Kortina-dʼampetsso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kortina-d’ampetsso - Italiya dagi shahar, Venetsiya viloyatida, Dolomitli Alp togʻlari oraligʻidagi vodiyda, 1200 m balandlikda, Boyte daryosining chap sohilida joylashgan. Tofane, Kristallo va boshqa qorli qoyalar qurshab turadi. Iqlimining qulayligi, manzarali landshafti uning xalqaro ahamiyatga ega iqlim qurorti boʻlib rivojlanishiga imkon yaratgan. Qishki va yozgi sport oʻyinlari markazi. 1956 yilda K.-d’A.da 7-qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Turizm markazlaridan: sport filmlari xalqaro festivali oʻtkaziladi. Mahalliy aholi hunarmandchilik bilan ham shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil