Churra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Churra — ichki aʼzolar yoki ular bir qismining tabiiy yoki yangi paydo boʻlgan teshikdan Ch. darvozasi orqali biror boʻshliqqa ichki qorin pardasi bilan chiqishi, bunda boʻshliq ichini qoplab turgan parda va terining butunligiga putur yetmaydi. Miya, koʻkrak, qorin churralari, Shmorl churrasi (umurtqalararo disk churrasi) va boshqa Ch.lar farqlanadi. Qorin churrasiga kiradigan chov, son, kindik, krrinning oldingi devori churrasi, chovyorgʻoq churrasi (dabba), operatsiyadan keyin paydo boʻladigan Ch. koʻp uchraydi. Ch. tugʻma va orttirilgan, joyiga qaytib kiradigan va kirmaydigan, siqilgan va siqilmagan boʻladi. Tashqi (ichki aʼzolar ularni krplab turgan qorin parda bilan teri ostiga chiqishi) va ichki (Ch. hosilasini qorin pardasi va ichak tutqich hosil qiluvchi, choʻntaklarda boʻrtib chiqishi) Ch.lar bor. Har bir Ch.da: ichki aʼzolarning boʻshliqdan chiqadigan joyi — Ch. darvozasi; qorin pardasining bevosita Ch. darvozasidan chiqadigan qismi — Ch. xaltachasi; Ch. xaltachasidagi aʼzolar — aksari ingichka ichak, charvi, baʼzan bachadon nayi, tuxumdon, yoʻgʻon ichak, taloq va boshqa boʻlishi mumkin.

Qorin Ch.si koʻproq kuzatiladi, bunda sonning yuqori qismida koʻpincha ogʻir mehnatdan keyin, kuchanganda shish, baʼzan shu sohada kuchsiz ogʻriq paydo boʻlib, koʻpincha bu alomatlar bemorni tinch holatida oʻzoʻzidan yoʻqolib ketadi. UzoqvaqtCh. bilan ogʻrigan bemorlarda shish doimiy boʻlishi mumkin. Ch. umurtqalararo diskdan chiqadigan boʻlsa, bel va oyoqdarga ogʻriq beradi, harakat cheklanadi.

CH.ning sabablari mahalliy va umumiy boʻladi. Bularga Ch. xaltachasi boʻrtib chiqadigan tana qismlarining tuzilish xususiyatlari (mahalliy), ogʻir yuk koʻtarish, qabziyatda doimo kuchanish (umumiy) va h.k. kiradi. Homiladorlikda qorinning ichki bosimi oshadi, devori esa boʻshashib yupqalashadi, natijada Ch. xavfi kuchayadi. Boʻshliqdevorining ayrim shikastlaridan soʻng "boʻshashgan (zaif) joylar" hosil boʻlib qolishi mumkin. Ona qornidagi rivojlanish nuqsonlari, mac, kindik halqasining oʻsmay qolishi oqibatida kelib chiqadigan tugʻma Ch. ham boʻladi.

CH. belgilari: odatda Ch. paydo boʻladigan soha boʻrtib (shishib) chiqadi, paypaslab koʻrilganda Ch. darvozasi seziladi va h.k. Asorat bermagan Ch.da bemor ogʻirlik, noqulaylik sezadi, baʼzan siydik ajralishi buziladi. Katta Ch.da ogʻriq paydo boʻlib, odamning ish qobiliyati pasayadi.

Yalligʻlanish va qisilish Ch.ning eng koʻp uchraydigan asoratidir. Ch. xaltachasi va ichidagi aʼzoning shikastlanishi oqibatida yalligʻlanish roʻy beradi, bunda Ch. xaltachasi ichidagi aʼzo bilan uning devorlari oʻrtasida bitishmalar hosil boʻlib, toʻgʻrilanmaydigan Ch. yuzaga keladi.

CH. qisilganda qisilgan aʼzoda qon aylanishi buzilib, u jonsizlanadi. Qisilish oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, ichak yorilishi (peritonit) paydo boʻlishi mumkin. Ichaklar bosilganda ichak tutshshshi roʻy beradi.

Har qanday Ch.ni oʻz vaqtida operatsiya qilinmasa asorati yomon boʻladi. Ch. qisilganda zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.

CH. hatto bezovta qilmaganda ham operatsiya qilish lozim. Bemorning sogʻligʻi operatsiyaga imkon bermaganda bandaj taqib yurish tavsiya etiladi.

Bolalarda koʻpincha tugʻma Ch. boʻladi. Ularda asosan kindik va chov Ch.lari koʻp uchraydi. Kindik Ch.si kamdankam qisiladi va goʻdak hayotining dastlabki yillarida oʻzoʻzidan tuzalib ketadi, chunki bola oʻsgan va muskullari rivojlangan sari kindik halqasi oʻzicha bekilib qolishi mumkin. Goʻdak bolalarda kindik Ch.sini kindikka muntazam yopishqoq plastir yopishtirib davolanadi. Plastirni 7—14 kunda almashtirib turish lozim.

Oldini olish: qorin devori muskullarini mustahkamlaydigan maxsus mashqlar bilan muntazam shugʻullanish (vrach tavsiyasi bilan), organizmni chiniqtirish, jismoniy ish bilan dam olishni toʻgʻri tashkil qilish kerak. Homiladorlikda bandaj taqish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, tugʻrukdan soʻng qorinni massaj qilish va birdan semirib yoki oriqlab ketishdan saqlanish lozim. Bolalarda Ch.ning oldini olish uchun ularni ratsional ovqatlantirish, qabziyatga yoʻl koʻymaslik gʻoyatda muhim. Goʻdak bolalarni sutkasiga 3—4 marta 1—3 min. dan qorni bilan yotqizish tavsiya etiladi. Bu orqa va qorin muskullarini yaxshi mustahkamlaydi.