Dafna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dafna — yunon mifologiyasida daryo xudosi qizi. Apollon uni sevib qolib, taʼqib etgan, D. otasi — daryo xudosi Peneydan yordam soʻragan. Peney D.ni lavr daraxti (dafna)ga aylantirib qoʻygan. D. haqidagi afsona nazmda (Ovidiyning "Metamorfozalar" asari), tasviriy sanʼat va haykaltaroshlikda (N. Pussen, L. Bernini va b.) oʻz ifodasini topgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil