Abxaz tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Abxaz tili
Milliy nomi Аԥсуа бызшәа
Mamlakatlar Abxaziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 113,000 (1993)
Turkumlanishi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 ab
ISO 639-2 abk
ISO 639-3 abk

Abxaz tiliAbxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-edigey guruhiga ki-radi. Abxaz tilida 70 mingdan koʻproq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy dialekti – abjuy (adabiy tilga asos boʻlgan) va bzib bor. Abxaz tilida undosh fonemalar juda koʻp. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lugʻatidagi koʻp soʻzlar bir boʻgʻinli oʻzakdan iborat. 19- asrning 60-yillarqdan Abxaz tili yozuvini yaratish uchun intilishlar boʻldi. 1862-yilda P. K. Uslar Abxaz tili uchun kirill-rus grafikasi asosida alifbo tuzdi. 1926-yilda u tizimi N. Ya. Marrning analitik alifbosi bilann almashtirildi. Abxaz tili. 1928-yildan lotin, 1938-yildan gruzin, 1954-yildan yana kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga koʻchdi.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abxaz tili haqida barcha malumot
  2. "Abxaz tili" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil