Ishemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ishemiya (yun. ischo — toʻxtataman, haima — qon), mahalliy kamqonlik, mahalliy anemiya — orga-nizmning biror qismi, aʼzo yoki toʻqimaning qonga yolchimasligi. I.ning angiospastik (tomirlar spazmidan kelib chiqadigan), obturatsion (arteriyaga tromb yoki embol tiqilishidan paydo boʻladigan) va kompression (tomirning qisilib yoki bosilib qolishiga aloqador) turlari bor. I.da mikrodirkulyasiya jarayoni buziladi. Mayda tomirlar puchayib qoladi, arteriyaning toraygan joyidan pastki qismida qon bosimi pasayadi va tomir devori tuzuk oziqlana olmaydi, toʻqima hajmi kichrayadi, temperaturasi pasayadi. Toʻqimaga kislorod yetishmay, moddalar almashinuvi va funksiya buziladi, ogʻriq sezgilari paydo boʻladi. I. toʻsatdan roʻy berib, uzoq davom etadigan boʻlsa, toʻqima nekrozi yoki infarkt kuzatilishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil