Yettisuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yettisuv (qozoqcha Jetisu) — Qozogʻistonning jan.-sharqiy qismi. Shim. da Balxash koʻli, shim.-sharqda Sassiqkoʻl va Olakoʻl, jan.-sharqda Jungʻariya Olatovi tizmasi, jan.da Shim. Tyanshan tizma togʻlari hamda gʻarbda Chu-Ili togʻlari bilan chegaralangan. Ye. atamasi Balxash koʻliga quyiladigan 7 daryo (Ili, Qoratol, Biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarqand)dan olingan. Ye.ning shim.gʻarbiy va shim. tekislik qismi Tovqum, Sarieshik-oʻtrov, Luqqum, Yomonqum kabi qumli va qisman shoʻrxok choʻllardan iborat. Shuvoq-shoʻra, saksovulzor va butazorlar, daryo boʻylarida toʻqaylar, jan.sharqida 2000 m gacha balandlikda bargli oʻrmonlar, yuqorirokda qaragʻayzor va alp hamda subalp oʻtloqlari bor.

Tarixiy manbalarda Ye.deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Ye. — Markaziy Osiyo madaniyatining qad. markazlaridan biri. Ye.da saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Mil. 6-a. oxirlarida Ye.da Gʻarbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (8-a.ning oʻrtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Ye.ni 10-a.ning oʻrtalaridan Qoraxoniylar, 12-a.ning 30-y.laridan Qoraxitoylar boshqargan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davri (1219—21)da Ye.ning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiqzarar koʻrgan. 16-a.da Ye.da qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. 19-a.ning oʻrtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil