Bezoarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bezoarlar (fors, soʻzma-soʻz badi zahr — ziddi zahar), be zo a r toshlar — qoʻy, echki, otlar, baʼzan qoramol, choʻchqalarning oshqozon-ichak yoʻlida chigʻallanib toʻplanib qoladigan hayvonlarning juni (pilobezoarlar) yoki oʻsimliklar tolasi (fitobezoarlar). Moddalar almashinuvi, hazm organlari faoliyati buzilganda, mollar da-gʻal tolali yem-xashak bilan boqilganda paydo boʻladi. B. dumaloq shaklda boʻlib, baʼzan kattaligi yosh bola kallasidek keladi, sirti shilliq parda bilan_qoplanadi, ogʻirligi baʼzan 2,5 kg gacha yetadi. B. paydo boʻlganda hayvonlarda tana harorati koʻtariladi, halloslaydi. Jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil