Nekroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nekroz (yun. nekrosis — oʻlish) — 1) tirik organizmdagi hujayra, toʻqima, butun aʼzo yoki uning bir qismi nobud boʻlishi. Kimyoviy yoki fizik taʼsirlar (harorat, elektr toki, kuchli kislota yoki ishqorlar, nur energiyasi va boshqalar), shikastlanish, toksinlar (bakte-rial infeksiyalarda) sabab boʻladi. Koʻpchilik hollarda mahalliy qon aylanishining (tromb, emboliya, infarqt, gangrena), shuningdek, toʻqimalar innervatsiyasining buzilishi N. uchun qulay sharoit tugʻdiradi. N.da oʻziga xos oʻzgarishlar hujayralar (yadro va sitoplazma burishib qoladi) va hujayralararo moddada kuzatiladi. N. atrofi ajralib tushadi (hujayra yadrosi va si-toplazmasi bujmayadi) yoki yiringlab iriydi; hujayra kemtigi oʻrnida chan-dik paydo boʻladi. N.ning quruq yoki koagulyasion (oʻlgan hujayra quriydi), hoʻl yoki kollikvatsion (nobud boʻlgan hujayra iriydi) xili ajratiladi. Organizmning biror yerida N. vujudga kelishi uning umumiy holatiga noxush taʼsir koʻrsatadi. Tana yuzasidagi toʻqimalar N.ga uchrab iriganda, aksari ularda patogen mikroblar koʻpayadi. Shuning uchun irigan toʻqimalar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi; 2)oʻsimliklarda — toʻqima yoki organlar ayrim qismlarining nobud boʻlishi. N. paydo boʻlishiga noqulay fizik, mexanik (muzlash, kuyish, shikastlanish va boshqalar) va kimyoviy taʼsirotlar (oʻsimliklarni purkalgan yoki changitilgan preparatlardan kuyishi) yoki mikroorganizmlar bilan kasallanish (barglardagi bakterial va zamburugʻli dogʻlar va boshqalar) sabab boʻladi. N. mahalliy, shuningdek, oʻsimlikning umumiy kasallanishidan paydo boʻlishi mumkin. Mas, gʻoʻza barglaridagi N.ni patogen zambu-rugʻ (makrosporioz va vilt) yoki bakte-riyalar (gommoz) vujudga keltiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil