1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
VI Olympic Winter Games
Mezbon shahar Oslo, Norvegiya
Millatlar 30
Atletlar 694 (585 nafar erkak, 109 nafar ayol)
Musobaqalar 4 ta sport turi boʻyicha 22 ta sport musobaqalari (8 disciplines)
Ochilish 14-fevral 1952-yil
Yopilish 25-fevral 1952-yil
Marosimini ochib beruvchi
Cauldron
Stadion Bislett Stadium
Winter
Summer

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari, rasman VI qishki Olimpiya oʻyinlari (norv.: De 6. olympiske vinterleker), shuningdek, Oslo 1952 nomi bilan ham ataluvchi, 1952-yilning 14-fevralidan 25-fevraliga qadar Norvegiya poytaxti Oslo shahrida oʻtkazilgan Qishki Olimpiada oʻyinlari.

Navbatdagi qishki Olimpiada oʻyinlarining aynan Oslo shahrida oʻtkazilishi haqidagi muzokaralar 1935-yildayoq boshlanadi. Shahar dastlab 1948-yilgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish istagini bildiradi, biroq Ikkinchi jahon urushi tufayli ushbu oʻyinlarni oʻtkazishning iloji boʻlmaydi. Keyinchalik esa Oslo 1952-yilgi musobaqalarni oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritadi. Ushbu Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish boʻyicha Italiyaning Kortina-d’ampetsso va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Lake Placid shaharlari ham oʻz nomzodliklarini qoʻyishadi, biroq yakunda Oslo shahri ushbu imkoniyatga ega boʻladi. Olimpiada oʻyinlaridan joy olgan deyarli barcha musobaqalar oʻtkaziluvchi sport inshootlari poytaxt shahar Osloda joylashgan boʻlib, birgina togʻ changʻi sporti boʻyicha oʻyinlar poytaxtdan 113 km (70 mi) uzoqlikda joylashgan Norefjell togʻ tizmalarida boʻlib oʻtadi. Matbuot aʼzolari va musobaqaning hurmatga sazovor mehmonlari uchun yangi mehmonxona, sportchilar va murabbiylar uchun esa uchta yotoqxona qurilib, birinchi zamonaviy sportchilar shaharchasi yaratiladi. Oslo shahri ushbu Olimpiada oʻyinlari uchun zarur barcha moliyaviy mablagʻni qoplashni oʻz zimmasiga oldi. 1952-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari aynan shu yili Finlandiyaning Helsinki shahrida boʻlib oʻtuvchi Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan Shimoliy Yevropada ketma-ket oʻtkazilgan ikki Olimpiya oʻyinlarining birinchisi boʻlgan.

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 30 ta mamlakatdan 694 nafar sportchi ishtirok etadi, sportchilar jami toʻrtta sport turi boʻyicha 22 ta musobaqalarda bahs olib boradilar[1]. Ikkinchi Jahon urushidan keyin Yaponiya va Germaniya davlatlari 1948-yilgi oʻyinlarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻladilar, biroq ikkala shahar ham Osloda oʻtkazilgan Qishki Olimpiya musobaqalarida ishtirok etish uchun tashrif buyuradi. Sharqiy Germaniya yagona jamoa sifatida qatnashishdan bosh tortganidan soʻng, Germaniya nomidan oʻyinlarda faqatgina Gʻarbiy Germaniya sportchilari ishtirok etishadi. 1952-yilgi Olimpiada oʻyinlari Portugaliya va Yangi Zelandiya uchun debyut musobaqa hisoblanib, ayol sportchilarga ilk bora changʻi sporti boʻyicha musobaqalarda qatnashishga ruxsat beriladi.

Norvegiyalik yuk mashinasi haydovchisi Hjalmar Andersen konkida uchish boʻyicha toʻrtta musobaqaning uchtasida gʻalaba qozonib, 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida eng yuqori natija koʻrsatgan sportchiga aylanadi. Germaniyalik sportchilar bobsley boʻyicha ikki va toʻrt kishilik musobaqalarda gʻalaba qozonib, qishki Olimpiada oʻyinlaridagi nufuzini qayta tiklab oladi. Amerikalik Dick Batton figurali uchish boʻyicha sport faoliyati davomida ketma-ket ikkinchi marotaba Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritish maqsadida musobaqa ishtirokchilari orasida birinchi boʻlib uch hatlab sakrash mashqlarini amalga oshiradi. Qishki sport turlari orasida mashhur hisoblangan koptokli xokkey sporti ham ushbu oʻyinlar safidan joy oladi, biroq faqatgina uchta Shimoliy Yevropa mamlakatlarigina oʻyinlarda ishtirok etishadi. Norvegiya davlati medallar soni boʻyicha umumiy hisobda 16 ta, shulardan 7 ta oltin medal bilan yetakchilikni qoʻlga kiritadi. 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari navbatdagi musobaqalarni qabul qilib oluvchi shaharga Olimpiada oʻyinlari bayrogʻini topshirish marosimi bilan yakunlanadi.

Mezbon shaharni tanlash jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

A map of Norway with Oslo marked in the south east of the country.
A map of Norway with Oslo marked in the south east of the country.
Oslo
Norvegiyaning Oslo shahri joylashuvi

Oslo shahri 1936-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi shaharni saylash jarayonlarida 1936-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish imkoniyatini qoʻldan boy bergan Germaniyaga magʻlub boʻlgan edi. Oʻsha paytda Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi mamlakat Qishki Olimpiada oʻyinlariga ham mezbonlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan[2]. 1936-yilgi oʻyinlardan soʻng, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) yozgi va qishki musobaqalar turli mamlakatlarda oʻtkazilishi kerakligini eʼlon qiladi. Biroq Ikkinchi jahon urushi sababli oʻyinlar maʼlum muddatga toʻxtatiladi. London Ikkinchi jahon urushidan keyin oʻtkazilgan 1948-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiladi, shuningdek, shu yili oʻtkaziladigan qishki oʻyinlarini oʻtkazish uchun Oslo shahrini nomzod sifatida tavsiya qiladi, ammo maʼlum sabablarga koʻra, XOQ ushbu shahar nomzodligini rad etadi[2]. 1948-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari Shveytsariyaning St. Moritz shahrida boʻlib oʻtadi[3].

Norvegiyaliklar dastlab Qishki Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish borasida bir qarorga kelishmagan edi[4]. Ular Norvegiya sportchilarining oldingi qishki oʻyinlarda qayd etgan yuqori natijalariga qaramay, raqobatbardosh qishki sport turlari, xususan, changʻi sporti boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishiga qarshi edilar[5]. Ammo tashkilotchilar 1952-yilgi musobaqlarni Norvegiyada oʻtkazish mamlakat aholisi oʻrtasida milliy birlikni rivojlantirish va Norvegiyaning urushdan keyin oʻzini qayta tiklab olganini dunyoga koʻrsatish uchun yaxshi imkoniyat ekanligiga ishonishadi[6]. Oʻyinlarga mezbonlik qilish jarayonlarida Oslodan tashqari, shuningdek, Italiyaning Kortina d’Ampezzo hamda AQSHning Lake Placid shaharlari ham daʼvogarlik qiladi[7]. XOQ 1947-yil 21-iyunda Stokgolmda (Shvetsiya) boʻlib oʻtgan 40-sessiyasida 1952-yilgi qishki oʻyinlarga mezbonlik qilish huquqini Osloga beradi[8]. Keyinchalik, Italiyaning Kortina d’Ampezzo shahri 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga, Lake Placid shahri esa 1980-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarni oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi. Olimpiada tarixida Norvegiya davlati Qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi birinchi Skandinaviya davlatiga aylanadi[7] va 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari mezbon mamlakat poytaxtida oʻtkazilgan ilk Olimpiada musobaqalari hisoblanadi[9].

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Mamlakat 9-tur
Oslo Norvegiya Norvegiya 17
Kortina-dʼampetsso Italiya Italiya 9
Lake Placid Qoʻshma Shtatlar Qoʻshma Shtatlar 1

Tashkilot[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha maxsus qoʻmita tayinlangan boʻlib, ushbu qoʻmitada Norvegiyaning sport masalalari boʻyicha toʻrt nafar yuqori martabali amaldorlari, Oslo munitsipalitetidan toʻrt nafar vakil, jumladan, mer (hokim) Brynjulf Bull faoliyat yuritadi[10]. Qoʻmita 1947-yilning dekabr oyida tashkil etilgan boʻlib[11], Oslo shahri Olimpiadani oʻtkazish uchun kerakli mablagʻning barchasini toʻliq moliyalashtiradi[12]. Sportchilar, ularning murabbiylari va yordamchi xodimlar uchun zarur turar-joy binolari loyihalashtiriladi va musobaqa kuniga qadar uchta yangi sport obyektlari qurib bitkaziladi[13]. Oslo shahri budjetidan XOQ delegatlari, shahar tashqarisida nufuzli mehmonlarni qabul qilish va oʻyinlarning aloqa markazi sifatida foydalanish maqsadida Viking deb nomlanuvchi yangi mehmonxonani qurish uchun alohida mablagʻ ajratiladi[14][15]. Ushbu Qishki oʻyinlarda birinchi marotaba 8 ta jamoa ishtirok etuvchi yopiq xokkey arenasi quriladi[16][17]. Osloning mavjud markaziy arenasi – „Bislett“ stadionidan Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari hamda konkida yugurish sporti musobaqalari uchun foydalaniladi. Arenaning ovoz va yorugʻlik tizimlarini yaxshilash, ishtirokchi klublar va matbuot xodimlari uchun alohida xonalar qayta taʼmirlanadi, shuningdek, arenada mutlaqo yangi tibbiyot markazi binosi ham qurib bitkaziladi[18].

Siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning Norvegiyani bosib olishi 1952-yilgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarida nemislarga nisbatan salbiy qarashlarning kuchayishiga sabab boʻladi[19], hatto Germaniyaning oʻyinlarda ishtirok etishiga ruxsat berish kerakmi yoki yoʻqligi borasida jiddiy muhokamalar boshlanadi[20]. 1950-yilda Gʻarbiy Germaniya Olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan tan olinishini soʻrab murojaat etganda, ularning ishtiroki boʻlajak oʻyinlarda siyosiy boykotlarga sabab boʻladimi degan savolning koʻtarilishiga sabab boʻladi[21]. Keyinchalik Gʻarbiy Germaniya Olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan tan olinganidan soʻng, Gʻarbiy Germaniya 1952-yilgi qishki oʻyinlarda qatnashish uchun rasman taklif etiladi[22]. Sharqiy Germaniyaga Gʻarbiy Germaniya bilan birlashgan jamoa sifatida musobaqalarda ishtirok etish taklifi beriladi, biroq ular ushbu taklifni rad etadi[23].

Avvaliga Norvegiya nemis va boshqa ayrim sportchilarni natsistlarga xayrixoh deb hisoblashgani bois, ularga musobaqalarda ishtirok etish uchun ruxsat berishni istashmaydi. Misol uchun, norvegiyalik konkida uchuvchi Finn Hodt urush paytida natsistlar bilan hamkorlik qilgani uchun unga Norvegiyaning konkida uchish terma jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. Biroq bir qancha munozara va muzokaralardan soʻng, Norvegiya nemis va yapon sportchilarining ham musobaqalarda ishtirok etishiga rozi boʻlishadi[24]. Sovet Ittifoqi XOQ tomonidan tan olinganiga qaramay, Oslodagi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Ittifoqdan hech qanday sportchi tashrif buyurmaydi[25][26].

Musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishki Olimpiada oʻyinlarida umumiy hisobda 4 ta sport turi boʻyicha (8 ta yoʻnalish) jami 22 ta medallar oʻynaladi.

Koʻrgazmali sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ochilish marosimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Long-shot of Olympic stadium with many athletes standing in neat formation behind their national flags
"Bislett" stadionidagi ochilish marosimidan sahna

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi 15-fevral kuni „Bislett“ stadionida boʻlib oʻtadi[27]. Musobaqa boshlanishidan 8 kun oldin, yaʼni 6-fevral kuni Buyuk Britaniya qiroli Geroge VI vafot etadi, taxtga esa uning qizi Elizabeth II oʻtiradi[28]. Qishki Olimpiada oʻyinlarini ochib berishi kerak boʻlgan Norvegiya Qiroli Haakon VII Buyuk Britaniya qiroli dafn marosimida ishtirok etish uchun Londonga joʻnaydi, uning oʻrniga esa malika Ragnhild ushbu musobaqani ochib berishni oʻz zimmasiga oladi[29]. Olimpiada tarixida musobaqalar ilk bor ayol kishi tomonidan ochib beriladi[30]. Ishtirokchi mamlakatlar anʼanaga koʻra birin-ketin stadionga kirib kelishadi. Birinchi boʻlib Gretsiya, ularning ortidan esa norveg alifbosi tartibida qolgan ishtirokchi davlatlar, eng soʻngida esa mezbon davlat stadion boʻylab aylanishadi[31]. Tantanali ochilish marosimida Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya jamoalari oʻzlarining monarxlari – qirol George VI xotirasiga bagʻishlab qoʻllariga qora tasma taqqqan holda chiqib kelishadi[32]. Mamlakatlar paradidan soʻng stadionda Olimpiya mash’alasi yoqiladi[27]. 13-fevral kuni Qishki Olimpiya oʻyinlarining ilk mash’alasi estafetasi changʻi sportining eng mashhur namoyondalaridan hisoblangan Sondre Norheim tavallud topgan Morgedalning uyi oʻchogʻida yoqiladi[30]. Mash’ala estafetasi ikki kun davom etadi va unda ishtirok etuvchi barcha sportchilar mash’alani changʻida uchgan holda koʻtarib borishadi[30][31]. Ochilish marosimida esa Eigil Nansen eng soʻnggi boʻlib Olimpiya mash’alasini qabul qilib oladi va changʻi zinapoyasiga chiqqan holda, changʻilarini yechib, yuqoriga koʻtariladi va alangani yoqadi[33].

Bobsley va togʻ changʻisi sport turlari boʻyicha musobaqalar ochilish marosimidan bir kun avval oʻtkazila boshlanadi[34]. Shu sababli ushbu musobaqa ishtirokchilari Oslodagi bayram tantanalarida qatnasha olmaydilar. Natijada bobsley boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladigan Frognerseteren qishlogʻida va togʻ changʻisi musobaqalari oʻtkaziluvchi Norefjell togʻ tizmalarida ushbu sport turlari uchun maxsus kichikroq ochilish marosimlari boʻlib oʻtadi[35].

Bobsley[tahrir | manbasini tahrirlash]

metallic sled with the word Deutschland 1 emblazoned on the front
Germaniyalik oltin medal sohiblarining toʻrt kishilik bobsleyi

Olimpiada oʻyinlaridagi 16 yillik tanaffusdan soʻng, Germaniya terma jamoasi aʼzolari ikki va toʻrt kishilik bobsley musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritishadi[36]. Ushbu sport turi boʻyicha oʻtkazilgan 2 yoʻnalishdagi musobaqalarda ham bir xil natija qayd etilib, AQSh va Shveysariya mos ravishda kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishadi[36]. Shveysariyalik Fritz Feierabend ikki va toʻrt kishilik bobsley bahslarida ishtirok etadi. Ushbu sportchi 16 yil davomida 3 ta Olimpiadada ishtirok etgan. 1952-yilgi Qishki Olimpiada musobaqalarida Fritz Feierabend 2 ta bronza medallariga ega chiqib, umumiy hisobda oʻzining Olimpiadadagi toʻrtinchi va beshinchi meddalarini qoʻlga kiritadi[37]. Musobaqa mobaynida bobsley sportchilari uchun hech qanday cheklovlar yoʻq edi, toʻrt kishilik yoʻnalishda ishtirok etuvchi Germaniya jamoasining har bir aʼzosi uchun oʻrtacha vazn 117 kg (258 lb)ni tashkil etgan, bu esa 1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining boks boʻyicha chempioni vazniga teng vazn hisoblangan[36]. Yuqori vaznli sportchilarning oʻz jamoalariga olib kelgan qoʻshimcha ustunliklaridan kelib chiqqan holda Xalqaro Bobsley va skeleton federasiyasi boʻlajak Olimpiya oʻyinlari uchun vazn chegarasini oʻrnatadi[38].

Konkida yugurish sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yilgi Qishki OLimpiada oʻyinlarining uchta oltin medali sovrindori Hjalmar Andersen (2010-yil)

Qishki Olimpiada oʻyinlarida konkida yugurish sporti boʻyicha barcha musobaqalar „Bislett“ stadionida boʻlib oʻtadi[39]. Amerikaliklar Ken Henry va Don McDermott 500 metrga yugurish bahslarida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallaydilar, norvegiyalik yuk mashinasi haydovchisi Hjalmar Andersen esa 1 500, 5 000 va 10 000 metrga yugurish musobaqalarida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritadi[39][40]. Uning gʻalabasi Olimpiya tarixidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi[41]. Gollandiyalik Wim van der Voort 1 500 metrga yugurish bahslarida ikkinchi oʻrinni, uning vatandoshi Kees Broekman esa 5 000 va 10 000 metrga yugurish oʻyinlarida Andersendan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, niderlandiyalik ilk OLimpiya oʻyinlari sovrindoriga aylanadi[39]. Vengriyada tavallud topgan konkida yugurish sportining mashhur namoyondalaridan, sobiq jahon chempioni Kornél Pajor Olim Olimpiya oʻyinlarida ishtirok eta olmaydii. Sportchi 1949-yilda Osloda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ikkita yoʻnalish boʻyicha uzoq masofaga konkida yugurish bahslarida poygada gʻolib chiqqan, biroq keyinchalik u Shvetsiyaga qochib ketgan[39]. 1952-yilgi Qishki Olimpiada musobaqalarida ishtirok etish uchun esa oʻz vaqtida Shvetsiya fuqaroligini olomaydi[39].

Togʻ changʻi sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stein Eriksen togʻ changʻisi boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida

Olimpiada dasturida togʻ changʻisi sporti boʻyicha 3 ta: slalom, ulkan slalom va tezlik bilan tushish yoʻnalishlarida musobaqalar boʻlib oʻtadi. Erkaklar ham, ayollar ham Norefjell va Rødkleiva shaharlarida boʻlib oʻtgan ushbu uchta yoʻnalish musobaqalarida ishtirok etishadi[42]. Ulkan slalom yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar ilk marotaba aynan 1952-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari jadvaliga kiritilgan[43]. Musobaqada avstriyalik changʻichilar boshqa sportchilarga qaraganda ustunlikni qoʻlga olishadi va Olimpiadaning toʻg changʻisi sporti boʻyicha oʻynaladigan 18 ta medallar shodasidan 7 tasini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishadi. Shu jumladan, slalom va tezlik bilan tushish boʻyicha erkaklar oʻrtasida Othmar Shneider oltin va kumush medallar sohibiga aylanadi. Norvegiyalik changʻichi Stein Eriksen esa erkaklar oʻrtasida ulkan slalom bahslarida oltin, slalom yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritadi[42]. Gretsiyalik slalomchi Antoin Miliordos changʻi uchish davomida 18 marotaba yiqiladi va marra chizigʻini kesib oʻta olmaydi[44][45][46]. Amerikalik changʻichi Andrea Mead Lawrence ulkan slalom va slalomda gʻalaba qozongan holda 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining ikki karra oltin medal sohibiga aylangan yagona sportchi, shuningdek, togʻ changʻisi boʻyicha ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk amerikalik changʻichiga aylanadi[47].

Changʻi poygasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Changʻi sporti boʻyicha barcha musobaqalar Holmenkollbakken tepaligida oʻtkaziladi. 1948-yilda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlarida boʻlgani kabi 1952-yilgi oʻyinlarda ham erkaklar oʻrtasida 3 ta: 18 km, 50 km va estafeta yoʻnalishlarida musobaqalar oʻtkaziladi[48]. Aynan shu yilgi oʻyinlar dasturiga Olimpiada tarixida ilk marotaba ayollar oʻrtasida 10 kmlik poyga bahslari kiritiladi[49]. Ushbu sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarning barcha medallari Shimol mamlakatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan qoʻlga kiritiladi, musobaqaning jami 12 ta medallaridan 8 tasi Finlandiya changʻichilariga nasib qiladi[48]. Finlandiya lik Lydia Wideman changʻi sporti boʻyicha Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan ilk ayol sportchiga aylanadi. Sportchining jamoadoshlari Mirja Hietamies va Siiri Rantanen mos ravishda kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritadi. Veikko Hakulinen 50 kilometrga oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasidagi bahslarda gʻalaba qozonib, oʻzining Olimpiadadagi ilk oltin medalini qoʻlga kiritadi. Sportchi 7 karra Olimpiada sovrindori, jumladan, 3 karra Olimpiada chempioni hisoblanadi[49]. Hallgeir Brenden 18 kilometrlik poygalarda gʻolib chiqadi, shuningdek, Norvegiyaga jamoasining 4×10 kilometrlik estafeta bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritishiga yordam beradi. Bundan tashqari Brenden 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining erkaklar oʻrtasidagi 15 kilometrlik bahslarda ham oltin, 1960-yilgi estafeta musobaqasida esa kumush medalni qoʻlga kiritadi[50].

Biatlon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biatlon boʻyicha musobaqalar changʻi sporti va changʻida sakrash maydonchalarida boʻlib oʻtadi. Changʻida sakrash bahslarida raqobatchilar Holmenkollbakken tepaligidan uch marotaba sakrashni amalga oshiradilar. 18 kilometrga oʻtkaziladigan poygalar esa musobaqaning keyingi kuni boʻlib oʻtadi[51]. Norvegiyalik sportchilar Simon Slåttvik va Sverre Stenersen mos ravishda oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritishadi[52]. Stenersen, shuningdek, xuddi shu yoʻnalish boʻyicha 1956-yilgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[53]. Finlandiyalik Heikki Hasu esa kumush medalni qoʻlga kiritgan holda Norvegiya sportchilarining har uchala medallarini qoʻlga kiritishiga toʻsqinlik qiladi[52].

Changʻida sakrash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Holmenkollbakken tepaligida oʻtkaziladigan changʻidan sakrash musobaqalarini kuzatish uchun 100 000 dan ortiq olomon tashrif buyuradi[54]. 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida changʻida sakrash sporti boʻyicha faqatgina 1 ta yoʻnalishda musobaqalar boʻlib oʻtadi (24-fevral)[55]. Ushbu sport boʻyicha musobaqalarni tomosha qilish uchun sport maydonchasiga Norvegiya Qiroli, shahzoda Harald V va malika Ragnxild ham tashrif buyuradi[54]. Norvegiyalik sportchilar Arnfinn Bergmann va Torbjørn Falkanger birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan holda oltin va kumush medallarga ega chiqishadi. Shvetsiyadan tashrif buyurgan sportchi Karl Holmström esa musoboqaning bronza medaliga sazovor boʻladi[56]. Norvegiyalik sportchilar 1924—1952-yillar oraligʻida oʻtkazilgan barcha qishki Olimpiada oʻyinlarida changʻidan sakrash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritadilar[57].

Figurali uchish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida figurali uchish boʻyicha jami uchta: erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslari, ayollar oʻrtasida yakkalik bahslari hamda aralash juftlik yoʻnalishlarida musobaqalar boʻlib oʻtadi. Tadbirlar „Bislett“ stadionidagi konkida uchish trassasida qurilgan maydonda oʻtkaziladi[58].

Erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida amerikalik Dick Button gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Avstriyalik sportchi Helmut Seibt kumush, amerikalik sportchi James Grogan esa bronza medaliga sazovor boʻladi[59]. Dick Button erkaklar oʻrtasidagi konkida figurali uchish bahslarida uch marta rittbergerni amalga oshirib, oʻyinlar davomida uch hatlab sakrashga erishgan birinchi figurali uchuvchiga aylanadi[60][61]. Ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida esa britaniyalik figurali uchish sportchisi Jeanette Altvegg oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kumush medal amerikalik Tenley Albrightga nasib qiladi, sportchi keyinchalik 1956-yilda Cortina d’Ampezzoda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[62]. Musobaqaning soʻnggi bronza medaliga fransiyalik Jacqueline du Bief ega chiqadi[63]. Germaniyalik juftlik Ria va Paul Falk musobaqaning aralash juftligida gʻolib chiqishsa[64], ikkinchi oʻrinni amerikalik ishtirokchilar Karol va Peter Kennedy[65], uchinchi oʻrinni vengriyalik aka-uka Marianna va László Nagy qoʻlga kiritadi[66].

Muz ustida xokkey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muz ustida xokkey boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan kanadalik sportchi Edmonton Mercurys jamoasi libosi

Muz ustida xokkey musobaqalarining aksariyati Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun qurilgan yangi Jordal Amfi xokkey stadionida boʻlib oʻtadi[67]. Bahslarda jami toʻqqizta jamoa ishtirok etib, ular orasida Kanada jamoasi oltin medalga ega chiqadi[68]. Kanadalik muz ustida xokkey terma jamoasi 1 ta Olimpiadadan tashqari 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga qadar oʻtkazilgan barcha musobaqalarda gʻalaba qozonib keladi, ammo 1956-yilda Sovet Ittifoqi jamoasi Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini Kanada jamoasidan tortib oladi[69]. 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining oltin medali sohiblari hisoblanmish Kanadaning Edmonton Mercurys jamoasiga Mercury avtomobil dileri egasi homiylik qiladi[69]. Musobaqaning soʻnggi kunida Kanada AQShga qarshi uchta oʻyin olib boradi va ularni magʻlub etgan holda musobaqaning oltin medalini, amerikaliklar esa mos ravishda kumush medalni qoʻlga kiritadi[70]. USOC (Amerika Qoʻshma Shtatlari Olimpiya Qoʻmitasi) 1952-yilgi Olimpiada oʻyinlari boʻyicha rasmiy hisobot beradi. Unda aytilishicha, Kanadaga qarshi oʻyin olib borayotgan AQSh terma jamoasi oʻyinning oxirgi daqiqalarida ruhan va jismonan charchagan holda boʻlishadi va uchinchi golni urgan holda oʻyinni tenglashtirishganidan soʻng kumush medalni qoʻldan boy bermaslik maqsadida asosiy eʼtiborni himoyaga qaratishga qaror qilishadi. Shuni taʼkidlash kerakki, oʻsha paytda Kanada terma jamoasi boshqa mamlakat vakillari uchun yengib boʻlmas jamoa hisoblanishgan[71]. Shvetsiya va Chexoslovakiya terma jamoalari esa Kanada va AQShdan keyin uchinchi oʻrinni egallashadi (Chexoslovakiya sportchilari shvedlarga qarshi kechgan oʻyinda ularni magʻlubiyatga uchratishadi, biroq oʻsha vaqtdagi qoidalarga koʻra, Chexoslovakiya terma jamoasi ochkolar boʻyicha Shvetsiya vakillari bilan bir xil natijani qayd etganligi sababli tay-brekda oʻynashlari kerak edi). Shvetsiya oʻsha oʻyinda gʻalaba qozonadi[68]. Chexlar shvedlarni davra bahslarida magʻlubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritishganiga ishonishgan va tay-brek oʻynash qarorini „kapitalistik mamlakatlarning fitnasi“ deb atashgan[70]. Kanada jamoasi esa 1952-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari tarixida musobaqa davomida qoʻpol oʻyini uchun tanqid qilingan jamoa hisoblanadi[72][68].

Koptokli xokkey[tahrir | manbasini tahrirlash]

XOQ tashkiliy qoʻmitaga 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun biatlon yoki kyorling musobaqalarni tashkillashtirishni taklif qiladi[73]. XOQ esa bu ikki sport oʻrniga oʻsha davrga qadar Qishki Olimpiada oʻyinlariga kiritilmagan koptokli xokkey sportini tanlaydi[74]. Skandinaviya mamlakatlarida mashhur boʻlgan koptokli xokkey sporti oʻn bir kishidan iborat jamoalar tomonidan ochiq futbol maydoni kattaligidagi muz maydonchasida kichik toʻp va uzunligi 1.2 m (3.9 ft) tayoq yordamida oʻynaladi[75]. Ushbu sport turi koʻrgazmali sport turlaridan boʻlgani uchun oʻyinchilar musobaqa yakunida medallar bilan taqdirlanishmagan. Ushbu sport bahslarida uchta davlat Finlandiya , Norvegiya va Shvetsiyadan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etadi[76]. Uch jamoaning har biri bittadan oʻyinda gʻalaba qozonadi va bittadan oʻyinda magʻlubiyatga uchrashadi. Urilgan gollar soni boʻyicha musobaqada Shvetsiya gʻolib chiqadi, ikkinchi oʻrinni Norvegiya, uchinchi oʻrinni esa Finlandiya terma jamoasi aʼzolari qoʻlga kiritadi. Koptokli xokkey oʻyinlarining ikkitasi „Dæhlenenga“ stadionida, bittasi „Bislett“ stadionida boʻlib oʻtadi[77].

Yopilish marosimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

White flag hanging from the ceiling with the five interlocking rings symbolic of the Olympic Games. The rings are each a different color with blue, yellow, black, green, and red.
Oslo bayrogʻi

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining yopilish marosimlari avvalgi Qishki oʻyinlarnikidan farqli oʻlaroq, toʻgʻridan-toʻgʻri yakuniy musobaqalardan keyin oʻtkazilmaydi. Yopilish marosimlari 25-fevral dushanba kuni kechqurun „Bislett“ stadionida boʻlib oʻtadi[78]. Ishtirokchilar oʻz mamlakat bayroqlari ostida yopilish marosimida ham xuddi ochilish marosimidagi tartibda stadionga kirib kelishadi. Oʻsha kuni kechqurun ayollar oʻrtasida changʻi poygasi, erkaklar oʻrtasida estafeta bahslari, changʻida sakrash musobaqasi va xokkey oʻyinlari boʻyicha taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtadi[78].

1920-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining yopilish marosimidan boshlab ishlatilina boshlagan „Olimpiya ramzlari“ mezbon shahardan keyingi Olimpiada musobaqalarini qabul qilib oluvchi keyingi mamlakatga topshirilib kelinadi[79]. Oslo shahri Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun ham xuddi shunday anʼanani oʻrnatish uchun Olimpiya bayrogʻini stadionga olib chiqishadi. Oslo meri Brynjulf Bull bayroqni XOQ prezidenti Sigfrid Edströmga topshiradi va bayroq kelgusi Qishki oʻyinlar uchun Oslodan keyingi mezbon shaharga oʻtishi kerakligini eʼlon qiladi. „Oslo bayrogʻi“ nomi bilan mashhur boʻlgan ushbu bayroq oʻshandan beri vitrinada saqlanib kelinadi va har bir Qishki Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilinadigan mezbon davlatga olib kelinadi[80].

Bayroq topshirish marosimidan soʻng Olimpiya mash’alasi oʻchirilib, konkida uchish boʻyicha maxsus poyga tashkillashtiriladi va figurali uchish boʻyicha ishtirokchilar koʻrgazmasi namoyish etiladi. Shundan keyin esa 40 ta milliy libos kiygan bolalar muz raqsini ijro etishadi[81]. Ochilish marosimining yakuniy qismida 1952-yilgi Olimpiya oʻyinlarining tugashi munosabati bilan chiroqlar oʻchirilib, 20 daqiqalik mushakbozlik boʻlib oʻtadi[81].

Sport inshootlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Holmenkollbakken tepaligi

29 000 oʻrindiqli „Bislett“ stadioni Olimpiadaning markaziy oʻyingohiga aylanadi. Ushbu stadionda konkida uchish va figurali uchish musobaqalari boʻlib oʻtadi. Stadion 400 metrli konkida uchish oʻyinlari uchun yetarli darajada kattalikdagi maydon edi[82]. „Bislett“ stadioni ochiq maydon boʻlganligi sababli tashkiliy qoʻmita yomon ob-havo sharoitida musobaqalarni yopiq hududda oʻtkazish uchun Tryvann va Hamar stadionlarini tanlaydi[83]. Keyinchalik Hamar stadioni 1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida konkida uchish boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladigan maydonga aylantiriladi[84].

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ilk marotaba sunʼiy muzda xokkey musobaqalari boʻlib oʻtadi[85]. Osloning sharqiy qismida joylashgan Jordal Amfi turar-joy hududida xokkey musobaqasi uchun yangi stadion ham qurilgan boʻlib, maydon tribunalari 10 000 nafar tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira olgan[86]. Xokkey boʻyicha oʻtkazilgan jami 36 ta oʻyindan 23 tasi Jordal Amfida, qolgan oʻyinlar esa Kadettangen, Dælenenga idrettspark, Lillestrøm va Marienlyst stadionlarida oʻtkaziladi[87].

Changʻi poygalari va changʻida sakrash musobaqalari Oslo markazidan taxminan 8 km (5 mi) uzoqlikda joylashgan Holmenkollbakken tepaligida boʻlib oʻtadi[88]. Oʻyinlarni tomosha qiluvchi tomoshabinlar soni yoʻl harakati bilan bogʻliq xavotirlarni keltirib chiqargani sababli tepalikka olib boruvchi yangi yoʻl quriladi, shuningdek, mavjud koʻchalar kengaytiriladi[89]. Holmenkollbakken 1892-yilda qurilgan boʻlib, xalqaro standartlarga javob berish uchun bir qator rekosntruksiya ishlari olib borilishi kerak edi. Shu sababli ushbu hududda 13 000 kishiga moʻljallangan yangi tribunalar, shuningdek, tepalik etagiga 130 000 tomoshabinni sigʻdira oladigan maydon qurib bitkaziladi[90].

Tepalik atrofidagi togʻlar va boshqa yerlar changʻi musobaqasi uchun raqobatbardosh talablarga javob bera olar edi. Tomoshabinlarga raqobatchilarning musobaqadagi ishtiroklarini kuzatishga yordam berish maqsadida maydonning start va marra chizigʻida maxsus eʼlonlar taxtasi oʻrnatiladi[91]. Changʻi poygasi va biatlon musobaqalari changʻida sakrash tepaligida boshlanib, aynan shu yerda yakunlanadi. Changʻi poygalarida boshlanishi bilan undan oldin oʻtkazilgan changʻida sakrash bahslarida foydalanilgan sport toʻsiqlarini olib tashlash kerak edi. Tomoshabinlar poygalarni nisbatan kichik maydondan kuzatish imkoniyatiga ega boʻlishsa-da, ularga poyga davomida sportchilarni qoʻllab-quvvatlashlari uchun ruxsat beriladi[92].

Togʻ changʻisi musobaqalari Norefjell va Rødkleiva togʻ tizmalari oʻrtasida boʻlinib ketadi. Slalom yoʻnalishi boʻyicha bahslar esa Rødkleiva tizmalarida boʻlib oʻtadi. Sportchilar balandligi 200 m (660 ft), uzunligi 480 m (1,570 ft) boʻlgan togʻ tizmalari boʻylab poygalarda ishtirok etadilar[93]. Sportchilar poygalarning start nuqasiga yetib kelishlari uchun arqonli tirgak qurilishi kerak edi. 1952-yilda ilk bor Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan ulkan slalom poygalari Oslodan 113 km (70 mi) uzoqlikda joylashgan Norefjell togʻ tizmalarida boʻlib oʻtadi[94]. Hududni Olimpiya musobaqalariga moslashtirish uchun bir qancha ishlar olib borilishi rejalashtirilgan boʻlib, transportlar tirbandligini kamaytirish uchun Krøderen koʻli ustida yangi koʻprik, shuningdek, yangi mehmonxona, ikkita changʻi lifti va yangi yoʻl ham quriladi[93].

Norvegiyada 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga qadar doimiy bobsley bahslari oʻtkazilinmas edi[95]. Buning oʻrniga tashkilotchilar ushbu sport turi boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish uchun vaqtincha foydalaniladigan qorli va muzli yoʻl qurishadi[96]. Bunday vaqtinchalik foydalanish mumkin boʻlgan yoʻlaklar Korketrekkeren tepaligida qurilgan deb notoʻgʻri taxmin qilinadi[97].

Ishtirokchi davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida jami 30 ta davlatdan sportchilar tashrif buyuradi, bu koʻrsatkich oʻsha yilga qadar Olimpiya tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich edi[98]. Yangi Zelandiya va Portugaliya aynan shu yili birinchi marta Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishadi. Avstraliya, Germaniya va Yaponiya davlatlari esa 16 yillik tanaffusdan keyin yana qayta Olimpiadadagi ishtiroklarini boshlashadi. Janubiy Koreya, Lixtenshteyn va Turkiya 1948-yilgi Qishki oʻyinlarda ishtirok etishgan, biroq 1952-yilgi oʻyinlarda qatnasha olishmagan.

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi Milliy olimpiya qoʻmitalari

Milliy olimpiya qoʻmitalari tomonidan tashrif buyurgan sportchilar soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalendar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining rasmiy ochilish marosimlari 15-fevral kuni boʻlib oʻtadi, ammo musobaqa jadvaliga muvofiq 14- fevralda ham ikkita kichikroq marosim oʻtkaziladi [99], shuningdek, 15-fevraldan 25-fevral, yaʼni yopilish marosimiga qadar har kuni kamida bitta sport turi boʻyicha final uchrashuvlari oʻtkaziladi[100].

 OM  Ochilish marosimlari  ●  Sport musobaqalari  1  Final uchrashuvlari  YM  Yopilish marosimlari
February 14

Pay

15

Ju

16

Shan

17

Yak

18

Du

19

Se

20

Chor

21

Pay

22

Ju

23

Shan

24

Yak

25

Du

Musobaqalar
Marosimlar OM YM
Bobsley ●  1 ●  1 2
Muz ustida xokkey ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  1 1
Figurali uchish ●  ●  ●  1 1 1 3
Konkida yugurish 1 1 1 1 4
Togʻ changʻi sporti 1 1 1 1 1 1 6
Changʻi sporti 1 1 2 4
Nordic biatlon ●  1 1
Changʻida sakrash 1 1
Koʻrgazmali sport
Koptokli xokkey ●  ●  1 1
Kunlik musobaqa medallari 1 2 2 3 2 2 3 1 2 2 1 1 22
Jami 1 3 5 7 10 12 15 16 18 20 21 22
Fevral 14

Pay

15

Ju

16

Shan

17

Yak

18

Du

19

Se

20

Chor

21

Pay

22

Ju

23

Shan

24

Yak

25

Du

Jami musobaqalar

Medallar soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medallar soni boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan davlatlar keltirilgan[85]:  *   Host nation (Norvegiya)

RankNationGoldSilverBronzeTotal
1 Norvegiya*73616
2 AQSh46111
3 Finland3429
4 Germaniya3227
5 Austria2428
6 Canada1012
 Italiya1012
8 Buyuk Britaniya1001
9 Netherlands0303
10 Shvetsiya0044
11 Shveysariya0022
12 Fransiya0011
 Vengriya0011
Totals (13 entries)22222367

Podiumga koʻtarilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Sport Musobaqa NOC Gold Silver Bronze
23-fevral Togʻ changʻi sporti Ayollar oʻrtasida 10 km  Finland Lydia Wideman Mirja Hietamies Siiri Rantanen

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oslo 1952“. International Olympic Committee. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  2. 2,0 2,1 Findling and Pelle (1996), p. 252
  3. „St. Moritz, 1948“. International Olympic Committee. 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  4. Klausen (1999), p. 28
  5. Klausen (1999), pp. 28–29
  6. Klausen (1999), p. 29
  7. 7,0 7,1 Findling and Pelle (1996), p. 252
  8. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 20
  9. „Oslo 1952“. International Olympic Committee. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  10. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 20
  11. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 21
  12. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 57
  13. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 23
  14. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 42–43
  15. Ringstad, J. (1995). "Telecommunications for the VI Olympic Winter Games, Oslo 1952". Telektronikk (Telenor) 91 (1): 71–77. ISSN 0085-7130. Archived from the original on 9 January 2014. https://web.archive.org/web/20140109222125/http://www.telenor.com/wp-content/uploads/2012/05/T95_1.pdf. Qaraldi: 9 January 2014. 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari]]
  16. „1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  17. Findling and Pelle (1996), p. 256
  18. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 29–30
  19. Tønnesson. „With Fascism on the Doorstep: The Nobel Institution in Norway, 1940–1945“. Nobelprize.org (2001-yil 21-avgust). 2011-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-iyun.
  20. Findling and Pelle (1996), p. 254
  21. Espy (1981), p. 32
  22. Hill (1992), p. 34
  23. Hill (1992), p. 35
  24. Findling and Pelle (1996), p. 254
  25. Findling and Pelle (1996), pp. 254–255
  26. Findling and Pelle (1996), p. 255
  27. 27,0 27,1 „1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  28. „1952: King George VI dies in his sleep“. BBC (1952-yil 6-fevral). 2010-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  29. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 175
  30. 30,0 30,1 30,2 „Oslo 1952“. International Olympic Committee. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  31. 31,0 31,1 Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 176
  32. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 178
  33. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 177
  34. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 172
  35. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 180
  36. 36,0 36,1 36,2 „Bobsleigh at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  37. „Fritz Feierabend“. International Olympic Committee. 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-sentyabr.
  38. Findling and Pelle (1996), pp. 255–256
  39. 39,0 39,1 39,2 39,3 39,4 „Speed Skating at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  40. „Speed Skating History“. National Speed Skating Museum. 2011-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  41. „Oslo 1952“. International Olympic Committee. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  42. 42,0 42,1 „Alpine Skiing at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  43. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 37
  44. Wallechinsky, David. The complete book of the Olympics. Viking Press, 1984 — 604 bet. ISBN 0-670-23403-6. 
  45. Connor, Floyd. Olympic's Most Wanted: The Top 10 Book of the Olympics' Gold Medal Gaffes, Improbable Triumphs, and Other Oddities. Brassey's, 2001 — 202 bet. ISBN 978-1-57488-413-5. 
  46. Bainbridge, Jim. „A Record Unlikely Ever to Be Broken“. The Gazette (2002-yil 5-fevral). 2002-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  47. „2002 Vermont Ski Museum Hall of Fame Induction“. Vermont Ski and Snowboard Museum. 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-mart.
  48. 48,0 48,1 „Cross Country Skiing at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  49. 49,0 49,1 Judd (2008), p. 27
  50. „Hallgeir Brenden“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-sentyabr.
  51. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 203
  52. 52,0 52,1 „Nordic Combined at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  53. „Sverre Stenersen“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  54. 54,0 54,1 Organising committee for VI Winter Olympic Games (1952), p. 207
  55. Organising committee for VI Winter Olympic Games (1952), p. 206
  56. „Ski Jumping at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  57. Judd (2008), p. 230
  58. „Figure Skating at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  59. „Figure Skating at the 1952 Oslo Winter Games-Men's Singles“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  60. „Oslo 1952-Overview“. ESPN. 2010-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  61. Judd (2008), p. 95
  62. „Dr. Tenley E. Albright“. National Library of Medicine. 2012-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-sentyabr.
  63. „Figure Skating at the 1952 Oslo Winter Games-Women's Singles“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  64. „Germany Figure Skating at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  65. „United States Figure Skating at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  66. „Hungary Figure Skating at the 1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  67. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 41
  68. 68,0 68,1 68,2 „Ice Hockey at the 1952 Oslo Winter Games“. Sport Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  69. 69,0 69,1 „1952 – Winter Olympics VI (Oslo, Norway)“. The Sports Network (TSN). 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  70. 70,0 70,1 „Jeux Olympiques d'Oslo 1952“. Passionhockey.com. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-may.
  71. {{{editor}}}: „United States 1952 Olympic Book, Quadrennial Report of the United States Olympic Committee“. United States Olympic Association (1953). 2019-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  72. Findling and Pelle (1996), p. 256
  73. Findling and Pelle (1996), p. 255
  74. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 215
  75. „What is Bandy“. American Bandy Association. 2013-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-yanvar.
  76. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 147
  77. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 216
  78. 78,0 78,1 Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 182–183
  79. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 187
  80. „The Olympic Flag and Emblem“. The Vancouver Organizing Committee for the 2010 Olympic and Paralympic Winter Games. 2012-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-sentyabr.
  81. 81,0 81,1 Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 184–185
  82. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 28
  83. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 31–32
  84. „Oslo 1952“. International Olympic Committee. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  85. 85,0 85,1 „1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  86. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 30–31
  87. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 31–32
  88. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 32
  89. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 34
  90. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 32–33
  91. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 35
  92. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 34
  93. 93,0 93,1 Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 35–37
  94. Ringstad, J. (1995). "Telecommunications for the VI Olympic Winter Games, Oslo 1952". Telektronikk (Telenor) 91 (1): 71–77. ISSN 0085-7130. Archived from the original on 9 January 2014. https://web.archive.org/web/20140109222125/http://www.telenor.com/wp-content/uploads/2012/05/T95_1.pdf. Qaraldi: 9 January 2014. 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari]]
  95. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 38
  96. Findling and Pelle (1996), p. 254
  97. „Bobsleighbanen“. Markadatabasen (1952). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  98. „1952 Oslo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  99. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 180–181
  100. Organising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 75

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found