Bobsley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bobsley (ing. bobsleigh) — sport turi; yaxlit metalldan yasalgan chanalarda tepalikdan maxsus muzlatilgan trassalar boʻylab uchish. Chanalarning oʻzi ham B. deb ataladi. Chanalar 2 va 4 oʻrinli boʻlib, faqat erkaklar musobaqalashadilar. 2 oʻrinli chananing uz. 2,7 m, ogʻirligi 165 kg, ekipajning vazni 200 kg dan oshmasligi kerak. 4 oʻrinli chanada bu koʻrsatkichlar tegishlicha 3,8 m, 230 kg, 400 kg dir.

B. sport turi sifatida 19-asrning oxirida Shveysariyada paydo boʻlgan. Xalqaro B. va toboggan federatsiyasi (FIBT; 1924-yil asos solingan)ga 32 mamlakataʼzo (1991). 1924-yildan kishki olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, shu yildan jahon chempionatlari oʻtkaziladi. AQSH, Shveysariya, Germaniya, Italiya sportchilari B.da eng koʻp muvaffaqiyatga erishganlar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil