Morfin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Morfin — afyun (opiy)ning asosiy alkaloidi. Afyundan kimyoviy yoʻl bilan ajratib olinadi. Ogʻriq qoldiruvchi kuchli narkotik moddalar turkumiga kiradi. Tibbiyotda M.ning gidroxlorid tuzi ishlatiladi. M., asosan, markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadi: ogʻriq sezgisini kamaytiradi, nafas, yoʻtal va qusish markazlarini susaytiradi, adashgan hamda koʻzni harakatlantiruvchi nervlar markazini qoʻzgʻatadi. Uni bir necha bor qabul qilinganda kishi oʻrganib qolishi (morfinizm) mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil