Kontent qismiga oʻtish

Qizil qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizil qal’a
Lal qila

Qalʼaning Lohuri darvozasi
Umumiy maʼlumot
Turi Qalʼa
Shahar Dehli
Mamlakat Hindiston
Qurilishi boshlangan 12-may 1639-yil
Qurilishi tugagan 6-aprel 1648-yil
Qizil qalʼa

Qizil qal’a yoki Lal Qila  – Hindistondagi tarixiy qalʼa boʻlib, u Boburiy imperatorlarining asosiy qarorgohi sifatida foydalanilgan. Imperator Shoh Jahon poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirishga qaror qilganda, 1638-yil 12-mayda Qizil qal’a qurilishi boshlangan. Qal’a dizayni Toj Mahalni qurgan meʼmor Ustod Ahmad Lohuriyga tegishli. Qal’ani Shoh Jahon davridagi Boburiy arxitekturasining choʻqqisi deb atash mumkin. 1739-yilda Nodirshohning Boburiylar imperiyasiga bostirib kirishi paytida qal’adagi sanʼat asarlari talon-toroj qilingan. Qal’aning marmar qismlari 1857-yilgi qoʻzgʻolondan keyin inglizlar tomonidan buzib tashlangan. Lekin qal’aning mudofaa devorlari buzilmagan va keyinchalik garnizon sifatida ishlatilgan. 1947-yil 15-avgustda Hindistonning birinchi Bosh vaziri Javoharlaʼl Neru Hindiston bayrogʻini qal’a darvozasi tepasiga koʻtargan. Har yili Hindiston Mustaqillik kunida (15-avgust) Bosh vazir qal’aning asosiy darvozasiga Hindistonning bayrogʻini koʻtargan va efirda nutq soʻzlagan. Qizil qal’a 2007-yilda Qizil qal’a majmuasining bir qismi sifatida Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1][2].

  1. „Red Fort Complex“. World Heritage List. UNESCO World Heritage Centre. 2009-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-noyabr.
  2. „Red Fort was designated a UNESCO World Heritage Site in 2007“. Lonely Planet. 2012-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.