Changʻi sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Changʻi sportiqishki sport turi. Unga changʻi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash (poyga va sakrash), togʻ changʻi sporti va biatlon kiradi. Changʻi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767-yilda shu mamlakatda harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk musobaqa oʻtkazildi, 1843-yildan esa ommaviy musobakalar tashkil kilina boshladi. Keyinroq changʻi sporti Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910-yilda Xalqaro changʻi sporti komissiyasi tuziddi va changʻi sportining qoidalari tasdiklandi. Bu komissiya 1924-yilda Xalqaro Changʻi sporti federatsiyasi (FlS)ra aylantirildi. Hozirgi kunda bu federatsiyaga 100 dan ziyod davlat (Oʻzbekiston 1993-yildan) aʼzo (2004). Changʻi sporti 1924-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi, 1925&yildan (1937-yildan ikki yilda bir marta) jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillaridan boshlab Changʻi sportining, asosan, togʻ sporti turini rivojlantirishga kirishiddi. Respublikada 300 dan ziyod kishi Changʻi sporti bilan shugullanadi. 2 ta changʻi sportiga ixtisoslashgan sport maktabida 17 murabbiy 196 nafar bolalaroʻsmirlarga Changʻi sportidan saboq berishadi (2004). Aka-singil Komil va Elmira Oʻrinboyevalar, Vladimir Yunusov kabi yetakchi changʻichilar nufuzli musobaqalarning ishtirokchilaridir.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]