Kontent qismiga oʻtish

Marina

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Marina (frans. marine, ital. marina — dengiz) — dengiz koʻrinishini aks ettiradigan manzara turi. Mustaqil rangtasvir turi sifatida XVII asr Yevropa sanʼatida ajralib turadi. Dengiz, dengiz hayotidagi muhim tarixiy voqealar, harbiy kemalar tafsilotini aynan tasvirlashda dengiz bezak sifatidaxizmat qiladi. Golland marinachilari M. imkoniyatlarini kengaytirib, dengiz tabiati va u bilan bogʻliq baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar (Ya. Porsellis, S. de Vliger, X. Segers va boshqalar), dabdabali M. turini yaratdilar. XVIII—XIX asrlarning yirik marinachilari K. Berne (Fransiya), U. Terner (Buyuk Britaniya), X. Mesdag (Gollandiya), I. Ayvazovskiy, A. Bogolyubov (Rossiya) va boshqa Oʻzbekistonda M. janriga oid dastlabki asarlar XX asrning 30-yillarida paydo boʻlgan; bir qator rassomlar (F. Madgazin, R. Matevo-syan, R. Choriyev, Gʻ, Abdurahmonov va boshqalar)ning Orol dengiziga bagishlangan asarlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil