Kontent qismiga oʻtish

Boburiylar imperiyasi bayroqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boburiylar imperiyasida bir qator bayroqlar mavjud boʻlgan. Boburiylarning asosiy imperatorlik standarti alam (علم) boʻlgan. Asosiy rang toʻq yashil boʻlgan[1]. Bayroqlarda koʻpincha sher va quyosh tasvirlangan (Shir-u-khurshid شیر و خورشید). Boburiylarning alamdan foydalanishi Temur davridan odat boʻlib qolgan.

left
Imperatorlik muhri va bayroqlari.

Imperator bayrogʻi taxtning oʻng tomonida turgan. Boburiylar imperiyasida urush bayrogʻi va tinchlik paytidagi bayroqlar alohida edi. Ammo ikkalasi ham bir-birga oʻxshash boʻlgan, yaʼni toʻq yashil rangda. Urush bayrogʻida Amir Temur bayrogʻida boʻlganidek tillarang halqa (boburiy bayrogʻida quyosh koʻrinishidagi halqa), arslon bor edi va bu bayroq uchburchak shaklda boʻlgan. Imperatorlik muhri aylana shaklda boʻlgan. Boburiylarning 1857-yildagi bayrogʻi ham toʻq yashil rangda boʻlgan. Va unda islom ramziga aylangan tilla rangidagi hilol tasvirlangan.

  1. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.