Bayramxon
Bayramxon (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (? – 1561.1.2) – boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarjon otaligʻi (qarang Otaliq). Turkmanlarning qora qoʻyunli urugʻidan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534-yil muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540-yil Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan Eronga ketadi va 1545-yil Humoyunning inilari Mirzo Askariy va Komronlardan Qandahor hamda Kobulni qaytarib olish uchun qilingan urushda qatnashadi. Bayramxon shundan soʻng 10 yilcha Qandahorda yashaydi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi. 1555-yil „Xoni honon“ (bosh xon) unvoniga sazovor boʻladi. Bayramxon hajga ketayotib Gujarotning Patton degan joyiga yetganda lohani urugʻidan boʻlmish Muborakxon tomonidan oʻldirilib, dastlab Shayx Husomiddin maqbarasiga dafn etilgan, keyinchalik uning xoki Dehliga, 1563-yilda esa Mashhadga keltirilib, Imom Rizo maqbarasi yoniga qoʻyilgan. Bayramxonning turkiy, forsiy tillardagi sheʼrlaridan iborat devoni bizgacha yetib kelgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |