Minora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Minora (arab. — mayoq) — gorizontal (eni) oʻlchamiga nisbatan vertikal (tik) oʻlchami ortiq boʻlgan baland in-shoot. M.lar aylana, koʻp qirrali yoki toʻrtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Dengiz sohillarida kemalarning adashmay portga kelishiga xizmat qiladigan (mayoq), televideniye va b. maqsadlarga xizmat qiladigan M.lar ham bor. Inshootning yuqorisiga chiqish uchun uning ichida aylanma zina boʻladi. Qadimdan M.lar mayejid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan. Muazzin M.ga chiqib azon aytib, namozxonlarni namozga chorlagan. Shuningdek, M.lardan soqchixona (qorovul xonasi, burj, ding) sifatida ham foydalanilgan (Jarqoʻrgʻon minorasi, Vobkent minorasi va b.). Dastlabki M. ummaviylar xalifasi Musaviyning buyrugʻiga binoan 673 y. Misrda qurilgan. Baʼzi M.lar shaharga, maʼlum bir ansamblga koʻrk va salobat berish hamda uni qurdirgan shaxening kuch-qudratini namoyish qilish uchun ham bunyod etilgan.

Yevropa mamlakatlarida oʻrta asrlarda ichida yotoqxona, oziq-ovqat ombori, QUDUQ va b. boʻlgan M. (donjon)lar toʻrtburchakli yoki aylana tarxli silindrsimon qilib, qalʼaning uzoq qamalga bardosh berishiga moʻljallangan joyiga qurilgan. Ozarbayjondagi Qizlar minorasi (taxm. 6— 12-a.lar) donjon shaklida qurilgan. Unga 200 ga yaqin kishi joylashgan. Xayrobod va Buxorodagi Chor minor oʻziga xos toʻrt minorali meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi.

Oʻzbekiston hududidagi qad. M.larning tuzilishi oʻziga xos milliy meʼmorlik anʼanalari asosida qurilgan. Gʻishtni mavj uslubida terib, yozuvlarni qoʻllash orqali badiiy ifodaviylikka erishilgan. M.larga joziba baxsh etilgan. Qad. meʼmorlik anʼanalariga tayangan mahalliy meʼmorlik maktablarining rivojlanishi bilan M.lar bezagida rangli sopol koshinlar qoʻllangan. Xivadagi Kalta minor, Polvon qori, Sayd Sholikorboy, Shayx Qalandar bobo M.lari, Islomxoʻja madrasasi va minorasi va b.

Zamonaviy meʼmorlikda M. shaklidagi binolar 50—60 y.lardan kurila boshlandi. Qohiradagi turar joy bi-nosi (1958, meʼmori N. Shebib, 33 qavatli, bal. 100 m), Sayohatchilar M.si (1960, meʼmori N. Shebib), Chikagodagi Marinasiti dahasidagi uy (1964, meʼmori B. Goldberg) va b. Hozir ham zamonaviy binolar, masjidlar va b. tarkibida M. ham qad. koʻtarmoqda (Toshkentdagi teleminora, Koʻkchadagi Shayx Zayniddinbobo masjidi minorasi va b.).

Poʻlat Zohidov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil