Limfadenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Limfadenit.JPG
Jag‘ osti limfadeniti

Limfadenit (limfa va yun. aden — bez) — limfa tugunlarining yalligʻlanishi. Limfa tugunlariga yalliglanish paydo qiluvchi mikroblar va ularning zahari tushganda shular asorati, yaʼni ikkilamchi kasallik sifatida roʻy beradi. Kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga va yalliglanish harakteriga koʻra, Limfadenitning nomaxsus (odatdagi yiringli infeksiya) va sil, zaxm va boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan maxsus xillari, shuningdek, kechishiga qarab oʻtkir va surunkali Limfadenit farq qilinadi. Koʻproq boʻyin, qoʻltiq va chov sohasi limfa tugunlari yalligʻlanadi. Oʻtkir Limfadenitda limfa tugunlari kattalashadi, shishadi, paypaslab koʻrilganda ogʻriydi, bemorning umumiy ahvoli aytarli oʻzgarmasligi mumkin. Kasallik avj olganda bemorning temperaturasi koʻtariladi, boshi ogʻriydi, madori quriydi, shishgan limfa tuguni ustidagi teri qizaradi va h.k. Oʻtkir Limfadenit oʻtkazib yuborilgan hollarda surunkali tuye oladi, bunda limfa tugunlari kattalashib, zichlashadi, faoliyati susayadi. Limfadenit ogʻir asoratlarga sabab boʻlishi mumkin, shuning uchun darhol vrachga murojaat qilib, davolash zarur. Spetsifik Limfadenitda unga sab.ab boʻlgan (sil, zaxm va boshqalar) kasallik davolanadi. Shuningdek, antibiotiklar va fizioterapevtik muolajalar buyuriladi, yiringli yalligʻlanish boʻlganda jarroxlik usuli qoʻllaniladi.[1]

Etiologiyasi va patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikni qoʻzgʻatuvchilar yiringlatuvchi mikroblardir. Limfadenit odatda, takroran rivojlanadi. Infeksiya koʻpincha dastlab yaqindagi limfa tugunlarigacha boʻlgan limfa tomirlariga oʻtadi, undan soʻng esa yirikroq limfa tugunlariga tushadi. Infeksiyaning gematogen yoʻl bilan tarqalishi juda kam uchraydi, baʼzan infeksiyaning kontakt orqali ham tarqalishi kuzatiladi.

Patologik-anatomik manzarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yalligʻlanishning zardobli, yiringli va tiklanuvchi formalari (fazalari) tafovut qilinadi. Jarayon atrofdagi toʻqimalarga tarqalganda periadenit rivojlanib boradi. Zardobli yalligianish fazasida shish va limfa tuguni gepermiyasi kuzatiladi. Keyinchalik fibrinoz ekssudat paydo boʻladi va yiringli shish kattalashadi. Baʼzan limfa tugunlari kapsulasini va yaqin atrofdagi toʻqimalarni oʻrab olgan abssesslar paydo boʻladi. Yiringli joylar yorilgan hollarda uzoq vaqtgacha bitmaydigan oqma yaralar yuzaga keladi. Oʻtkir limfaplaziyasi va fibroz induratsiyasi vujudga kelishi kuzatiladi. Klinik manzarasi. Limfa tugunining oʻtkir yalligʻlanishi mahalliy ogʻriq va shish bilan kechadi. Dastlabki bosqichda kattalashgan ayrim tugunlarni

paypaslab koʻrish mumkin, keyinchalik ular bir-biriga qoʻshilib, yagona konglomeratga aylanadi. Agar infeksiya ozroq virulentlikka ega boʻlsa, yalligʻlanish pasayadi, ekssudat shimilib ketadi va limfa tugunlari astasekin normal shakl va kattalikni egallab boradi. Biroq jarayon yiringlash va parchalanish („lumphadenitis purulenta“) oqibatida murakkablashishi

mumkin, bu hoi yuqori harorat va et uvishishi, ahvolning yomonlashuvi bilan kechadi. Qonda leykotsitoz, leykotsitar formulada esa chapga siljish aniqlanadi.

Differensial diagnozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir nospesifik limfadenitni abssess yoki flegmonadan, ter bezlari yalligianishidan, shuningdek, limfogra-nulematoz, sil, xavfli oʻsma va baʼzi bir yuqumli kasalUklar (qizilcha, oʻlat, difteriya,boʻgʻma)da kuzatiladigan limfa tugunlarining kattalashishidan farqlash lozim.

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yalligʻlanishning birlamchi oʻchogʻini bartaraf qilishga harakat qilinadi. Limfadenitning infiltratli bosqichida bemorga tinch yotish, issiq muolajalar, spirtli kompresslar, antibiotiklar va

sulfanilamidlar buyuriladi. Antibiotik-novokainli blokadalar naf beradi. Yiringlaganda uni yorib, drenaj qilinadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya 389-bet. Yangi asr avlodi 2008.