Shahi koʻprigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shahi koʻprigi (yana Munimxon, Akbari, Boburiylar yoki Jaunpur koʻprigi deb ham nomlanadi) Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Jaunpur shahridagi Gomti daryosi ustiga XVI asrda qurilgan koʻprikdir. Koʻprik Jaunpur temir yoʻl stantsiyasidan 1.7 kilometr (1.1 mi) shimolda, Zafaroboddan 7.3 kilometr (4.5 mi) shimoli-gʻarbda, Mariahudan 16.2 kilometr (10.1 mi) shimoli-shimoli-sharqda va Kiroqat shahridan 26.6 kilometr (16.5 mi) gʻarbiy-shimoli-gʻarbda joylashgan[1].

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boburiylar imperatori Akbar Shahi koʻprigini qurishni buyuradi. Koʻprik 1568—1569-yillarda Munimxon tomonidan qurib bitkazildi. Uni qurish uchun toʻrt yil kerak boʻldi[2]. Koʻprik afgʻon meʼmori Afzal Ali tomonidan ishlab chiqilgan[3].

Hozirda foydalanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gomti daryosi ustidagi Shahi koʻprigining uzoqdan koʻrinishi, Jaunpur.

Koʻprik 1934-yilda Nepal-Bihar zilzilasida jiddiy shikastlangan. Uning yettita arkini qayta qurish kerak boʻladi. Ko‘prik o‘zining tarixiy ahamiyatini saqlagan holatda hozirda ham foydalanilmoqda[4].

Koʻprik 1978-yildan beri Arxeologiya direksiyasining (UP) Himoya va muhofaza qilish roʻyxatida.

Koʻprik Jaunpurning eng muhim Boburiylar davri arxitektura yodgorligi sifatida tan olingan.

Shahi koʻprigiga parallel boʻlgan yangi koʻprik 2006-yil 28-noyabrda Uttar-Pradeshning oʻsha paytdagi bosh vaziri Mulayam Singh Yadav tomonidan ochilgan[5][6].

Adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaunpur koʻprigi: William Hodgesning „Select Views in India“ kitobidan

William Hodges oʻzining „Select Views in India“ kitobida koʻprik haqida shunday deydi.

Toshqinlar hatto koʻprikdan ham koʻtarilganligi maʼlum va 1774-yilda Britaniya kuchlarining butun bir brigadasi qayiqlarda uning ustidan oʻtgan.“

Rudyard Kiplingning "Akbar’s Bridge" sheʼrida bu koʻprik haqida soʻz boradi[7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Atala masjidi, Jaunpur
  • Jama masjidi, Jaunpur

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alfieri, Bianca Maria. 2000. Islamic Architecture of the Indian Subcontinent. London: Laurence King Publishing, 103.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]