, qishloq yaqinida Xoʻja Didor qal’asi, Karjak (yoki ayrim manbalarda aytilganidek Karzak) mavzesi joy olgan. Mazkur hudud nomlari V. L. Vyatkin yashagan davrlarga kelib unutila boshlangan boʻlgan. Shunga qaramay, qishloqqa qoʻshni boʻlgan Siyob (Qorasuv), Adak yoki Andak (hozirgi Oʻymovut), shuningdek uning sharqiy qismida oʻrin egallagan Kurtushayx va Said Ohu (hozirgi Saydov) qishloqlari, hamda gʻarbiy qismdan chegaradosh boʻlgan Xonqoʻrgʻon mavzelari haqida alohida toʻxtalib oʻtilgan. V. L. Vyatkin oʻz kitoblarida Bulungʻur arigʻidan chiqqan hozirgi Kuchukariq (yoki Kuchakariq) haqida ham maʼlumotlar berib oʻtadi. Mazkur toponimning etimologiyasiga koʻra, Kuchakariq bu „kichik ariq“ degan maʼnoni anglatadi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aylovot toponimi „Ali“ (yigitlar ismi) va obod soʻzlarining birlashmasidan tashkil topgan. Aliobod nomi keyinchalik vaqt oʻtishi bilan, xalq tilida Aylovot koʻrinishiga aylanib ketgan va qishloq hozirga qadar shu shaklda nomlanib kelmoqda[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Samarqand viloyati pochta indekslari“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  2. N.B.Begaliyev; A.M.Turobov. Samarqand toponimiyasi, 2015 — 156 bet.