Appenditsit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Appenditsit — appendikentg yallig‘lanishi. Mikroblar o‘simtaga tur-li yo‘llar bilan kiradi, ayrim sabablar-ga kura ularning patogenlik xususiyati oshib, o‘simta shilliq qavatlaridan ost-ki qismiga o‘tib, uni yallig‘lantiradi. A. bilan turli yoshdagi kishilar og‘rishi mumkin. A. o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir A.ning kataral, yiringli, gan-grenoz turlari bo‘lib, o‘simtaning te-shilishi, peritonit, appendikulyar in-filtrat, abssess kabi hayot uchun xavfli asoratlari kuzatiladi.Kasallik bosh-lanishida o‘ng biqin sohasi to‘satdan sanchib og‘riydi va asta-sekin zo‘raya bo-radi; bemorning ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi, tomiri tez uradi, harorati ko‘tariladi. O‘ng yon bosh sohasini qo‘l bilan bosib ko‘rilganda, og‘riq zo‘rayishi va o‘ng tomondagi muskullarning taran-glanishi aniq seziladi. Qonda leyko-sitlar ko‘payadi. A. aniqpangandan keyin yallig‘langan o‘simta darhol jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi. O‘tkir A. operatsiya qilinmaganda kasallik bel-gilari kamayib, asoratlar ro‘y bermasa, chuvalchangsimon o‘simtadagi o‘zgarishlar qisman yo‘qolib, kasallik surunkali tus oladi.Bolalarda og‘riq kuchli, kari kishi-larda esa sust bo‘ladi. Qorinda qattiq og‘riq turishi ko‘pincha A.ga xosdir, shu-ning uchun bunday hollarda zudlik bilan vrach chaqirish lozim.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil