1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
I Olimpiada oʻyinlari

1896-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun rasmiy hisobot muqovasi
Mezbon shahar Afina, Gretsiya
Millatlar 14[note1]
Atletlar 241 (barchasi erkaklar)[note2]
Musobaqalar 9 ta sport boʻyicha 43 ta musobaqa
Ochilish 1896-yil 6-aprel
Yopilish 1896-yil 15-aprel
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Panathenaic
Parij →

1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (grekcha: Θερινοί Ολυμπιακοί Αγώνες 1896), rasmiy ravishda I Olimpiada oʻyinlari (grekcha: Αγώνες της 1ης Ολυμπιάδας), shuningdek, Afina 1896 (grekcha: Αθήνα 1896) nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari hisoblanadi. Fransuz aristokrati Pierre de Coubertin tomonidan tuzilgan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa 1896-yilning 6-aprelidan 15-apreliga qadar Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan[2].

Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 14 davlatdan (XOQ maʼlumotlariga koʻra, ushbu raqam turlicha talqin qilinishi mumkin) jami 241 nafar sportchi (ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida faqatgina erkak sportchilar ishtirok etishi mumkin boʻlgan; ushbu raqamlarning toʻgʻriligi borasida hanuzgacha bahs-munozaralar mavjud) ishtirok etgan[3][2]. Musobaqada ishtirok etgan sportchilarning barchasi yevropaliklar yoki Yevropada istiqomat qiluvchi boshqa qitʼa vakillari boʻlishgan (Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasi bundan mustasno). Olimpiadada ishtirokchilarining 65% dan ortigʻini yunonlar tashkil etgan. Musobaqa gʻoliblari oʻyin soʻngida kumush medal bilan, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medallar bilan taqdirlanishgan. Keyinchalik, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan ushbu qoidalarga oʻzgartirish kiritiladi va birinchi oʻrin sohiblari uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush hamda uchinchi oʻrin egalari uchun bronza medallari bilan taqdirlash joriy etiladi. Musobaqaga tashrif buyurgan jami 14 ta davlatdan 10 tasi birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari safidan joy egallaydi. Musobaqa soʻngida Amerika Qoʻshma Shtatlari umumiy hisobda 11 ta kumush medal bilan peshqadamlikka erishgan boʻlishsa, mezbon davlat vakillari umumiy hisobda 47 ta medal bilan musobaqaning eng koʻp medallarini qoʻlga kiritgan jamoa sifatida eʼtirof etiladi. Yunonlar uchun ilk Olimpiya oʻyinlaridagi eng asosiy oʻyin ularning hamyurtlari Spyridon Louis tomonidan marafon yugurishi gʻolibligining qoʻlga kiritilishi boʻladi. Shuningdek, Olimpiadaning eng muvaffaqiyatli ishtirokchisi nomiga nemis kurashchisi va gimnastikachisi Carl Schuhmann sazovor boʻlib, u musobaqaning jami toʻrtta yoʻnalishi boʻyicha gʻolib sportchiga aylanadi[4].

1896-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish masalasi 1894-yilning 23-iyunida Coubertin tomonidan Parijda tashkil etilgan kongressda bir ovozdan tasdiqlanadi, shuningdek, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi ham ilk bor mana shu kongress davomida tuziladi, chunki Gretsiyada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqa tarixdagi ilk Olimpiya oʻyinlari edi. Olimpiadaning asosiy oʻyinlar oʻtkaziladigan binosi sifatida „Panathenaic“ stadioni tanlanib, u yerda yengil atletika va kurash sport turlari boʻyicha bahslar boʻlib oʻtadi. Boshqa sport turlari, jumladan, velosport uchun Neo Phaliron Velodrome inshooti hamda qilichbozlik uchun Zappeion sport inshootlari tanlanadi. Musobaqaning ochilish marosimi 6-aprel kuni „Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtadi, unda ishtirok etayotgan sportchilarning aksariyati millatlar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda maydonga tushishadi. Tashkiliy qoʻmita prezidenti – valiahd shahzoda Constantinening nutqidan soʻng, uning otasi qirol George I Olimpiada oʻyinlarini rasman ochib beradi. Shundan keyin, toʻqqizta guruhga boʻlingan jami 150 nafar xor xonandalari shoir Kostis Palamas soʻzi va Spyridon Samaras musiqasi asosida yaratilgan Olimpiada madhiyasini ijro etishadi[5].

1896-yilgi Olimpiada oʻyinlari sport tarixida erishilgan eng katta muvaffaqiyatlardan biri sifatida baholanadi va unga qadar oʻtkazilgan barcha sport musobaqalari ichida eng nufuzlisi deya tan olinadi. „Panathenaic“ stadioni ushbu sport musobaqalarini tomosha qilish uchun oʻzida eng koʻp tomoshabinni jamlagan majmuaga aylanadi[6]. Oʻyinlardan soʻng, Coubertin va Xalqaro olimpiada qoʻmitasiga bir qancha taniqli shaxslar, jumladan, Gretsiya qiroli George I va baʼzi amerikalik sportchilar bundan keyingi barcha Olimpiada oʻyinlarining Afinada oʻtkazilishini soʻrab murojaat qilishadi. Biroq navbatdagi, yaʼni 1900-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining Parijda oʻtkazilishi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan allaqachon rejalashtirilgan edi. Oradan 108 yil oʻtgach, 1906-yilgi navbatdan tashqari Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan tashqari 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻyinlari yana qayta Gretsiyada boʻlib oʻtadi[7].

Musobaqaga asos solinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrda Yevropada kichik miqyosda oʻtkazilgan bir nechta sport festivallari ham oʻsha paytda qadimgi Olimpiya oʻyinlari nomi bilan atalgan. Jumladan, 1870-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun „Panathenaic“ stadioni qayta taʼmirlanadi va musobaqa tomoshasi uchun 30 000 kishi ushbu stadionga tashrif buyuradi[8]. Keyinchalik, Pierre de Coubertin va fransiyalik pedagog, tarixchi, doktor William Penny Brookes koʻp millatli va koʻp turli sport musobaqasini tashkil etish gʻoyasini eʼlon qiladi, biroq oʻyinlarda faqat yunon millatiga mansub erkak sportchilarning ishtirok etishigagina ruxsat beriladi[9][10]. 1890-yilda Coubertinning „La Revue Athletique“ jurnalida inglizlarning Shropshire grafligida joylashgan Much Wenlock shaharchasi haqidagi maqolasi chop etiladi. Aynan shu yerda 1850-yilning oktyabr oyida mahalliy shifokor William Penny Brookes Wenlock Olimpiya oʻyinlariga asos solgan edi, ushbu Olimpiada sport va dam olish festivali boʻlib, musobaqa kriket, futbol va halqani nishonga otish kabi yengil atletika va jamoaviy sport turlarini oʻz ichiga olgan edi[11]. Coubertin, shuningdek, 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini tashkil etishda 1859, 1870 va 1875-yillarda tadbirkor va xayriya ishlarini amalga oshiruvchi Evangelis Zappas tomonidan Olimpiya oʻyinlari nomi ostida tashkil etilgan oldingi yunon oʻyinlaridan ham ilhomlanadi[12]. 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlari Evangelis Zappas va uning amakivachchasi Konstantinos Zappasning[13][14][15] merosi hamda Gretsiya hukumati valiahd shahzodasi Constantinening iltimosi bilan „Panathenaic“ stadionining ikkinchi bor qayta taʼmirlanish ishlariga homiylik qilgan George Averoff[16] tomonidan moliyalashtiriladi. Gretsiya hukumati ham bundan qirq yil oldin taʼmirlash xarajatlari Evangelis Zappas tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan ushbu marmar stadionni qayta taʼmirlash ishlariga homiylik qiladi[17].

Baron de Coubertinning iltimosiga chuqur ehtirom bildiraman va unga hamda boshqa kongress aʼzolariga Olimpiada oʻyinlarining qayta tashkillashtirilishi uchun qilayotgan saʼy-harakatlari uchun oʼz minnatdorchiligimni bildiraman.

— Gretsiya qiroli George (21-iyun 1894-yil)[18]

1894-yil 18-iyunda Coubertin Fransiyaning Parij universitetida 11 mamlakat sport jamiyatlari vakillariga Yozgi Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliq rejalarini taqdim etish maqsadida kongress uyushtiradi. Uning ushbu musobaqani xalqaro miqyosda oʻtkazish taklifi kongress aʼzolari tomonidan qabul qilinganidan soʻng, dastlabki zamonaviy Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilish sanasi tanlanishi kerak edi. Coubertin musobaqaning 1900-yilda Parijda tashkillashtiriladigan universal koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkazilishini taklif qiladi. Biroq olti yillik kutish davri jamoatchilikning musobaqaga boʻlgan qiziqishini susaytirishi mumkinligidan xavotirlangan kongress aʼzolari ilk Olimpiya oʻyinlarining 1896-yilda oʻtkazilishini maʼqul deb topadilar. Musobaqa oʻtkazilish sanalari kelishib olinganidan soʻng, barcha kongress aʼzolari endilikda uning qayerda oʻtkazilishi borasidagi fikrlarga eʼtibor qaratadilar. Biroq ushbu kongress davomida ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarining qanday qilib Afina shahrida oʻtkazilishiga kelishilganligi hanuzgacha sir boʻlib qolmoqda. Oradan bir necha yillar oʻtib, Coubertin va Demetrius Vikelas kongressning rasmiy bayonnomalariga zid keladigan tanlov jarayoni haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashadilar. Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra, kongressning bir nechta aʼzolari Londonni ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun har taraflama munosib joy deb taklif berishadi, ammo Coubertin ushbu fikrga qarshilik bildiradi. Kongressda ishtirok etuvchi gretsiyalik vakil Vikelas bilan qisqacha suhbatdan soʻng, Coubertin Afinani musobaqa oʻtkazish uchun qulay joy deya taklif beradi. Shundan soʻng, Vikelas 23-iyun kuni musobaqa uchun koʻrsatilgan Afina shahri nomzodligini rasmiylashtiradi va Gretsiya bundan oldingi kichik festival koʻrinishidagi Olimpiya oʻyinlarining ham asl vatani boʻlganligi sababli kongress tomonidan ushbu qaror bir ovozdan maʼqullanadi. Shundan soʻng, Vikelas yangi tashkil etilgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasining (XOQ) birinchi prezidenti etib saylanadi[19].

Tashkiliy qoʻmita[tahrir | manbasini tahrirlash]

1896-yilgi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun maxsus chiqarilgan markalardan biri

Olimpiya oʻyinlarining Gretsiyaga qaytishi haqidagi xabar Gretsiya jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari va qirollik oilasi tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Coubertinning soʻzlariga koʻra, „Valiahd shahzoda Constantine Olimpiya oʻyinlarining Afinada ochilishini katta mamnuniyat ila qarshi oldi“. Coubertin „Qirol va valiahd shahzoda ushbu oʻyinlarni oʻtkazishda homiylik qilishlari“ga rozilik bildirishganini tasdiqlaydi. Keyinchalik, Constantine Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilishi uchun yanada qattiqroq harakat qila boshlaydi va 1896-yilgi tashkiliy qoʻmita raisligi faoliyatiga ishtiyoq bilan kirishadi[20].

Biroq mamlakat musobaqalarni oʻtkazish borasida turli moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va natijada, siyosiy notinchlik yuzaga keladi. Mamlakatning bosh vaziri lavozimida XIX asrning soʻnggi yillarida Charilaos Trikoupis va Theodoros Deligiannis tez-tez almashgan holda faoliyat yuritadi. Ushbu moliyaviy va siyosiy beqarorlik tufayli bosh vazir Trikoupis ham, bir qator milliy olimpiadalarni oʻtkazish ishlariga boshchilik qilgan Zappas Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Stephanos Dragumis ham Gretsiya ushbu musobaqani oʻtkaza olishiga shubha bilan qaray boshlaydi[21]. 1894-yil oxirida Stephfanos Skouloudis boshchiligidagi tashkiliy qoʻmita oʻyinlar narxi Coubertin tomonidan taxmin qilinganidan uch baravar yuqori boʻlishi haqidagi hisobotni taqdim etadi. Natijada, ular Olimpiya oʻyinlarini Gretsiyada oʻtkazib boʻlmaydi, degan xulosaga kelishadi va oʻzlarining isteʼfoga chiqishlarini bildirishadi. Oʻsha paytda Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishning umumiy qiymati 3,740,000 oltin drahmani tashkil etgan[22].

1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini muvaffaqiyatli oʻtkazishda Xalqaro olimpiada qoʻmitasining birinchi prezidenti Demetrius Vikelasning nomi qayd etiladi

Olimpiya oʻyinlarining qayta tiklanish istiqboli katta shubha ostida qolganligi sababli, Coubertin va Vikelas Olimpiya harakatini saqlab qolish uchun yangidan kompaniya tuzgan holda harakatga kirishadilar. Ularning saʼy-harakatlari natijasida 1895-yilning 7-yanvarida Vikelas Demetrius valiahd shahzoda Constantinening Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi raisi etib taʼyinlanganini eʼlon qiladi. Tashkiliy qoʻmita raisining musobaqa oldidagi eng birinchi mas’uliyati oʻyinlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mablagʻni toʻplashdan iborat edi. Shahzoda yunon xalqining vatanparvarligiga tayangan holda ularni kerakli mablagʻni toʻplash ishlarida yordamga chaqiradi[23]. Constantinening musobaqalarni oʻtkazish ishlarida koʻrsatayotgan shijoat va gʻayrati yunon jamoatchiligini toʻlqinlantirib yuboradi. Ushbu ommaviy saʼy-harakatlar natijasida 330 000 draxma mablagʻ yigʻib olinadi, shuningdek, maxsus pochta markalari toʻplamining sotilishidan 400 000 draxma, chipta sotuvidan 200 000 draxma toʻplanadi. Constantinening iltimosiga koʻra, tadbirkor George Averoff „Panathenaic“ stadionini qayta taʼmirlash ishlariga homiylik qilishga rozi boʻladi va ushbu loyihaga 920 000 drahma[16] xayriya qiladi[24]. Uning musobaqalarni oʻtkazishda koʻrsatgan xayriya ishlariga hurmat sifatida 1896-yilning 5-aprelida stadion tashqarisida Averoffning haykali qurilib, uning ochilish marosimi oʻtkaziladi. Ushbu haykal hozirgi kunga qadar stadion tashqarisida qad rostlab turmoqda[25].

Oʻsha paytda Olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlgan sportchilarning bir qismi taʼtil yoki mehnat faoliyati sababli aynan Afina shahrida boʻlishgan (masalan, britaniyalik sportchilarning ayrimlari Afinadagi Britaniya elchixonasida faoliyat koʻrsatishgan). Sportchilar uchun moʻljallangan Olimpiya qishlogʻi 1932-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga qadar mavjud boʻlmaganligi sababli musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar oʻzini turar-joy bilan taʼminlashga majbur boʻlishgan[26].

1894-yilda yangi XOQ tomonidan ovozga qoʻyilgan birinchi reglament Olimpiya oʻyinlarida faqat havaskor sportchilarning ishtirok etishiga ruxsat berishdan iborat edi[27]. Biroq qilichbozlik oʻyinlari bundan mustasno hisoblangan, boshqa turli sport turlari boʻyicha musobaqalar esa havaskorlar sporti qoidalariga muvofiq oʻtkazilgan[28]. Musobaqa qonun-qoidalari barcha sport turlari uchun umumiy boʻlmaganligi sababli Tashkiliy qoʻmita turli milliy sport assotsiatsiyalari orasidan kerakli sport qoidalarni tanlab olishlari va shu boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishlari kerak edi. Hakamlar hay’ati va oʻyin direktorlari nomi antik davrdagi kabi nomlar bilan atalgan (Ephor, Helanodic va Alitarc). Shahzoda George esa oʻyinlarning yakuniy xulosa chiqaruvchi hakami sifatida faoliyat koʻrsatadi. Coubertinning soʻzlariga koʻra: „shahzodaning musobaqalardagi hakamligi eforlarning oʻyinlar davomidagi qarorlariga kuch va obroʻ bergan“[29].

Ayol sportchilar 1896-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega emas edilar, chunki de Coubertin ularning musobaqalardagi ishtirokini „amaliy, qiziqarli, estetik zavq bagʻishlovchi va toʻgʻri emas“ deb hisoblaydi[30].

Sport inshootlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Panathenaic“ stadioni panoramasi

1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jami yettita sport inshootlaridan foydalanilgan. „Panathenaic“ stadioni ular ichida asosiy maydon boʻlgan, musobaqadagi toʻqqizta sport turidan toʻrttasiga mezbonlik qilgan Marafon shahrida marafon yugurishi va velopoyganing shosse yoʻnalishi boʻyicha yakkalik bahslari oʻtkazilgan. Zea koʻrfazida suzish, Zappeionda qilichbozlik, Kallitheada oʻq otish va Afina tennis klubida tennis musobaqalari boʻlib oʻtadi. Shuni qoʻshimcha qilish joizki, tennis sport turi 1896-yilgi Olimpiya oʻyinlar vaqtida yunonlar uchun notanish sport turi hisoblangan[31].

Zea koʻrfazi – Afina hududidagi dengiz porti va marina hisoblanib[32], undan musobaqa davomida suzish havzasi sifatida foydalanilgan, chunki oʻsha paytda Olimpiya oʻyinlari tashkilotchilari maxsus suzish maydoni qurilishi uchun pul sarflashdan qochishga harakat qilishgan[33].

1896-yilgi Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan sport maydonlarining toʻrttasidan 2004-yilgi oʻyinlarda ham musobaqalarni oʻtkazish joyi sifatida qayta foydalanilgan. Velodrom 1964-yilda futbol „Karaiskakis“ stadioniga aylantiriladi[34]. 2003-yilda ushbu inshoot 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarida futbol maydoni sifatida foydalanish uchun qayta taʼmirlanadi[35]. 2004-yilgi oʻyinlar davomida „Panathenaic“ stadioni kamondan otish boʻyicha musobaqalarga mezbonlik qilgan, shuningdek, ushbu inshoot yengil atletika marafonining marra chizigʻi boʻlib ham xizmat qilgan[36]. Marafon shahrining oʻzi 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari davomida ikkala marafon musobaqalarining ham boshlangʻich nuqtasi hisoblangan[37]. Zappeion 1998-yildan 1999-yilgacha 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasining (ATHOC) birinchi uyi boʻlib, ushbu oʻyinlar davomida asosiy aloqa markazi sifatida xizmat qilgan[37][38].

Bino Sport Sigʻimi Manba
Afina tennis klubi Tennis Roʻyxatga kiritilmagan [31]
Zea koʻrfazi Suzish Roʻyxatga kiritilmagan [39]
Kallithea Oʻq otish Roʻyxatga kiritilmagan [40]
Marafon (shahar) Yengil atletika (marafon), velosport (yakkalik shosse velopoygasi) Roʻyxatga kiritilmagan [41]
Neo Phaliron Velodrome Velosiped (trek) Roʻyxatga kiritilmagan [42]
„Panathenaic“ stadioni Yengil atletika, gimnastika, ogʻir atletika va kurash 80,000 [43]
Zappeion Qilichbozlik Roʻyxatga kiritilmagan [44]

Musobaqa kalendari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 OM  Ochilish marosimi  ●  Musobaqalar  1  Final uchrashuvlari  YM  Yopilish marosimi
1896-yil aprel 6

Du
7

Se
8

Chor
9

Pa
10

Ju
11

Sha
12

Yak
13

Du
14

Se
15

Chor
Musobaqalar
‡ Musobaqalar OM YM
Yengil atletika 2 4 1 5 12
Velosport Shosse 1 6
Trek 1 3 1
Qilichbozlik 2 1 3
Gimnastika 6 2 8
Oʻq otish ●  1 1 2 1 5
Suzish 4 4
Tennis ●  ●  ●  2 2
Ogʻir atletika 2 2
Kurash ●  1 1
Har kunlik final uchrashuvlari 2 8 1 9 8 12 2 1 0 0 43
Jami 2 10 11 20 28 40 42 43 43 43
1896-yil aprel 6

Du
7

Se
8


Chor

9

Pay
10

Ju
11

Shan
12

Yak
13

Du

14

Se
15

Chor
Umumiy oʻyinlar soni

Baron Pierre de Coubertin tomonidan ishlab chiqilgan ‡ Olimpiya halqalarining ramzi 1912-yilgacha mavjud boʻlmagan[45][46].

Eslatma: Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida gʻoliblar kumush medallar bilan, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medallar bilan taqdirlanishgan, biroq ushbu musobaqada 3-oʻrin uchun taqdirlash tizimi mavjud boʻlmagan[47].

Ochilish marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtgan birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimi

Pasxa bayrami nishonlanadigan 6-aprel sanasi dushanba kuni (oʻsha paytda Gretsiyada ishlatilgan Yulian taqvimi boʻyicha 25-mart) birinchi Olimpiada oʻyinlarining rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtadi[48]. „Panathenaic“ stadioni taxminan 80 000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdiradi, tashrif buyuruvchilar orasida, shuningdek, Gretsiya qiroli George I, rafiqasi Olga va oʻgʻillari ham bor edi. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning koʻpchiligi millatlar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda bir maydonda toʻplanishadi. Tashkiliy qoʻmita prezidenti – valiahd shahzoda Constantinening nutqidan soʻng, uning otasi qirol George I sport tarixidagi birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini rasman ochib beradi (yunon tilida)[49]:

„Afinada boʻlib oʻtadigan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlarini ochiq deb eʼlon qilaman. Yashasin millat. Yashasin yunon xalqi“.

Shundan soʻng, toʻqqizta guruhga boʻlingan 150 nafar xor xonandalari shoir Kostis Palamas soʻzi va Spyridon Samaras musiqasi asosida yaratilgan Olimpiya madhiyasini ijro etishadi. Keyinchalik, 1960-yilga qadar turli musiqiy kompozitsiyalar ochilish marosimlari fonida ijro etilgan boʻlsa-da, ayni shu yildan boshlab Samaras va Palamas kompozitsiyasi rasman Olimpiya madhiyasi etib belgilanadi (ushbu qaror XOQ sessiyasi tomonidan 1958-yilda qabul qilingan). Hozirgi kunda oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlari ochilish marosimlarining boshqa bir qancha elementlari keyinchalik amalga joriy etilgan, jumladan, 1928-yilda birinchi bor Olimpiya olovi yoqilgan boʻlsa, sportchilarning ilk qasamyodi 1920-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida, rasmiylarning birinchi qasamyodi esa 1972-yilgi Olimpiya oʻyinlarida qabul qilingan[49].

Musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1894-yilda Sorbonna Kongressi Afinada oʻtkaziladigan ushbu xalqaro musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlari roʻyxatini taqdim etadi. Dasturga kiritilgan sport musobaqalari toʻgʻrisidagi birinchi rasmiy eʼlonlardan futbol va kriket kabi sport turlari ham joy egallagan edi[50], ammo yakunda ushbu sport turlarining Olimpiya oʻyinlariga kiritilishi toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullanmaydi[51]. Musobaqa jadvalidan, shuningdek, akademik eshkak eshish va yelkanli kema sporti ham oʻrin olgan edi, ammo reja boʻyicha musobaqa oʻtkazish kunlariga kelib, ushbu sport turlari Olimpiada oʻyinlaridan maʼlum sabablarga koʻra, jumladan, yelkanli kema sporti uchun maxsus kemalarning yetishmasligi hamda akademik eshkak eshish musobaqalari oʻtkaziladigan kunlarda kuzatilgan yomon ob-havo:99–100, 109 tufayli bekor qilinadi[52]. Natijada, 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan jami 9 ta sport turi boʻyicha 10 ta yoʻnalish va 43 ta musobaqalar joy egallaydi[53][54]. Har bir sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar soni qavs ichida qayd etilgan.

  • Yengil atletika (12)
  • Velosport
    • Shosse (1)
    • Trek (5)
  • Qilichbozlik (3)
  • Gimnastika (8)
  • Oʻq otish (5)
  • Suzish (4)
  • Tennis (2)
  • Ogʻir atletika (2)
  • Kurash (1)

Yengil atletika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marafon yugurish bahslari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yagona gretsiyalik sportchi Spyridon Louis

Yengil atletika Olimpiada oʻyinlari davomida barcha sport turlari orasida xalqaro darajada eng yuqori nufuzga ega boʻlgan sport turi hisoblangan. Olimpiadaning eng eʼtiborga sazovor jihatlaridan biri xalqaro miqyosda ilk marotaba tashkillashtirilayotgan marafon yugurish musobaqalari edi. Musobaqadan oldin ommaga umuman tanish boʻlmagan oddiy suv tashuvchi Spyridon Louis Olimpiada gʻolibligini qoʻlga kiritib, yengil atletika boʻyicha gretsiyalik yagona chempion va mamlakatning milliy qahramoniga aylanadi. Shuningdek, yunon atletlari disk va yadro uloqtirish boʻyicha gʻoliblikka daʼvogar sportchilar qatorida boʻlishsa-da, musobaqada ishtirok etuvchi eng yaxshi yunon atletlari ikkala yoʻnalish boʻyicha ham amerikalik Robert Garrettdan ortda qolishadi[6].

Ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida yengil atletika boʻyicha bir nechta eng yaxshi xalqaro toifadagi sportchilar bellashuv olib borishgan boʻlishsa ham, oʻyin davomida hech qanday jahon rekordi oʻrnatilmaydi, chunki yugurish yoʻlagining aylanma qismi juda qattiq boʻlib, musobaqalarda yuqori vaqt koʻrsatkichini qayd etish deyarli imkonsiz edi. Shunga qaramay, amerikalik Thomas Burke 100 metrga yugurish bahslarida 12,0 soniya, 400 metrga yugurish bahslarida esa 54,2 soniya natija koʻrsatgan holda musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritadi. Burke Olimpiadaning yugurish bahslarida „pastki start“ texnikasidan (bir oyoq tizasi koʻtarilgan, ikkinchi oyoq tizzasi yerga qoʻyiladigan holat) foydalangan yagona sportchi edi, musobaqalarda ushbu yangi texnikaning qoʻllanilishi hakamlar hay’atining chalkashuviga sabab boʻladi. Biroq keyinchalik, sportchiga yugurishni ushbu „noqulay pozitsiyadan“ boshlashga ruxsat beriladi[55].

Fransiyalik Léon Flameng (chapda) va Paull Masson velosportning toʻrtta yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritishadi
Leonidas Pyrgos qilichbozlikning rapira yoʻnalishida gʻalaba qozonib, Olimpiada oʻyinlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ilk gretsiyalik qilichbozga aylanadi
Gimnastika sport turi boʻyicha Germaniya chempionlari: Schuhmann, Flatow va Weingärtner

Chili davlati 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga tashrif buyurgan sportchi Luis Subercaseaux aslida ushbu mamlakat vakili boʻlganligini daʼvo qiladi. Ushbu daʼvo qondirilgan taqdirda, Chili ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan 14 davlatdan biriga aylanadi. Musobaqa davomida Subercaseaux Olimpiada medallarini qoʻlga kirita olmagan va u tomonidan qayd etilgan natijalar rasmiy hisobotlarda koʻrsatib oʻtilmagan, chunki ushbu hisobotlar, odatda, faqatgina gʻolib sportchilar tomonidan qayd etilgan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan[56]. Baʼzi manbalarga koʻra, sportchi 100 m, 400 m va 800 m masofalarga yugurish boʻyicha musobaqalarda qatnashish uchun maydonga tushgan, biroq u Olimpiadaning yugurish bahslaridagi ishtirokini boshlamagan[57]. Chili sud-tibbiyot politsiyasining yuzni tanib olish boʻyicha mutaxassislari tomonidan 100 m ga yugurish musobaqalarining 2-seriyasi bahslaridan olingan mashhur fotosuratlarni baholash natijasida Subercaseaux ushbu oʻyinlarda ishtirok etuvchi sportchilardan biri boʻlgan degan xulosaga kelinadi[58].

Marafon yugurish musobaqasi rasman boshlangan kunning ertasiga Stamata Revithi 40 km masofani 5 soat 30 daqiqada bosib oʻtadi va „Panathenaic“ stadioni tashqarisida joylashgan marra chizigʻiga yetib keladi[59]. Biroq ayrim musobaqa tashkilotchilari tomonidan marafonda ishtirok etgan „Melpomene“ va Revithi ismli sportchilar aynan bir shaxs deb topiladi va uning natijasini 4+12 soat etib qayd etiladi[60]. 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ayollarning ishtirok etishi taʼqiqlanganligi sababli sportchiga rasmiy poygalarda qatnashish huquqi berilmaydi[61].

Velosport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ollimpiadaning velosport musobaqalarida Xalqaro velosiped assotsiatsiyasi qoidalaridan foydalaniladi:46-47[48]. Velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha poygalar Neo Phaliron Velodrome inshootida boʻlib oʻtadi. Shosse poygalarida esa faqatgina bitta masofa boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtadi, unga koʻra velosportchilar Afina – Marafon – Afina yoʻnalishida (87 km) poygalarda ishtirok etadilar[62].

Trek musobaqalarida eng yaxshi velopoygachi fransiyalik Paul Masson boʻlib, u bir davrali alohida start, sprint va 10 000 m ga oʻtkazilgan poygalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. 100 km ga oʻtkazilgan bahslarda Masson poyga boshida oʻz vatandoshi Léon Flamengga rekord oʻrnatishga yordam berish uchun ishtirok etadi. Flameng poyga davomida velosipeddan yiqilishiga hamda gretsiyalik raqibi Georgios Kolettisning mexanik muammoni hal qilishini kutishiga qaramay, musobaqada gʻolib chiqadi. Avstriyalik Adolf Schmal faqatgina ikki nafar poygachi ishtirok etgan 12 soatlik trek poygalarida gʻoliblikka ega chiqqan boʻlsa, shosse poygasida Aristidis Konstantinidis musobaqa birinchiligini qoʻlga kiritadi[63].

Qilichbozlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qilichbozlik boʻyicha musobaqalar qadimgi Olimpiya oʻyinlarini qayta tiklash maqsadida Evangelis Zappas tomonidan xayriya qilingan mablagʻ evaziga qurilgan Zappeion sport inshootida boʻlib oʻtadi, oʻsha vaqtga qadar ushbu inshootda hech qanday sport oʻyinlari oʻtkazilmagan edi[64]. Boshqa sport turlaridan farqli oʻlaroq (Olimpiadada faqat havaskorlar ishtirok etishi mumkin edi), faqatgina qilichbozlik sport turi boʻyicha professional sportchilar musobaqalarda qatnashish huquqiga ega edilar. Musobaqada ishtirok etuvchi ushbu professional qilichboz ustalari ham boshqa havaskor oʻyinchilar singari jentlmen sportchilar hisoblanishgan[29].

Qilichbozlik dasturidan jami toʻrtta musobaqa oʻrin olgan edi, biroq nomaʼlum sabablarga koʻra shpaga bahslari bekor qilinadi. Finalda fransiyalik sportchi Eugène-Henri Gravelotte oʻz vatandoshi Henri Callotni magʻlub etgan holda musobaqa shohsupasiga koʻtariladi[64]. Qolgan ikki yoʻnalish, sablya va rapira boʻyicha yunon qilichbozlari musoboqa gʻoliblari safidan joy egallashadi. Oxirgi yoʻnalish – rapira bahslarida Leonidas Pyrgos zamonaviy tarixda oʻtkazilgan ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozongan birinchi gretsiyalik sportchiga aylanadi[65].

Gimnastika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gimnastika musobaqasi „Panathinaic“ stadionining ichki maydonida boʻlib oʻtadi. Germaniya terma jamoasi ushbu sport bahslariga 11 kishidan iborat terma jamoa bilan tashrif buyuradi va musobaqaning sakkizta yoʻnalishidan beshtasida, shu jumladan, ikkala jamoaviy bahslarda ham gʻalaba qozonadi. Umumjamoa sifatida turnikda mashq bajarish oʻyinlarida Germaniya terma jamoasi sportchilariga munosib raqib jamoa topilmaydi. Uch nafar nemis sportchilari: Hermann Weingärtner gorizontal barda mashq bajarish yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Alfred Flatow parallel bar yoʻnalishida barcha raqiblari ustidan gʻalabaga erishadi, shuningdek, kurash sport turi boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Carl Schuhmann gimnastikaning tayanib sakrash bahslarida ham mutlaq gʻoliblikka erishadi. Shveysariyalik gimnastikachi Louis Zutter yogʻoch otda bajariladigan mashqlar boʻyicha, halqada mashq bajarish va arqonga tirmashib chiqish bahslarida esa gretsiyalik Ioannis Mitropoulos va Nikolaos Andriakopoulos musobaqaning eng yuqori pogʻonasidan joy olishadi[66].

Yelkanli kema sporti va akademik eshkak eshish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etayotgan Germaniya jamoasi sportchilari

Yelkanli kema sporti poygalari 1896-yil 31-martida (Yulian taqvimi) ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan edi, biroq keyinchalik, bir qancha sabablarga koʻra ushbu sport turlari musobaqa dasturidan olib tashlanadi.

Bu haqida rasmiy ingliz hisobotida shunday deyiladi:[52]:99–100

Yelkanli kema sporti poygalari oʻtkazilmadi, chunki ushbu musobaqalar uchun maxsus qayiqlar bilan taʼminlanmadi.

Ushbu hodisa nemislar tomonidan quyidagicha talqin qilinadi:

Yelkanli kema poygalari bekor qilindi, chunki na maxsus sport qayiqlari bilan taʼminlandi va na xorijlik sportchilar ushbu musobaqa uchun roʻyxatdan oʻtishdi.

Akademik eshkak eshish boʻyicha poygalarni oʻtkazish yelkanli kema poygalaridan keyingi kunga, yaʼni 1896-yilning 1-apreliga rejalashtirilgan edi (Yulian taqvimi), ammo yomon ob-havo ushbu bahslarning ham bekor qilinishiga sabab boʻladi.

Rasmiy ingliz hisobotida aytilicha:[52]:109

Shuning uchun ham akademik eshkak eshish poygalari tushdan keyin soat uchga qoldiriladi. Biroq kunning ikkinchi yarmida ham boʻron tezligi kuchayib borardi, yengilroq qayiqlarning baʼzilarini shiddatli toʻlqinlar qirgʻoqqa suzib chiqaradi, ob-havoning yomonlashuvi shu qadar tezlik bilan davom etardiki, poygalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi har qanday fikrlardan voz kechishga majbur boʻlindi.

Nemis eshkakchisi Bertold Küttner keyinchalik 1896-yilgi Olimpiya oʻyinlari haqida bir nechta maqolalar yozadi, ushbu maqolalar 1936-yilda Berlindagi eshkak eshish klubi jurnalida chop etiladi, keyinchalik 2012-yilda "Journal of Olympic History" (Olimpiya tarixi jurnali)da qayta nashr etiladi. Sportchining soʻzlariga koʻra, u va sherigi Adolf Jäger ikki kishilik qayiqda poygalarda ishtirok etish uchun start chizigʻiga kelishadi. Shuningdek, Berthold Küttner oʻz maqolasida shunday yozadi: „Shamol ancha kuchayganligi sababli, ikki kishilik qayiq poygalari birinchi boʻlib boshlandi. Baliqchi qayigʻi yordamida biz oʻz qayigʻimizni start chizigʻiga olib keldik. Toʻlqinlar shiddati tufayli qayiqqa oʻtirish muammo edi. Garchi yunonlar ham, italiyaliklar ham oʻyinlarda ishtirok etish uchun ariza berishgan boʻlishsa-da, raqiblarimizdan hech kim suvga tushmadi. Ularni uzoq kutishdan hech qanday maʼno yoʻqligi sababli, boshlovchi bizga raqobatchilarsiz suzib ketaverishimizni aytdi“[67].

„Yigʻilganlarning koʻpchiligi egnimdagi libos uchun oʻzlarini ustimdan kulishdan toʻxtata olmas edilar, sud zaliga mehmonlarning rasmiy tashrif buyurishi va taqdimotdan soʻng, qoʻmita raisi – shahzoda George bizni musobaqa yoʻlagiga chiqqanimiz uchun maqtab, gʻolib tariqasida bronza medali bilan taqdirladi. Shuningdek, shahzoda sherigim Jäger Bundesbruder uchun beriladigan bronza medalini ham menga tutqazdi. Musobaqa gʻolib va sovrindorlariga beriladigan esdalik medali bizga boshqa sovrindorlardan oldinroq topshirilgan edi“[67].

Uning soʻzlariga koʻra, yakkalik hamda yelkanli kema poygalari ertasi kunga qoldiriladi, biroq keyinchalik, ob-havoning yomonlashuvi sababli ushbu bahslar bekor qilinadi. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi esa ushbu maʼlumotlarning hech birini tan olmaydi[67].

Oʻq otish sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kallithea poligonida oʻtkazilgan oʻq otish musobaqasida jami 5 ta: 2 ta yoʻnalishda miltiqdan va 3 ta yoʻnalishda toʻpponchadan oʻq otish bahslarida ishtirok etish mumkin edi. Birinchi musobaqa – harbiy miltiqdan oʻq otish oʻyinlarida barcha urinishlari bilan nishonni bexato ura olgan yagona sportchi Pantelis Karasevdas gʻalaba qozonadi. Harbiy toʻponchadan oʻq otish boʻyicha oʻtkazilgan ikkinchi musobaqalarda ikki amerikalik aka-ukalar John va Sumner Painelar ustunlikka erishishadi. Ular aynan bir musobaqada birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan birinchi aka-uka sportchilarga aylanishadi. Musobaqa mezbonlarini medalsiz noqulay ahvolda qolishlarining oldini olish maqsadida aka-ukalardan faqat bir nafari navbatdagi yoʻnalish – bepul avtomatdan oʻq otish bahslarida qatnashishga qaror qiladi. Sumner Paine ushbu yoʻnalish boʻyicha musobaqada gʻalaba qozonadi va shu tariqa ular bir sport turining ikki yoʻnalishi boʻyicha musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan ilk qarindosh sportchilarga aylanadi[68].

Aka-uka Painelar 25 m ga toʻpponchadan oʻq otish bahslarida ishtirok etmaydilar, chunki hakamlar ularning qurollari musobaqa mezonlariga mos kleuvchi kalibrli miltiq emasligini aniqlaydilar. Shunday qilib, aka-uka Painelarsiz kechgan bahslarda Ioannis Phrangoudis musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritadi. Yakuniy musobaqa, bepul avtomatdan oʻq otish bahslari ham xuddi shu kuni boshlanadi. Biroq qorongʻilik tufayli ushbu bahslarni oʻsha kunning oʻzida nihoyasiga yetkazishning iloji boʻlmaydi va oʻyinlar ertangi kunga qoldiriladi. Keyingi kun ertalab boʻlib oʻtgan bahslar esa Georgios Orphanidisning chempionlikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlanadi[68].

Suzish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suzish boʻyicha Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ilk chempioni Alfréd Hajós – har ikkala suzish va sinxron suzish bahslarida medallarni qoʻlga kiritgan dunyodagi 2 sportchilardan biri

Musobaqa tashkilotchilari suzish boʻyicha maxsus sport havzasining qurilishi uchun zarur mablagʻ sarflanishidan bosh tortganligi sababli ushbu bahslar ochiq dengizda oʻtkaziladi. 20 000 ga yaqin tomoshabin oʻyinlarni kuzatib borish maqsadida Pirey sohilidagi Zea koʻrfazida saf tortadi. Koʻrfaz suvi sovuq boʻlganligi sababli ishtirokchilar poyga davomida bunday noqulaylikdan aziyat chekishadi. Musobaqa dasturidan uchta ochiq tadbir oʻrin olgan edi (erkaklar oʻrtasida 100 m, 500 m va 1200 m ga erkin usulda suzish), bundan tashqari, faqat yunon dengizchilari uchungina ochiq boʻlgan maxsus musobaqa ham dasturga kiritilgan boʻlib, ularning barchasi bir kunda (11-aprel) boʻlib oʻtadi[63].

Vengriyalik sportchi Alfréd Hajós uchun bu faqat ikkita yoʻnalish boʻyicha musobaqada ishtirok etish mumkinligini anglatardi, chunki musobaqaning har uchala yoʻnalishi boʻyicha oʻyinlarning ketma-ket oʻtkazilishi sportchiga ularning barchasida ishtirok etishiga imkon bermasdi. Shunga qaramay, sportchi suzish boʻyicha ikkita yoʻnalish bahslarida, 100 va 1200 m ga erkin usulda suzish boʻyicha barcha raqiblarini dogʻda qoldiradi va gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Keyinchalik, Hajós 1924-yilda sinxron suzish boʻyicha ham musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritgach, Olimpiya tarixida har ikkala sport turi – suzish va sinxron suzish boʻyicha musobaqa medallarini qoʻlga kiritgan dunyodagi ikki olimpiadachilardan biriga aylanadi. 500 m ga erkin usulda suzish bahslarida avstriyalik suzuvchi Paul Neumann raqiblarini bir yarim daqiqadan koʻproq vaqtga ortda qoldirgan holda musobaqaning eng yuqori shohsupasidan joy egallaydi[69].

Tennis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tennis boʻyicha Olimpiadaning 2 ta oltin medali sohibi John Pius Boland

XIX asrning oxiriga kelib, tennis allaqachon jahonning eng yirik sport turlaridan biriga aylanib ulgurgan boʻlsa ham, Afinadagi Olimpiya oʻyinlariga dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan hech kim tashrif buyurmaydi. Oʻyinlar Afina tennis klubi kortlarida boʻlib oʻtadi, velodromning ichki maydoni esa velosport musobaqalari uchun ishlatiladi. Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritgan sportchi John Pius Boland musobaqa toʻgʻrisida Oxford universitetida birga tahsil oladigan kursdoshi, gretsiyalik Konstantinos Manosdan eshitadi. Afina Tennis Klubi kichik qoʻmitasi uning aʼzolaridan biri boʻlgan Manos va uning doʻsti Boland yordami bilan Oxforfd universiteti sportchilarini Olimpiya oʻyinlariga jalb qilishga harakat qilgan edi. Birinchi davrada Boland Gamburgdan tashrif buyurgan tennischilardan biri Friedrich Traunni magʻlubiyatga uchratadi, Traunn 100 m ga sprint yugurish bahslaridan chetlatilgan istiqbolli tennischilardan biri edi. Shundan soʻng, Boland va Traunn birgalikda Olimpiadaning juftlik bahslarida ishtirok etishga qaror qilishadi va musobaqaning finaliga qadar yetib kelishadi. Birinchi setni boy bergan ushbu juftlik yakunda yunon raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻlishadi va Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritishadi[70].

Ogʻir atletika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir qoʻlli ogʻir atletika musobaqasi gʻolibi Launceston Elliot grek tomoshabinlari orasida eng mashhur va chiroyli sportchi deb topiladi

Ogʻir atletika 1896-yilda hali endigina rivojlanib kelayotgan sport turlaridan boʻlganligi sababli oʻsha davrda ushbu sport qoidalari bugungi kunda qoʻllaniladiganlaridan farq qilgan. Musobaqalar ochiq havoda, asosiy stadionning ichki maydonida oʻtkaziladi va unda ishtirok etuvchilar uchun vazn chegarasi belgilanmaydi. Musobaqaning ilk oʻyinlari hozirda "siltab koʻtarish" deb nomlanuvchi yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi. Oʻyinlar davomida ikki raqobatchi boshqalarga qaraganda ajralib turadi, ular shotlandiyalik Launceston Elliot va daniyalik Viggo Jensen edi. Ularning har ikkalasi ham bir xil ogʻirlikdagi toshlarni koʻtarishadi, biroq hakamlar hay’ati qoʻmita raisi shahzoda George bilan birgalikda siltab koʻtarish mashqlarida Viggo Jensenni yaxshiroq degan qarorga kelishadi. Biroq tay-brek qoidalaridan bexabar Britaniya delegatsiyasi ushbu holatga norozilik bildiradi. Oxir-oqibat, sportchilarga yana bir bor urinishlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi, ammo hech bir atlet bundan oldingi natijasini yaxshilay olmagach, yakunda Viggo Jensen Olimpiya chempioni deya eʼlon qilinadi[71].

Ikki qoʻlda tosh koʻtarish bahslaridan keyin oʻtkazilgan bir qoʻlda mashqlarni bajarish musobaqasida Elliot oʻzining raqibidan ustunligini koʻrsatish maqsadida darhol oʻyinlarni boshlab yuboradi. Jensen bundan oldingi ikki qoʻlda mashq bajarish bahslarining soʻnggi urinishida yengil jarohat olgan edi va shu sababli ushbu bosqichda musobaqa gʻolibligini osongina qoʻlga kiritishga erishgan Elliotga teng kela olmaydi. Gretsiyalik tomoshabinlar Olimpiada chempioni – Shotlandiya vakil Elliotni barcha sportchilar ichida eng jozibali ogʻir atletikachi deb topishadi va uning bunday kelishgan qad-qomatidan hayratda qolishadi. Shuningdek, Olimpiadaning ogʻir atletika bahslari paytida qiziq bir voqea yuz beradi: navbatdagi sportchi oʻz urinishini amalga oshirishi uchun yordamchilardan biri maʼlum ogʻirlikdagi toshni shtangadan olib tashlashi kerak boʻladi, biroq ushbu vazifa yordamchi uchun qiyinchilik tugʻdiradi. Ayni shu damda shahzoda George unga yordamga keladi va toshni shtangadan yechgan holda uni kerakli masofaga olib borib qoʻyadi, ushbu holat esa maydonda yigʻilgan tomoshabinlarning xursandchiligiga sabab boʻladi[71].

Kurash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karl Schuhman (chapda) va Georgios Tsitas kurash musobaqasining final uchrashuvi oldidan qoʻl siqishmoqda

„Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtgan kurash musobaqasi doirasida oʻtkaziladigan bahslar uchun hech qanday vazn toifalari belgilanmagan edi, bu esa barcha vazn toifalari boʻyicha ishtirokchilar orasida faqatgina bir nafar gʻolib kurashchi aniqlanishi mumkinligini anglatardi. Garchi ushbu sport turi boʻyicha hech qanday vaqt chegarasi belgilanmagan boʻlsa-da, amaldagi qoidalar zamonaviy yunon-rum kurashiga oʻxshash edi, biroq unga koʻra sportchilarga raqib oyoqlarini ushlab turish taqiqlanmagan edi (hozirgi qoidalardan farqli oʻlaroq)[72].

Ikki gretsiyalik ishtirokchidan tashqari, barcha kurashchilar bundan oldin oʻtkazilgan boshqa sport turlari boʻyicha Olimpiya bahslarida faol ishtirok etishgan edi. Ogʻir atletika chempionligini qoʻlga kiritgan Launceston Elliot gimnastika boʻyicha chempion Carl Schuhmann bilan toʻqnash keladi. Ular oʻrtasida kechgan qizgʻin bahslarda Schuhmanning qoʻli baland keladi va u oʻz oʻyinlarini davom ettirish maqsadida final bahslariga yoʻl oladi. Finalda Schuhmann Stephanos Christopoulosni magʻlub etgan sportchi Georgios Tsitas bilan toʻqnash keladi. Kech tushib qolganligi tufayli qorongʻilik final oʻyinining 40-daqiqasidan soʻng toʻxtatilishiga sabab boʻladi va ushbu oʻyin ertasi kuni davom ettiriladi. Oʻyin natijalariga koʻra Olimpiada chempioni Schuhmannga final jangini tugatish uchun atigi oʻn besh daqiqa kerak boʻladi[73].

Yopilish marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir musobaqa gʻolibiga kumush medal topshirilgan. Hozirgi kunda musobaqa gʻolib va sovrindorlariga oltin, kumush va bronza medallarini topshirish qoidalari 1906-yilgi Olimpiya oʻyinlarigacha joriy etilmagan

12-aprel yakshanba kuni ertalab (yoki oʻsha paytda Gretsiyada qoʻllanilgan Yulian taqvimiga koʻra 31-mart) qirol George amaldorlar va sportchilar uchun maxsus ziyofat uyushtiradi (hatto baʼzi musobaqalar hali oʻtkazilmagan boʻlsa ham). Qirol oʻz nutqi davomida Olimpiya oʻyinlari Afinada doimiy ravishda oʻtkazilishi kerakligini aniq aytadi. Seshanba kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan rasmiy yopilish marosimi yomgʻir tufayli chorshanba kuniga qoldiriladi. Qirollik oilasi yopilish marosimida ham ishtirok etadi, marosim Gretsiya milliy madhiyasi hamda britaniyalik sportchi va olim George S. Robertson tomonidan qadimgi yunon tilida bastalangan qasida bilan ochib beriladi[48]:50.

Shundan soʻng, qirol gʻoliblarga musobaqaning esdalik sovgʻalarini topshiradi. Hozirgi Olimpiada oʻyinlaridan farqli oʻlaroq, birinchi oʻrin egalari kumush medal, zaytun novdasi va diplom, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medal, dafna novdasi hamda diplom bilan taqdirlanishadi[74][75]. Zamonaviy tarixdagi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrin egalarini taqdirlash marosimi mavjud boʻlmagan.

Musobaqaning baʼzi gʻolib sportchilari qoʻshimcha sovrinlarga ham ega boʻlishadi, jumladan, marafon musobaqalarini oʻtkazishda faol ishtirok etgan Coubertinning doʻsti Michel Bréal Spyridon Louisga musobaqaning maxsus kubogini topshiradi. Keyin esa Louis Olimpiya madhiyasi sadolari ostida barcha medal sohiblarini stadion atrofidagi shon-sharaf yoʻlagidan olib oʻtadi. Shundan soʻng, qirol George birinchi Olimpiada oʻyinlarining rasman yakunlanganini eʼlon qiladi va stadionga yigʻilgan tomoshabinlar olqishi hamda musiqiy jamoa ijro etgan Gretsiya milliy madhiyasi sadolari ostida stadionni tark etadi[76].

Yopilish marosimida saf tortgan faxriylar

Gretsiya qirolining fikriga qoʻshilgan holda koʻpchilik navbatdagi Olimpiya oʻyinlarining Afinada oʻtkazilish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, amerikalik musobaqachilarning aksariyati valiahd shahzodaga ushbu taklifni bildirib yoʻllangan xatga imzo chekadilar. Biroq Coubertin bu gʻoyaga keskin qarshi chiqadi, chunki u ushbu musobaqaning boshqa davlatlar bilan galma-gal oʻtkazilishini Olimpiya oʻyinlarining asosi sifatida baholaydi. Uning xohishiga koʻra, keyingi Olimpiada oʻyinlari Parijda boʻlib oʻtadigan Universal koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkazilishi kerak edi (garchi sport musobaqasi koʻrgazma soyasida qolib ketish xavfi mavjud boʻlsa ham)[77].

Ishtirokchi mamlakatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishtirokchi davlatlar
Har bir mamlakatdan kelgan sportchilar soni

Koʻplab manbalarda 1896-yilgi oʻyinlarda ishtirok etuvchi sportchilarning millati roʻyxatga olingan va medallar soni koʻrsatilgan boʻlsa-da, oradan 10 yil oʻtib tashkillashtirilgan favqulodda Yozgi Olimpiya oʻyinlariga qadar milliy jamoalar konsepsiyasi Olimpiya harakatining asosiy qismi emas edi. Olimpiada bahslarida qaysi davlatdan sportchilar ishtirok etganligi toʻgʻrisida kuchli ziddiyatlar mavjud. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi ishtirokchi davlatlar sonini 14 ta deb koʻrsatsa ham, ushbu mamlakatlar aynan qaysilar ekanligi haqida aniq maʼlumot bermaydi[3]. Quyida koʻrsatilgan 14 ta mamlakat katta ehtimol bilan XOQ tomonidan tan olingan. Olympedia bergan ishtirok etuvchi davlatlar roʻyxatida Chilidan tashqari 13 ta[78], boshqa manbalarda Chili va Bolgariyadan tashqari 12 ta, yana boshqa manbalarda esa mamlakatlar soni Chili va Bolgariya bilan birgalikda 13 ta deb beriladi, biroq ushbu roʻyxatdan Italiya olib tashlanadi. Buyuk Britaniyada uzoq yillar davomida istiqomat qilib, keyinchalik Iskandariyada yashagan grek millatiga mansub sportchi Dionysios Kasdaglisning ishtiroki tufayli ayrim manbalar keltirgan roʻyxatda Misr ham koʻrsatib oʻtiladi[79]. Dastlab ushbu mamlakatlar nomlari orasiga Belgiya va Rossiya ham oʻz sportchilari nomini kiritgan edi, biroq keyinchalik ushbu davlatlar ham zamonaviy tarixdagi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchilar roʻyxatidan olib tashlanadi.

Ishtirokchi davlatlar
  1.  Avstraliya (1) – 1901-yilgacha Avstraliya birlashgan davlat emas, balki Britaniyaning alohida boshqariladigan oltita koloniyalaridan edi, ammo Olimpiadada ishtirok etgan sportchi Edwin Flackning natijalari, odatda, avstraliyaliklar roʻyxatida beriladi[80][81].
  2.  Avstriya (3) Avstriya-Vengriya – Avstriya oʻsha paytda Avstriya-Vengriyaning bir qismi edi[82], biroq avstriyalik sportchilarning natijalari, odatda, Vengriyadan alohida qayd etiladi[83].
  3.  Bolgariya (1) – Bolgariya Olimpiya qoʻmitasi gimnastikachi Charles Champaudni bolgariyalik sportchi sifatida musobaqalarda qatnashganini daʼvo qilib keladi[84]. Champaud Bolgariyada istiqomat qiluvchi Shveysariya fuqarosi sanalgan. Mallon va de Wael Champaudni shveysariyalik sportchi sifatida koʻrsatsa[85], Olympedia uni shved millatiga mansub boʻlgan Bolgariya terma jamoasi aʼzosi sifatida qayd etadi[86].
  4.  Chili (1) – Chili Olimpiya qoʻmitasining taʼkidlashicha, yengil atletika dasturida 100 m, 400 m va 800 m ga yugurish bahslarida Luis Subercaseaux ismli sportchi ham ishtirok etgan[58][87][88][89][90]. Agar ushbu maʼlumot toʻgʻri boʻlsa, sportchi Olimpiya oʻyinlari vaqtida 13 yoshda boʻladi. Ushbu voqea bayoni boʻyicha qoʻshimcha tafsilotlar berilmagan, shuningdek, de Wael bergan koʻrsatmalarda ham, rasmiy hisobotlarda ham Subercaseaux bilan bogʻliq hech qanday rasmiy maʼlumotlar yoʻq. XOQ ning taʼkidlashicha, sportchi 100 m, 400 m va 800 m masofalarga yugurish musobaqalarida qatnashish uchun maydonga kiritilgan, ammo sportchi oʻz oʻyinlarini boshlamagan[57].
  5.  Daniya (3)[91]
  6.  Fransiya (12)[91]
  7.  Germaniya (19)[91]
  8.  Buyuk Britaniya (10) – Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya va Irlandiya)[91] har bir ishtirokchi davlat uchun alohida sport tashkilotlari nomi keltirilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Olimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya yagona davlat sifatida ishtirok etadi, ammo shartli ravishda ushbu davlat nomi „Birlashgan Qirollik“ emas, balki „Buyuk Britaniya“ deya keltiriladi[92].
  9.  Gretsiya (169) – Gretsiya, odatda, Kipr, Smirna va Misrdan kelgan ishtirokchilarning natijalarini oʻz ichiga oladi[93]. Garchi, koʻpchilik Kiprdan kelgan yagona grek millatiga mansub ishtirokchi Anastasios Andreuni kipr-yunon deb hisoblasa-da, baʼzi manbalar Kipr sportchilari qayd etgan natijalarni Gretsiyadan alohida keltirib oʻtadi (Kipr oʻsha paytda Birlashgan Qirollikning protektorati edi). Misrning Iskandariya shahrida istiqomat qilgan yunon sportchisi, oʻzining jamoadoshi gretsiyalik Demetrios Petrokokkinos bilan birga tennis boʻyicha juftlik bahslarida ham, yakkalik musobaqalarida ham ishtirok etgan Kasdaglis XOQ tomonidan yunonlar roʻyxatiga kiritiladi[94].
  10.  Mojariston (7) Avstriya-Vengriya – Vengriya, odatda, garchi oʻsha paytda Avstriya-Vengriya sifatida rasman birlashgan boʻlsa ham, roʻyxatga Avstriyadan alohida kiritiladi[95].
  11.  Italiya (1) – oʻyinlarda ishtirok etgan eng koʻzga koʻringan italiyalik ishtirokchi Karlo Airoldi aslida professional sportchi deb topiladi va musobaqadan chetlashtiriladi. Biroq Italiyadan, shuningdek, oʻq otish sporti boʻyicha Juzeppe Rivabella musobaqalarda qatnashish huquqiga ega boʻladi[96][97].
  12.  Shvetsiya (1)[98] – garchi Shvetsiya oʻsha paytda Norvegiya bilan ittifoqdosh davlat boʻlgan boʻlsa ham, Olimpiada uchun Norvegiyadan hech qanday sportchi tashrif buyurmaydi.
  13.  Shveysariya (3)[91]
  14.  Amerika Qoʻshma Shtatlari (14)[91]
  •  Aralash jamoa – tennis boʻyicha juftliklar jamoalari turli mamlakatlardan kelgan oʻyinchilardan iborat boʻlishi mumkin, XOQ ushbu jamoalarni aralash jamoalar roʻyxatiga kiritadi[94].

Milliy olimpiya qoʻmitalari tomonidan ishtirok etuvchi sportchilar soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida Milliy Olimpiya qoʻmitalari hali mavjud emas edi. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning 65% dan ortigʻini yunonlar tashkil etgan.

Medallar soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiada oʻyinlaridagi 14 ta ishtirokchi davlatdan 10 tasi musobaqa medallarini qoʻlga kiritadi, shuningdek, musobaqaning 2 ta medali aralash juftlik bahslarida ishtirok etgan jamoaga topshiriladi, ushbu jamoa aʼzolari faqatgina bir emas, ikki mamlakat sportchilari edi. Keyinchalik, XOQ hozirgi kunda amalda qoʻllaniladigan, musobaqaning har bir yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi natijani koʻrsatgan 3 nafar sportchini oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlash tizimini joriy etadi. Ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar musobaqaning eng koʻp oltin medallarini (11 ta) qoʻlga kiritgan boʻlsa, mezbon davlat umumiy hisobda eng koʻp medal (47 ta), eng koʻp kumush (18 ta) va bronza (19 ta) medallarini qoʻlga kiritadi va oʻyinlarni Amerika Qoʻshma Shtatlaridan 155 nafar koʻp sportchiga ega jamoa bilan ulardan bitta kam oltin medal hisobida yakunlaydi[100].

Ushbu jadvalni millatlar, jami medallar soni yoki boshqa ustunlar boʻyicha saralash uchun ustun sarlavhasi yonidagi belgi ustiga bosing.

Kalit   Mezbon davlat (Gretsiya)

OʻrinMamlakatOltinKumushBronzaJami
1 Amerika Qoʻshma Shtatlari (USA)117220
2 Gretsiya (GRE)*10181947
3 Germaniya (GER)65213
4 Fransiya (FRA)54211
5 Buyuk Britaniya (GBR)2327
6 Mojariston (HUN)2136
7 Avstriya (AUT)2125
8 Avstraliya (AUS)2002
9 Daniya (DEN)1236
10 Shveysariya (SUI)1203
11 Aralash jamoa (ZZX)1012
Jami (11 ta mamlakat)434336122

Shohsupaga koʻtarilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Sport Musobaqa MOQ Oltin Kumush Bronza
7- aprel Yengil atletika Uzunlikka sakrash (erkaklar)  Amerika Qoʻshma Shtatlari Ellery Clark Robert Garret James Conolly
9- aprel Oʻq otish 200 metrga harbiy miltiqdan oʻq otish

(erkaklar)

 Gretsiya Pantelis Karasevdas Pavlos Pavlidis Nicolaos Trikupis
10- aprel Yengil atletika Balandlikka sakrash

(erkaklar)

 Amerika Qoʻshma Shtatlari Ellery Clark Robert Garrett,
James Connolly
Mukofotlanmagan
21- avgust Suzish 100 metrga erkin usulda suzish

(erkaklar)

 Gretsiya Ioannis Malokinis Spyridon Chazapis Dimitrios Drivas

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ^ Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni 10 tadan 15 tagacha boʻlishi mumkin. Ishtirok etuvchi davlatlar soni haqidagi aniq maʼlumotlarning yoʻqligiga bir nechta sabablar mavjud, jumladan, oʻsha paytda terma jamoalar deyarli mavjud boʻlmagan va shu sababli sportchilar musobaqalarda, asosan, oʻzlari faoliyat yurituvchi klublar nomidan ishtirok etishgan. Bundan tashqari, musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar nomlari ham oʻsha paytda bugungidek aniq koʻrsatilmagan. Ushbu maqolada keltirilgan ishtirokchi davlatlar soni koʻpgina zamonaviy manbalardan, jumladan, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi veb-sayti orqali olingan.
  • ^ Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi sportchilar soni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi maʼlumotlariga asoslangan holda keltirilgan. Shulardan 179 nafar sportchining shaxsiyati haqida aniq maʼlumotlar mavjud. Mallon va Widlund ushbu oʻyinlarda ishtirok etuvchi sportchilar soni 245 nafar deya maʼlumot bersa, De Wael ularning soni 246 nafarni tashkil etishini aytib oʻtgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. International Olympic Committee (13-sentyabr 2013-yil). „Factsheet – Opening Ceremony of the Games of the Olympiad“. Press-reliz.
  2. 2,0 2,1 „First modern Olympic Games“ (en). HISTORY. Qaraldi: 6-aprel 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „Athens 1896 Summer Olympics“. International Olympic Committee. Qaraldi: 6-aprel 2021-yil.
  4. „Four titles for multi-talented Schuhmann“.
  5. „The oldest of the modern Olympic emblems is an anthem!“.
  6. 6,0 6,1 Young (1996), 153
  7. „ATHENS 2004“. 17-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.
  8. The Modern Olympics, A Struggle for Revival by David C. Young, Chapter 4
  9. Bijkerk (2004), 457
  10. Toohey (2007), 20
  11. Mullins, „Pierre de Coubertin and the Wenlock Olympian Games“
  12. Matthews (2005), 66; Young (1996), 81
  13. Young (1996), p.117
  14. Memoire sure le conflit entre la Grece et la Roumanie concernant l’affaire Zappa – Athens 1893, by F. Martens
  15. L’affaire Zappa – Paris 1894, by G. Streit
  16. 16,0 16,1 Young (1996), p.128
  17. Young (1996), p.14
  18. Young (1996), 102
  19. Young (1996), 100-105
  20. Young (1996), 108
  21. Young (1996), 111-118
  22. Zarnowski (1992), 16-32
  23. Young (1996), 118.
  24. Darling (2004), 135
  25. George Averoff Dead, New York Times
  26. „Competing and being part of the Games“.
  27. Some scholars allege that during the Sorbonne congress Coubertin was led by tactical considerations, and used the amateur requirement only as a bait in order to realize his actual aim—namely the reintroduction of the Olympic Games—more quickly (Lennartz-Wassong [2004]), 20.
  28. Professionalism vs amateurism was one of the dominant themes of the 19th century regarding athletics.
  29. 29,0 29,1 Pierre de Coubertin (1896–1897). „The Olympic Games of 1896: By their founder, Baron Pierre de Coubertin, now president of the International Committee“. The Century. № 53. 46–47-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  30. „Women at the Olympic Games“. topendsports.com. Qaraldi: 9-aprel 2016-yil.
  31. 31,0 31,1 „History of the Athens Lawn Tennis Club.“. 29-sentyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2023-yil.
  32. „Zea marina“. World Port Source. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  33. Lennartz, Karl „Athens 1896“,. Encyclopedia of the Modern Olympic Movement John E. Findling, Kimberly D. Pelle: . Greenwood Publishing Group, 2004. ISBN 0-313-32278-3. OCLC 52418065. 
  34. „Velodrome & Karaiskaki Stadium (1895 - 1964 - 2003)“. stadia.gr. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  35. „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org. 19-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  36. „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org 237,242,244. 19-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  37. 37,0 37,1 „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org. 19-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  38. „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org 116-117. 8-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  39. Wallechinsky, David and Jaime Loucky (2008).
  40. „Official Report 1896“ (en). digital.la84.org 84-84. 27-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  41. „Official Report 1896“ (en). digital.la84.org 86-90,100-102. 27-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  42. „Official Report 1896“ (en). digital.la84.org 31-49. 27-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  43. „Official Report 1896 page 1“ (en). digital.la84.org. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  44. „Zappeion history.“. 21-sentyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2023-yil.
  45. „The Olympic rings“.
  46. „What Do the Olympic Rings Symbolize?“.
  47. „THE 1ST MODERN OLYMPIC GAMES“.
  48. 48,0 48,1 48,2 Pierre de Coubertin. „The Olympic Games of 1896“. The Century Magazine (noyabr 1896).
  49. 49,0 49,1 Athens 1896 – Games of the I Olympiad, International Olympic Committee
  50. „The ignorant Olympians“.
  51. „No spot the Olympics? It's not cricket“. The Hindu (12-aprel 2017-yil).
  52. 52,0 52,1 52,2 Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897)
  53. „Athens Olympic Games 1896“.
  54. „Olympic Games 1896 Athens“.
  55. Sears (2001), 159
  56. Fernando Arrechea Rivas. „Olimpismo“. olimpismo2007.blogspot.com. Qaraldi: 9-aprel 2016-yil.
  57. 57,0 57,1 „Luis Subercaseaux“. Olympedia.org. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
  58. 58,0 58,1 Cavalla, Mario. „Esta es la foto que descubrió al primer chileno olímpico“. Las Últimas Noticias (17-may 2014-yil), s. 29. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.
  59. Martin & Gynn, Running through the Ages, 22; Tarasouleas, Stamata Revithi, „Alias Melpomeni“, 55; Tarasouleas, The Female Spiridon Loues, 12.
  60. E.g.
  61. Officially, she was rejected because the deadline for participation had expired; however, as Olympic historians David Martin and Roger Gynn point out, the real problem was her gender.
  62. „Which Sports Were Played In The First Olympic Games In 1896?“.
  63. 63,0 63,1 Lennartz-Wassong (2004), 23
  64. 64,0 64,1 Young (1996), 148
  65. „Athens 1896 Fencing Foil Masters Men Results“ (en). Olympics.com. Qaraldi: 3-sentyabr 2021-yil.
  66. Young (1996), 151
  67. 67,0 67,1 67,2 „Athens 1896: The First Olympic Rowing Medallists?“ (13-aprel 2016-yil).
  68. 68,0 68,1 Coubertin–Philemon–Politis–Anninos (1897), 76, 83–84
  69. „Paul Neumann“.
  70. Gillmeister (1995), 23-24
  71. 71,0 71,1 Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897), 70-71
  72. „Wrestling at the Olympic Games“.
  73. Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897), 93-94
  74. Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897), 232-234
  75. IOC Olympic Museum exhibition panel, 2010
  76. „Browse Andoza:Pipe Cornell University Library Making of America Collection“. collections.library.cornell.edu. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
  77. Young (1996), 156
  78. „1896 Summer Olympics“. Olympedia.org. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
  79. „THE 1ST MODERN OLYMPIC GAMES“.
  80. „Edwin FLACK“.
  81. „Edwin Flack“.
  82. „Austria at the 1896 Summer Olympics“.
  83. „Austria (AUT)“.
  84. „Athens 1896“. Bulgarian Olympic Committee. 12-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyul 2008-yil.
  85. De Wael, KONRAD Gymnastics 1896
  86. „Charles Champaud“. Olympedia.org. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
  87. Guttmann (1994), 128; „La Presencia de Chile en los Juegos Olimpicos“. 2-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-dekabr 2006-yil.
  88. AboutOlympics. „1896 Athens Olympics“. — „Fourteen nations were represented – Australia, Austria-Hungary, Bulgaria, Chile, Denmark, Egypt, USA, France, Germany, Great Britain, Greece, Italy, Sweden and Switzerland“. Qaraldi: 21-fevral 2011-yil.
  89. Mallon, Bill, and Ture Widlund. The 1896 Olympic Games. Results for All Competitors in All Events, with Commentary. Jefferson: McFarland, 1988 — 39 bet. ISBN 0-7864-0379-9. 21-fevral 2011-yilda qaraldi. „Across the field, in answer to the Herald's trumpet, come two Hungarians, a Chilian, a Frenchman, a German, an Englishman and an American, to run the 100-meters race“ 
  90. Olympic Games Museum. „Participating Countries – Olympic Games Athens 1896“. olympic-museum.de (2011). 27-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-may 2011-yil.
  91. 91,0 91,1 91,2 91,3 91,4 91,5 „14 Participating Countries“.
  92. „Великобритания на Олимпийских играх - Great Britain at the Olympics“.
  93. Gillmeister (1998), 364
  94. 94,0 94,1 „Athens 1896 Tennis Doubles Men Results“ (en). Olympics.com. Qaraldi: 2-sentyabr 2021-yil.
  95. „Hungarian Olympic Triumph!“.
  96. „Giuseppe Rivabella“. Sports-Reference. 18-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-fevral 2009-yil.
  97. De Wael, Shooting 1896 (Wayback Machine saytida 22 April 2021 sanasida arxivlangan)
  98. „Olympic Analytics“.
  99. Charles Champaud can be considered an athlete for either Switzerland or Bulgaria.
  100. „Athens 1896 Medal Table“ (en). Olympics.com. Qaraldi: 2-sentyabr 2021-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlari
Oldingisi Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Afina

1896
Keyingisi
Parij
1900