Kontent qismiga oʻtish

Bogʻibaland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bogʻibaland – Oʻzbekistonning Samarqand shahri shimolidagi chekka hududida joylashgan mahalla. Turistik mahalla maqomi birinchi boʻlib taqdim etilgan fuqarolar yigʻinining hududi[1][2]. Hozirga qadar oʻzining asriy anjirzorlari bilan mashhurdir[3].

Mahalla hududi Eski Koʻhak, hozirgi Choʻponota tepaligining yon bagʻrida, Zarafshon daryosining chap qirgʻogʻida joylashgan[4]. Amir Temur bogʻlaridan birining oʻrnidaligi sababidan oʻsha davrdan buyon Bogʻibaland nomi bilan atalib kelinadi[5].

  1. „Samarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi“. Uzbektourism.uz (6-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 8-sentyabr 2023-yil.
  2. „Bog‘ibaland – yurtimizdagi birinchi turizm mahallasi“. Uza.uz (6-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 8-sentyabr 2023-yil.
  3. „Sohibqirondan meros Samarqand anjirlari: Bog‘ibalandga nima tahdid solmoqda?“. Kun.uz (2-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 8-sentyabr 2023-yil.
  4. „"Bog'ibaland" turizm mahallasi“. Samarkandtourism.uz. Qaraldi: 8-sentyabr 2023-yil.
  5. „Samarqand shahri Bog‘ibaland MFY“. Sammahalla.uz. Qaraldi: 8-sentyabr 2023-yil.