Humoyun maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Humoyun maqbarasi - Hindi stondagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr 2-yarmi); Dehli shahrida Humoyunnint oʻgʻli Akbarsho\ tomonidan qurilgan. Maqbara murabba tarhli (47x47 m; umumiy balandligi 37,5 m), qizil qumtosh va oq marmardan bunyod etilgan; 2 qavatli. Pastki qavati (poydevori, balandligi 7 m)ga ravoqlar qatori ishlangan. 2-qavati — asosiy bino 3 qismdan ibo-rat boʻlib, bosh tarzi peshtoq-ravoq-li, markaziy xona qoʻsh gumbazli, uning yonidagi doira-koʻshk shaklidagi xonalar tepasiga gumbazli qafa-salar ishlangan. Maqbaraning oʻzi atrofi devor bilan oʻralgan chorbogʻnnng markazida joylashgan; chorbogʻ hududi ariqlar bilan boʻlaklarga boʻlingan chorchamonlar, koʻkalamzorlardan tashkil topgan. Maqbara chorbogʻ kengligi bilan oʻzaro uygʻun; aniq va goʻzal yechimini topganligi bilan diqqatga sazovor. Maqbaraning markaziy gum-bazli mujassamotida Oʻrta Osiyo va Eron meʼmorligining taʼsiri seziladi. Humoyun maqbarasi keyinchalik bunyod etilgan Tojmahal uchun namuna vazifasini oʻtagan.