Suriylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suriylar, Sur — Shim. Hindistonda hukmronlik qilgan sulola (16-asr). Hindistonning Bihar viloyatidagi afgʻonlarning sur qabilasidan chiqqan Farid (keyinchalik Shershoh nomini olgan) tomonidan asos solingan. Shershoh Boburtt oʻgʻli Humoyunni yengib, uni Hindistonni tark etishga majbur qilgan (1540). Natijada Hind daryosidan Bengaliyagacha boʻlgan hudud S.ga tobe boʻlgan. Shershohning vorisi Islomshoh vafoti (1554) dan soʻng S.ning Dehlidagi taxtiga oʻz daʼvogarlarini oʻtkazishda afgʻon zamindorlari oʻrtasida uzaro nizolar kuchaygan. Bunday vaziyatdan foydalangan Humoyun Shershoh vorislaridan birining qushinini Sarhindda yengib (1555), Hindistonda boburiylar hokimiyatini tiklagan.