Kontent qismiga oʻtish

Konkida yugurish sporti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qishki Universiada 2017

Konkida yugurish sporti – sport turi; moʻz ustida konkida tez yugurish va figurali uchish. Yugurish masofalari: ayollar uchun – 500, 1000, 1500, 3000, 5000 m, erkaklar uchun – 500, 1000, 1500, 5000, 10000 m. 1924-yildan Qishki Olimpiada dasturiga kiritilgan; 1893-yildan erkaklar oʻrtasida, 1936-yildan ayollar oʻrtasida, 1972-yildan sprinter koʻpkurashi (500 va 1000 m) boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Konkida yuguruvchilar xalqaro uyushmasi – ISU (1892-yil asos solingan)ga 40 dan ortiq mamlakat aʼzo[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil