Appendiks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Appendiks (lotincha: appendix vermiformis – oʻsimta) – koʻrichakning pastki qismida joylashgan chuvalchangsimon oʻsimta. U koʻrichakning embrional rivojlanishida oʻsmay qolgan qismidan paydo boʻlgan. Uz. oʻrtacha 5 – 7 sm, ba’zan 18 – 20 sm gacha, diametri 3 – 7 mm boʻladi. Oʻsimta odatda osilgan holatda turadi, uzun boʻlsa, chanoq boʻshligʻigacha boradi. Ba’zida koʻrichakning orqa tomonida joylashib, oʻng buyrakka tegib turadi. Appendiksning yalli-glanishi appenditsit deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil