Togʻ changʻi sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Togʻ changʻi sporti - maxsus yoʻlakchalar boʻylab togʻdan tushish, changʻi sportinnnt tarkibiy qismi; unga slalom (changʻida sunʼiy yoki tabiiy toʻsiqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va koʻp kurash musobaqalari kiradi. Musobaqa qoidalarini 1marta angliyalik A. Lunn (20-a.ning 20-yillarida) kiritgan. 1musobaka 1923 y. Shveysariyada boʻlgan; 1930 yildan jahon birinchiligi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. 1936 yildan kishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy olgan. Oʻzbekistonda Togʻ changʻi sportis. musobaqalari, asosan, Boʻstonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida oʻtkaziladi. Togʻ changʻichilari har yili 2 marta (yezda va qishda) respublika birinchiligi va Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. "Qishki taʼtillar", "Chimyon sovrini" musobaqalari eng kuchli togʻ changʻichilarini toʻplaydi. Sport ustasi Gʻayrat Ermetov yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor boʻlgan. 2004 y.gi Oʻzbekiston chempioni Kseniya Grigoryeva ayollar oʻrtasida yetakchi togʻ changʻichisidir. Oʻzbekiston Togʻ changʻi sportis. uyushmasi (1998 y. tuzilgan) xalqaro Togʻ changʻi sporti s. federatsiyasi (FIS) ga qabul qilingan.