Kishm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kishm – Toxaristonning qadimgi shaharlaridan biri. Badaxshondagi Koʻkcha daryosining irmogʻi Mashhad daryo boʻyida joylashgan. Kishm tarixiy manbalarda ilk oʻrta asrdan boshlab (VI—VII asrlar) uchraydi. VIII asrda bu yerda Toxaristonning turkiylardan boʻlgan bosh hukmdori – jabgʻusi Qutluq tardu (boshqa manbalarga koʻra, Xumorbek) yashagan; u, shuningdek, „eftalitlar shoqi“ unvoniga ham ega boʻlgan. Somoniylar davrida (IX—X asrlar) K. da bir yoʻla 3 zarbxona boʻlib, u temuriylar davrida ham mavjud boʻlgan. B. Ahmedovning fikricha, K. moʻgʻullar tomonidan bosib olinmagan, shahar XIV asrning 1-yarmigacha mustaqilligini saqlab qolgan. U katta bir viloyatning markazi boʻlgan. Marko Yaoyaoning maʼlumotiga koʻra, XIV asrda K.ning oʻz hokimi boʻlib, oʻnga togʻdagi bir qancha shahar va qishloqlar boʻysoʻngan. Shahar oʻrtasidan katta daryo oqib oʻtgan. K. atrofidagi aholi togʻlarda chorvachilik bilan shugʻullangan. XIV asr oxirida Amir Temur Badaxshonni egallaganda K. uning poytaxti boʻlib, Badaxshon shohi shu yerda yashagan. Temuriylar davrida K. rasman Samarqand, soʻng Hirotga qaram boʻlsada, amalda uni mahalliy sulola vakillari – Ba-daxshon shoxlari – Shoh Bahouddin, Shoh Mahmud va ularning avlodlari boshqargan. 1469 – 1505-yilda K.ni Xusravshoh idora etgan, soʻngra uni Shayboniylar qisqa muddatga egʻallashgan. K. Boburnknt ukasi Nosir mirzo qoʻliga oʻtgan; temuriylarning Badaxshondagi hukmronligi 1584-yilgacha, yaʼni uni Abdullaxon II egʻallaguncha davom etgan. XVI—XVII asrlarda – K. Badaxshon poytaxti. Ashtarxoniylaraan Nodir Muhammadxon davrida K. Abdulaziz sulton, soʻngra Xusrav sulton mulki boʻlgan. Hozirgi K. shahri Toliqon va Qunduzdan sharqda joylashgan alohida viloyatning maʼmuriy markazi hisoblanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |