Yiring

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yiring (madda, fasod, patos) — yalligʻlangan joyda toʻplanadigan suyuqlik (ekssudat); leykotsitlar (oq qon tanachalari), monotsitlar, neytrofillar, oqsillar, shuningdek, toʻqimalarning parchalanish mahsulotlaridan iborat. Y. yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokklar, streptokokklar, gonokokklar va b.), shuningdek, baʼzi kimyoviy moddalar (skipidar va b.) yalligʻlantirgan toʻqimalarda hosil boʻladi. Y. ning rangi uni hosil qilgan mikrob turiga bogʻliq; sariq Y. — stafilokokk, yashil Y. koʻplab parchalangan leykotsitlar, iflos qoʻngʻir Y. — chirituvchi mikroblar, badboʻy Y. — chirituvchi mikroflora va parchalangan toʻqimalar borligini bildiradi. Y. ning quyuq-suyuqligi (konsistensiyasi) uning paydo boʻlish muddatiga ham bogʻliq, Mas, yangi hosil boʻlgan Y. suyuq, vaqti ancha oʻtgani quyuq boʻladi. Y. boylagan joy tevarak-atrofidagi toʻqima va aʼzolardan parda bilan ajralgan boʻlsa, abssess deb ataladi. Y. dan qonga zaharli moddalar oʻtadi, shuning uchun biror joyda Y. paydo boʻlsa, darhol uni yoʻqotish chorasini koʻrish lozim.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil