Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Armaniston SSRdan yoʻnaltirildi)
Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Армя́нская Сове́тская Социалисти́ческая Респу́блика
Հայկական Սովետական Սոցիալիստական Հանրապետություն
Yarim mustaqil davlat (1920–22)
ZSFSR tarkibida (1922–36)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91)
De facto suveren davlat (1990–91)
1920—1922
1936—1991
Bayroq
Bayroq (1952–90)
Gerb (1937–91)
Gerb (1937–91)
Shior
Պրոլետարներ բոլոր երկրների, միացե՜ք (Armancha)
Proletarner bolor erkrneri, miac’ek’! (transliteratsiya)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Հայկական Սովետական Սոցիալիստական Հանրապետություն օրհներգ
Haykakan Sovetakan Soc’ialistakan Hanrapetutʼyun
„Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“
(1944-91)
Armaniston SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Yerevan
Til(lar)i Rasmiy tillar:
Arman  · Rus
Ozchiliklar tillari:
Ossur  · Kurd  · Yunon
Etnoxoronimi Arman
Sovet
Hukumati Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1920–1927; 1953–1990)
Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927–1953)
Unitar yarim prezidentlik respublika (1990–1991)
Birinchi kotib
 •  1920—1921 Gevork Alixanyan
 •  1991 Aram Gaspar Sargsyan
Hukumat boshchisi
 •  1922—1925 Sargis Lukashin
 •  1990—1991 Vazgen Manukyan
Davlat boshchisi
 •  1990—1991 Levon Ter-Petrosyan
Tarixi XX asr
 •  Respublika eʼlon qilingan 2-dekabr 1920-yil
 •  ZSFSR tarkibiga kirgan 30-dekabr 1922-yil
 •  Qayta asos solingan 5-dekabr 1936-yil
 •  Togʻli qorabogʻ mojarosi 20-fevral 1988-yil
 •  Suverenitet eʼlon qilingan, Armaniston Respublikasi deb qayta nomlangan 23-avgust 1990-yil
 •  Mustaqillik eʼlon qilingan 21-sentabr 1991-yil
 •  Mustaqillik yakunlangan 26-dekabr 1991-yil
Maydoni
 •  1989-yil 29800 km²
Aholisi
 •  1989-yil (tax.) 3 287 700 
     Zichlik 110.3255033557 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 885
Oldingisi
Keyingisi
Birinchi Armaniston Respublikasi
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi
Armaniston

Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Armaniston SSR (armancha: Հայկական Սովետական Սոցիալիստական Հանրապետություն; ruscha: Армя́нская Сове́тская Социалисти́ческая Респу́блика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920-yilda qisqa vaqt mavjud boʻlgan Birinchi Armaniston Respublikasini sovetlar bosib olganidan keyin tashkil topgan. Shu sabab Armaniston SSR Ikkinchi Armaniston Respublikasi deb ham nomlanadi. Respublika 1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketgunicha mavjud boʻlgan. Ayrim manbalarda Sovet Armanistoni deb yuritiladi.

Sovet Ittifoqi tarkibida Armaniston SSR agrar respublikadan muhim sanoat markaziga aylandi. Mamlakat aholisi 1926-yilda 880 mingni tashkil qilgan boʻlsa, 1989-yilga kelib bu koʻrsatkich deyarli toʻrt martaga oshib, 3,3 millionga yetdi. Aholi soni oʻsishiga tabiiy demografik oʻzgarishlar hamda Arman qirgʻinida tirik qolganlar va ularning avlodlarining mamlakatga koʻchib kelishi sabab boʻldi.

Armaniston SSR poytaxti Yerevan shahri boʻlgan. Respublika 36 rayonga boʻlingan, 24 shahar, 33 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

Armaniston SSR 1990-yilning 23-avgustida suverenitet eʼlon qildi va Armaniston Respublikasi deb qayta nomlandi. Ammo 1991-yilning 21-sentabrida mustaqillik eʼlon qilingunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Armaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. 1995-yil Armaniston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armanistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillar boshlarida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 9–6-asrlarda Urartu quldorlik davlati mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–3-asrlarda axomaniylar va salavkiylar hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Rim bilan Parfiya oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 3–4-asrlarda Armaniston Eronga qaram feodal davlat boʻlgan. 7–15-asrlarda arablar, vizantiyaliklar, saljuqiylar, moʻgʻullar istilo qilgan va Temur davlati tarkibiga kirgan. 16–18-asrlarda Eron va Turkiya oʻrtasida taqsimlangan.

Armaniston SSRning hududiy boʻlinishi

1805–1828-yillari Sharqiy Armaniston Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar vujudga kelgan. 1902-yili Arman sotsialist-demokratik ittifoqi, 1905-yili esa RSDRPning Yerevan qoʻmitasi tuzilgan. 1917-yil noyabrda Armanistonni ingliz-turk qoʻshinlari bosib olgan.

Armanistonda sovet hokimiyati 1920-yili oʻrnatilgan. 1920-yilning 29-noyabrida Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topgan. 1922-yil 12-martda Zakavkazye SFSR, 1936-yil 5-dekabrda bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

Armaniston SSR 1990-yilning 23-avgustida suverenitet eʼlon qildi va Armaniston Respublikasi deb qayta nomlandi. Ammo 1991-yilning 21-sentabrida mustaqillik eʼlon qilingunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Armaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. 1995-yil Armaniston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Armaniston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 56. 5-89890-002-0. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]