Gastroptoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gastroptoz (gastro... va yun. ptosis — pastga tushish) — meʼdaning oʻz oʻrnidan pastga tushishi. Koʻp tuqqan ayollarda, ozib ketgan va uzoq oʻtirib ishlaydigan kishilarda uchraydi. Korin devori tonusining pasayishi, diafragmaming baʼzi kasalliklari, oʻpka emfizemasi, ekssudativ plevrit sabab boʻladi. G.da qorin boʻshligʻida ogʻirlik seziladi, qorin dam boʻlib, bemor hadeb kekiraveradi, qulogʻi shangʻillab, boshi aylanadi. Qorin muskullari boʻshashib, pastki qismi osilib ketadi, meʼdada suv borligi seziladi. Bemorga tez hazm boʻladigan toʻyimli ovqat buyuriladi, vaqtincha yengil ishga oʻtish tavsiya etiladi, qorin muskullarini mustahkamlash uchun maxsus badan tarbiya va massaj qilinadi. Homiladorlik vaktida va tuqqandan keyin shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sanatoriy va kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil